Va natijadorligini oshirish


FISKAL OCHIQLIKNI TA’MINLASH



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

4.2. FISKAL OCHIQLIKNI TA’MINLASH
Byudjet ochiqligini ta’minlash bо‘yicha oldingi davrlarda amalga
oshirilgan islohotlar
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga
olib chiqishda jamoatchilikni rolini oshirish, xalq bilan muloqotning
samarali mexanizmlarini joriy etish, jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati
institutlarini rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy
faolligini oshirish bо‘yicha sо‘nggi yillarda jiddiy о‘zgarishlar amalga
oshirilib kelinmoqda.
Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi о‘laroq,
yurtimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi barcha sohalarda о‘zining
ijobiy natijalarini berayotganligiga guvoh bо‘lishimiz mumkin.
Davlat byudjetini boshqarishda ham fuqarolarning “Byudjet
savodxonligini” oshirish va byudjet ma’lumotlarini ochiqligini
ta’minlash orqali byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda uning
natijadorligiga erishish, shu bilan bir qatorda turli hil korrupsion
holatlarni oldini olishda ijobiy natijalarga erishish mumkin va bu
xalqaro tajribada sinalgan usul hisoblanadi.
Mamlakatimizda ham fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qilish,
ularni byudjet sohasidagi bilim va kо‘nikmalarini oshirish maqsadida
2019 yildan boshlab aholi uchun tushunarli va sodda kо‘rinishda
ma’lumotlarni yoritib berayotgan “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri
chop etib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar jami 14 ta nashr chop etilib
fuqarolarga havola etildi.
Davlat byudjeti ijrosi hamda moliya sohasiga oid qiziqarli
ma’lumotlarni yoritib borish maqsadida 2021 yilda “Ochiq byudjet” axborot
portali yangi talqinda ishga tushirildi. Nafaqat mustaqil izlanuvchilar yoki
talabalar balki oddiy fuqarolar ham endilikda Davlat byudjeti, uning
shakllanishi va ijrosi tо‘g‘risida tо‘laqonli ma’lumotlarga ega bо‘lishlari
imkoniyati yaratildi.
Fuqarolar ishtirokidagi byudjet jarayonini yanada rivojlantirish
maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir
hududda bittadan tuman (shahar) byudjetini shakllantirishda
xarajatlarning kamida 5 foizini bevosita aholining fikr-mulohazalarini
inobatga olib, mahalladagi muammolarni hal etishga yо‘naltirish bо‘yicha

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə