Va natijadorligini oshirish



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi

Rivojlantirish dasturi - bu mablag‘ taqsimlovchi organlar tomonidan
О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi, О‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga Murojaatnomasi hamda Hukumat qarorlariga asosan kelib
chiqadigan, shuningdek mablag‘ taqsimlovchi organlarning konsepsiyalari va
strategiyalarida belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash maqsadida, uch
yildan kam bо‘lmagan davr uchun tuziladigan dasturlar. Bunda rivojlantirish
dasturlari о‘z ichiga ajratilgan mablag‘lar natijasida erishiladigan sifat
va miqdor kо‘rsatkichlarni (maqsadli indikatorlarni) oladi.
Maqsadli indikatori (Performance Indicators) - bu rivojlantirish
dasturlarida belgilangan maqsadlarga pirovardida erishiladigan sifat va
miqdor kо‘rsatkichlarini baholashda foydalaniladigan kо‘rsatkichlardir.
Shuningdek, maqsadli inditkatorlar quyidagi shakllarga bо‘linadi:
Yakuniy natija kо‘rsatkichi (Outcome indicator) – bu erishiladigan
asosiy maqsadni tavsiflovchi kо‘rsatkich bо‘lib, mablag‘ taksimlovchi
organlarning tegishli faoliyat sohasidagi vaziyatining sifat va miqdoriy
о‘zgarishini aks ettiradi;
Bevosita (tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri) natija kо‘rsatkichi (Output indicator) –
bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va har bir tadbir uchun sotib
olingan tovar va xizmatlar hajmini tavsiflovchi kо‘rsatkich.
Moliyaviy va nomoliyaviy kо‘rsatkich (Input indicator) - bajarilgan
ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va har bir tadbir uchun sotib olingan tovarlar
uchun ajratiladigan moliyaviy va nomoliyaviy resurslar.
Ushbu islohatlar natijasida О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yilda sinov
tariqasida birinchi marta Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi, Suv xо‘jaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi
Avtomobil yо‘llari qо‘mitasining byudjet mablag‘laridan foydalanish
bilan bog‘liq faoliyatining maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.
Mazkur vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlarining ijrosi
tо‘g‘risidagi davriy hisobotlari Oliy Majlis palatalariga muhokama qilish
uchun kiritib borildi.
2021 yil yakuni bо‘yicha sinov tariqasida qabul qilingan maqsadli
indikatorlarning ijrosi bо‘yicha yillik hisoboti Hisob palatasi
tomonidan baholandi va tegishli xulosalar berildi.
Dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishning keyingi
bosqichida xorijiy tajriba hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarining
tavsiyalari asosida 2022 yil uchun Davlat byudjeti tо‘g‘risidagi qonunda 40 ta
vazirlik va idoralarning byudjetlari xarajatlari va rivojlantirish
dasturlarining maqsadli indikatorlari belgilandi.
Bunda, Moliya vazirligi bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan,
LINPICO SARL (Fransiya) konsalting tashkiloti, Amerika G‘aznachilik
departamenti, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik
olib bordi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi
“О‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun О‘zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti tо‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini
ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-73-sonli qarorida berilgan
topshiriqqa muvofiq Dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishning
dastlabki bosqichida vazirlik va idoralarning rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va ularni
samaradorligini baholash tartibi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga
kiritildi.

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə