V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/267
tarix20.10.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#128701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267
128701

O ' Z BE K IS TO N RESPUBLIK ASI OLIY VA O'RTA M A X S U S TA LIM
V AZIR LIG I
A D H A M VAISOV
TERI VA TANOSIL
KASALLIKLARI
O
‘zbekiston Respublikasi Oliy va o
‘rta maxsus ta 'lim vazirligi
tomonidan tibbiyot oliy o
‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2009


Darslik tibbiyot institutlarining yuqori kurs talabalariga va umumiy amaliyot
shifo korla riga m o i j a l l a n g a n . K itobdan, shuningdek , a m aliyotd a is hla yotg an
dermatovenerolog, urolog, akusher-ginekolog, stomatolog, terapevt, laboratoriya
mutaxassislari va tibbiyot o ‘quv yurtlari xodimiari ham foydalanishlari mumkin.
T aqrizchilar:
R.A. KA PKA YEV ,
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Teri va tanosil
kasalliklari kafedrasining professori,
Respublikada xizmat k o ‘rsatgan fan arbobi
E.G. KIM,
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sharq tabobati
va kosmetologiya kafedrasining mudiri,
tibbiyot fanlari doktori, professor
ISBN 978-9943-08-299-1
© Adham Vaisov, «Teri va tanosil kasalliklari». «Yangi asr avlodi», 2009-yil


KIRISH SO‘Z
Hozirgi davr sog‘liqni saqlash tizimida umumiy amaliyot shifokori 
asia-sekin asosiy o ‘rin egallayapti. Umumiy amaliyot shifokori amaliyotni 
o4ash jarayonida turli xil kasalliklarga tashxis q o ‘yib davolashi zarur. 
M azkur kitobni yaratishdan maqsadimiz shuki, k o ‘p uchrovchi teri- 
tanosil kasalliklari va ichki a ’zolar kasalliklaridagi teri o ‘zgarishlari 
haqidagi m a ’lumotlar bilan talabalar va umumiy amaliyot shifokor- 
larining bilimini boyitishdir.
Barcha mutaxassislikdagi shifokorlar - pediatr, allergolog, terapevt, 
jarroh. umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mehnat 
faoliyati mobaynida bemorlar terisidagi patologik o ‘zgarishlarga duch 
keladilar. Shuning uchun ham ular dermatologiya asoslarini bilishlari 
shart. Teri jaro hatlan ishi bexosdan, kutilm ag anda «topilishi» yoki 
bemorning asosiy shikoyati sababli aniqlanishi mumkin. Kardiologlar 
elektrokardiogrammani «o‘qigani»dek, har bir shifokor dermatologiya 
«alifbo»sini, ya’ni teridagi toshmalarni aniq va to‘g‘ri «o‘qib», bemorni 
dermatologga yo‘llashi yoki o ‘zi davolashi zarur.
Derm atologning asosiy quroli - ularning k o ‘zidir. Dermatologik 
tashxis, asosan teri, shilliq pardalarni ko‘zdan kechirishga asoslanadi, 
faqatgina qanday k o ‘rishni va nimani izlashni bilish zarur.
T o ‘g ‘ri q o ‘yilgan tashxis - samarali davo kaliti. Biz tayyorlagan 
m o ‘jazgina kitobcha turli soha shifokorlariga o ‘z amaliyotlari davomida 
uchraydigan teri kasalliklariga oson tashxis qo'yishda yordam beradi, 
degan fikrdamiz. Teri kasalliklari tashxisi oson emas, eng asosiysi, teri 
toshmalarini kuzata bilish, birini boshqasidan farqlay olish zarur. Shuning 
uchun ham mazkur kitobda kasalliklaming qisqa klinik k o ‘rinishlari, 
tashxis va davolash prinsiplari k o ‘plab jadvallar yordamida bayon etilgan. 
0 ‘ylaymizki, mazkur kitobdan amaliyot shifokori yoki tibbiyot talabalari 
k o ‘plab yangi, zarur m a ’lumotlar oladilar, mutaxassis der-matologlar 
esa o ‘z bilimlarini yangi m a ’lumotlar bilan boyitadilar.
J


Bemor toshmalar bezovta qilmasa, ularga aytarli darajada e ’tibor 
qilmaydi. Bunday «nomsiz», « n o m a ’lum» kasalliklami b a ’zan oylab 
kortikosteroidlar, antibiotiklar yoki sitostatiklar bilan davolaydilar. 
Natijada kosmetik nuqsonlar, bemorlaming uzoq vaqt aziyat chekishlari
jarayonning tarqoqlashishi, qayta tiklanmas o ‘zgarishlar, eng asosiysi, 
ichki og‘ir xastaliklarni kechirib bo‘lmas darajada kechikib tashxis qilish 
holatlari kuzatiladi.
Bir qarashda zararsiz k o ‘ringan teri o ‘zgarishlari og‘ir kasalliklaming 
yagona belgisi b o ‘lishi mumkin. Masalan, k o ‘kimtir dog4 - rivojlana- 
yotgan melanoma, mayda yaracha esa zaxmning dastlabki belgisi b o 4lishi 
mumkin. Bu xil teri o ‘zgarishlari turli profilaktik k o ‘riklarda aniqlanishi 
mumkin va shart. Aks holda, shifokor muolaja uchun vaqtdan yutqazadi.
Bemorning am bulator qabulda yoki shifoxona sharoitida shikoya- 
tidan q a t ’i nazar, teri va shilliq pardalarining holati shifokor tomonidan 
k o ‘zdan kechirilmog‘i shart. H ar qanday o ‘zgarishlarga e ’tibor berish, 
toshmalarning qanday elementlardan tarkib topganligini aniqlash, zarur 
bo ig an id a biopsiya olinishi kerak.
Teri holati - tekshirilishi eng qulay hisoblangan a ’zo, bir paytning 
o ‘zida k o ‘plab zarur ahamiyatga ega bo ‘lgan m a ’lumot manbai hamdir.

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə