Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Fermer xo‘jaligi 
- ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda 
qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Foiz 
- qarzga olingan pullar yoki moddiy buyumlardan foydalanganlik 
uchun kreditorga qarzdorning ustama to'lovi.
Globallashuv 
- davlatlar va mintaqalar o'rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning 
chuqurlashuvi, 
yagona 
umumjahon 
iqtisodiy, 
madaniy 
va 
axborot 
makonlarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Ijara haqi 
- vaqtincha foydalanish uchun berilgan yer maydoni, bino, 
inshoot, transport vositalari, qishloq xo‘jalik texnikalari va boshqa shu kabilar 
uchun mulk egasining ijaraga oluvchidan oladigan haqi (mukofoti). Ijara 
haqining tarkibiga ijaraga olingan mulk qiymatidan ajratiladigan amortizatsiya 
ajratmasi va mulkdan foydalanish natijasida olinadigan daromadning bir qismi 
kiradi.
Ijtimoiy 
soha - insonning hayot faoliyati darajasiga bevosita ta'sir 
ko‘rsatuvchi mahsulot va xizmatlarni taqdim etuvchi tarmoq va sohalar 
(masalan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san'at, uy-joy kommunal 
xo‘jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar)ni 
o‘z ichiga olgan iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi.
Injiniring 
— tijorat asosida injener-maslahat xizmatlarini sanoat obyektlari, 
infratuzilmani tashkil etish masalalarini o‘rganib chiqish bo'yicha faoliyat turi. 
Loyiha xarakteridagi, ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiya xizmatlari kiradi.
Investitsiya 
- iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy 
natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo'yilgan 
omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar,
291
www.ziyouz.com kutubxonasi


mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har 
qanday boylik.
Innovatsiya - fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanishga asoslangan 
texnika, texnologiya, mehnatni tashkil qilish, boshqaruv sohasida yangilik 
kiritish.
Infratuzilm a - asosiy tarmoq yoki sohaga xizmat ko‘rsatuvchi, uning 
to'laqonli faoliyati uchun shart-sharoit yaratib beruvchi soha. Yo‘nalishiga 
ko‘ra, ishlab chiqarish, ijtimoiy, bozor va boshqa infratuzilmalami ajratib 
ko'rsatish mumkin.
Integratsiya - 1) turli bo'limlar, elementlar harakatining bir butunga 
birlashish jarayoni; 2) iqtisodiy integratsiya - iqtisodiy subyekt (davlat, 
korxona, firmajlaming iqtisodiy, 
texnologik munosabatlaming o‘zaro 
bog'liqligi natijasida vujudga keluvchi hamkorlikning chuqurlashuvi.
Intensiv rivojlanish - samaraliroq ishlab chiqarish vositalari va texnologik 
jarayonlami qo'llash, mehnatni tashkil etishning ilg‘or usullari, fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish asosida rivojlantirish.
Ipoteka - ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish bilan beriladigan ssuda. Ushbu 
ssudani ta'minlashga xizmat qiluvchi garov kreditorga berilmaydi, balki 
qarzdoming o'zida qoladi.
Iqtisodiy sikl - iqtisodiy rivojlanishning bir holatidan boshlanib, birin-ketin 
bir necha fazalami bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga 
qadar o‘tgan davr hisoblanadi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish - xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi 
to'siq hamda cheklovlami, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda 
qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash - iqtisodiyot tarmoq va korxonalaridagi 
ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy 
jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi 
chora-tadbirlami o‘z ichiga oluvchi jarayonni tartibga solishga qaratilgan 
faoliyat.
Irrigatsiya - suv resurslari bilan ta’minlash va suv inshootlari faoliyatini 
tartibga soluvchi tizim.
Jismoniy shaxs — iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi va bu jarayonning to‘la 
huquqli subyekti sifatida faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. Jismoniy shaxs o‘zining 
nomidan ish yuritadi, firma yoki korxona kabi hokimiyatda ro‘yxatdan o‘tish 
majburiyatidan ozod.
Kapitallashuv 
— aksiyadorlik kompaniyalari, 
banklar tomonidan 
chiqarilgan va kapitalga aylantirilgan barcha qimmatbaho qog'ozlaming 
umumiy summasi.
Kichik biznes subyektlari - korxona ko‘lami, ishlab chiqarish hajrni, 
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag‘lari miqdori va boshqalar jihatidan
292
www.ziyouz.com kutubxonasi


kichikroq bo'lgan subyektlar. Respublikamizda kichik biznes subyektlari 
toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar 
kiradi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə