Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Kichik korxona 
— kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, 
mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko'ra sanoat ishlab chiqarishining 
ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov 
berish va asbobsozlik sanoati va hokazo) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 
kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar 
kichik korxona hisoblanadi.
Konsalting 
- tashkily, texnikaviy, moliyaviy, iqtisodiy masalalar bo‘yicha 
ishlab chiqaruvchilar, sotuvchi va xaridorlarga maslahat berish xizmatini 
ko‘rsatuvchi muassasalar (firmalar).
Ko‘chmas mulk 
— yer, imorat, inshoot va boshqa shu kabi mulklar. Yerga 
egalik huquqlari ham ko‘chmas mulkka kiradi.
Likvidlik - kredit moliya majburiyatlarini va qonuniy pul talablarini 
muddatida uzluksiz to‘lash imkoniyatini nazarda tutuvchi korxonalar, firmalar
banklar aktivlarining to‘lov qobiliyati.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing 
beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi 
tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing 
obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada 
belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki 
oydan ortiq muddatga beradi.
Melioratsiya 
— yeming tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlari 
yig‘indisi.
Mehnatga haq to‘lash 
- yaratilgan milliy mahsulotdan ishchi va 
xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga ko‘ra ulushini 
belgilash va to'lash.
Mikrofirma 
- kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, mamlakatimizda 
amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 
kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy 
ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma 
hisoblanadi.
Monopoliya 
- monopol yuqori narxlami o‘matish hamda monopol yuqori 
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan 
hukmronlikni amalga oshimvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning 
birlashmalari.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə