Reja: Suv olish inshootlari turlari



Yüklə 40,44 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü40,44 Kb.
#138744
Mavzu 6


Mavzu: Suvni qabul qilish inshootlari
Reja:
1.Suv olish inshootlari turlari.
2. Suv olish inshootlari loyihalash.

Suv olish inshootlari, suv olgichlar — suv manbalari (dare, koʻl, suv ombori, yer osti suvlari va boshqalar) dan sugʻorish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan taʼminlash uchun quriladi. Suv olish inshootlarii. suv yoʻliga zurur miqdorda, sifati saqlangan va suv isteʼmoli grafigiga muvofiq suv tushishini taʼminlashi shart. Suv olish inshootlari toʻgʻonsiz, toʻsikli va toʻgʻonli boʻladi. Toʻgʻonsiz suv olgich, asosan, suvni oʻz oqimi bilan chiqarish imkoniyati boʻlgan sharoitlarda quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil boʻlishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryadlardan foydalaniladi. Toʻgonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki koʻp qulokli boʻlishi mumkin. Bir qulokli Suv olish inshootlarii. bevosita daryo qirgogʻidan boshlanadi yoki daryo oʻzaniga kirgan boʻladi (mas, Norin daryosida Shim. Fargʻona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali Suv olish inshootlarii.). Koʻp quloqli suv olgichlarda daryo qirgʻogʻining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yoʻlaklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Koʻp qulokli Suv olish inshootlarii. daryolardan kanallarga uzluksiz suv oʻtishini va suv bilan taʼminlanishni birmuncha oshiradi. Yoʻlkalar tindirgich vazifasini ham oʻtaydi va ehtiyojga koʻra, navbatmanavbat ishlatiladi.
Sugʻoriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan boʻlsa, mashina (nasos) Suv olish inshootlarii. — nasos stansiyalari quriladi (1rasm). Toʻsiq (shpora)li suv olgich daryo suvi sathi past boʻlgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshabba kabi mahalliy materiallardan toʻsiq yasab quriladi (2rasm). Toʻsiq qarshi qirgʻoqqacha davom etishi shart emas. Hozirgi toʻsiqli Suv olish inshootlarii. deyarli qoʻllanilmaydi. Toʻgʻonli Suv olish inshootlarii. turgʻun suv olish uchun daryo suvi sathini bir xil darajada saklab turishni taʼminlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, oʻrta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli — suvni faqat bir qirgʻoqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirgʻoq Qorasuv), qoʻsh tomonli — suvni ikkala qirgʻoqqa oqizadigan (Zarafshon daryosida Birinchi May); frontal — oqim yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh — oqim yoʻnalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) Suv olish inshootlarii. ga boʻlinadi.
Daryolarda suv sathi va sarfining keskin oʻzgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi sugʻoriladigan yerlarga suv berishni qiyinlashtiradi. Bu sharoitlarda Suv olish inshootlarii. daryoda zarur suv sathini vujudga keltiradi, sugʻorish uchun zarur suvSuv sathi ni xoxdagan vaqtda (toshqin, yoz chillasi) beradi, kanallarni loyqa bosi shidan himoya qiladi
Suvsiz hayot bo„lishi mumkin emas. Suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e'tibor beriladi. Har doim odamlarni suv bilan ta‟minlash masalasi eng muhim muammolardan biri bo„lib kelgan. Hozirgi kunda ko„plab mamlakatlarda (Gretsiya, Germaniya, Shvetsiya, Amerika Qo„shma Shtatalari va boshqalar) ichimlik suv bilan ta‟minlash bosh masaladir. Suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish, umuman suv resurslari bilan bog„liq barcha munosabatlar O„zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” to„g„risidagi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan va 2009 yilda qator o„zgartirishlar kiritilgan qonunida o„z aksini topdi. Qonunning 3– moddasida: “Suv O„zbekiston Respublikasining davlat mulki – umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo„lib, u davlat tomonidan qo„riqlanadi” deb e‟tirof etilgan. Shu qonunga asosan O„zbekiston Respublikasining yagona davlat suv fondi: daryolar, ko„llar, suv omborlari, boshqa yer usti havzalari va suv manbalari suvlaridan, yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir. Davlatlararo daryolar – Amudaryo, Sirdaryo, Zaravshan daryosi, Orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi. Suv ta‟minoti manbalari sifatida yer usti va yer osti suvlaridan foydalaniladi. 1. Yer usti manbalari – daryolar, kanallar, soylar, ko„llar, suv omborlari, 2. Yer osti suvi manbalari – grunt suvlari, yer osti suvlari oqimlari, artezian suvlar, buloqlar. Ichimlik suv manbalari texnik – iqtisodiy hisoblar asosida O‟zDst 951:2011 ga muvofiq holda tanlanadi. [19-21] O„zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish” to„g„risidagi qonuniga va QMQ 2.04.02 – 97 ga asosan sifatli yer osti suvlarni birinchi navbatda ichimlik – xo„jalik maqsadlarda ishlatish ko„zda tutiladi va ularni boshqa maqsadda foydalanish chegaralab qo’yiladi. Suv manbasiga bo‘lgan asosiy talablar.
Suv manbasini tafsiloti, uning topografik, gidrologik va idrogeologik xususiyatlari suv qabul qilish inshootlarini xilini hamda unga kerakli, jixozlarni tanlash uchun asos bo‘ladi.
Har qanday suv manbasiga iste’molchini talabi asosida va suv ta’minoti tizimining ishlash jarayoniga bog‘liq holda bir necha talablar qo‘yiladi;
Birinchidan suv manbasi o‘zining sifat darajasi bo‘yicha talabga javob berishi kerak, bu keyingi davrlarda (etap) suvni iste’molchiga tayyorlab berishni ancha osonlashtiradi;
Suv manbasi iste’molchi talabiga javob beradigan miqdorga va quvvatga ega bo‘lishi kerakki, bu vaqtda iste’mol darajasini kelajakda o‘sib borishi ham hisobga olinadi;
Suv manbasi yil davomida o‘z quvvatini iste’molchi talab darajasidan pasaytirib yubormasligi kerak, bu esa suv qabul qilish inshootlarining yuqori ishonch bilan ishlashiga olib keladi;
YUqorida eng asosiy talablarni qayd etib o‘tdik. Er usti manbalarini foydalanishga yaroqliligi tekshirilayotganda ularni o‘rtacha oylik va yillik ta’minlanganlik darasi asosida suv berish qobiliyatlari, mos ravishda suv sathining o‘zgarishi daryo tafsilotidan kelib chiqib iste’molchi talab qilayotgan kategoriyaga javob berishi ham o‘rganiladi.
Bu ko‘rsatgichlar quyidagi jadvaldan foydalangan holda amalga oshiriladi:

Suv qabul qilish inshooti joylashuv o‘rni bo‘yicha tavsiyalar
× -tavsiya qilinmaydigan joylar
√tavsiya etiladigan joylar
Yüklə 40,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə