Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

14.1-chizma.
Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida:
1) Respublikada qoramollar soni oxirgi 5 yilda 2,6 mln. boshga yoki 
145 foiz ko'payib, 8,5 mln. boshga yetdi. Shu jumladan shaxsiy yordamchi 
va dehqon xo‘jaliklarida 2,2 mln. boshga (138 foiz), fermer xo‘jaliklarida 
200 ming boshga (162 foiz) oshdi;
2) zooveterinariya servis xizmatlarini kengaytirish maqsadida 791 ta 
punktlar tashkil etilib, ularning soni 2443 taga yetkazildi. Shu yillar 
davomida pullik xizmat ko'rsatish darajasi 6 barobarga oshdi;
3) aholi qaramog‘idagi chorva mollarini ko‘paytirish va bandligini 
oshirish maqsadida qoramollar sotib olish uchun oxirgi 4 yilda 125,6 mlrd. 
so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi;
4) parrandachilik fermer xo‘jaliklari soni oxirgi uch yilda 370 taga 
oshib, 677 taga yetkazildi.Ushbu maqsadlarda birgina 2009-yilning o‘zida 
18 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Bunday keng ko'lamdagi ishlar natijasida aholining chorvachilik 
mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora to‘laroq qondirib borilmoqda.
284
www.ziyouz.com kutubxonasi


14.4. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish va samaradorligini
oshirish yo‘liari.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining zamonaviy 
talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich 
rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chorva mollari bosh sonini 
ko‘paytirish va ulaming mahsuldorlik darajasini oshirishga e'tibor berish kerak. 
Chorvachilik bino-inshootlarini fan-texnika yutuqlarini e'tiborga olgan holda 
moslashtirishga, tegishli vositalar bilan ta'minlanishiga, chorva hayvonlari 
yaxshi parvarishlanib, sifatli mahsulot yetishtirishda yangi texnikalar, ilg‘or 
texnologiyalar joriy etilishiga erishish lozim. Shundagina tarmoqda ishlab 
chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilib, mehnat unumdorligining oshishi 
ta'minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul chorva zotlarini 
yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta’minlash, bunda zotli, 
sermahsul chorva hayvonlarini sotib olish ham kutilgan natijaga erishish 
imkoniyatini kengaytiradi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan naslchilikni 
rivojlantirishga va fermer xo‘jaliklarining yuqori mahsuldorlik darajasiga ega 
naslli chorva mollarini chetdan (Gollandiya) keltirishlariga ko‘mak berilmoqda.
Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yem-xashak 
yetishtiriladigan maydonlami kengaytirib, ekinlami almashlab ekishni 
rivojlantirish lozim. Bunda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlaming suv 
ta'minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda mahalliy va mineral 
o‘g‘itlardan talab darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zamr. Bu 
masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab 
chiqariladigan to'yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva 
hayvonlariga ozuqani ilmiy asoslangan ratsion asosida vaqtida berilishini ham 
tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e'tiborga olib, respublika 
hukumati 
xo‘jaliklarga 
iqtisodiy 
jihatdan 
ko‘maklashish 
yo‘llarini, 
mexanizmlarini 
ishlab 
chiqqan. 
Jumladan, 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
yetishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda 
chetdan moddiy-texnika resurslami keltirishda bojxona toMovlaridan ozod etish 
va boshqa chora-tadbirlar belgilangan.
Bu jarayonda chet el investitsiyalari jalb etilishiga alohida e'tibor 
berish zamr. Chunki hozirgi davrda bu boradagi mavjud imkoniyatlardan toMiq 
foydalanish borasida ayrim kamchiliklar mavjud.
Ta'kidlangan barcha masalalaming ijobiy hal etilishi tarmoqda faoliyat 
ko'rsatayotgan ishchi-xizmatchilaming bilimiga, tajribasiga va moddiy 
rag‘batlantirilishiga bevosita bogMiq. Shunday ekan, bu masalalarni hal etish 
mexanizmlarini, yoMlarini yanada rivojlantirish zarur. Ishchi-xizmatchilaming 
ish haqlarini vaqtida berish hamda ulami yetishtirgan mahsulotlari miqdori va
285
www.ziyouz.com kutubxonasi


sifatini e'tiborga olgan holda rag‘batlantirishning samarali usulini tashkil etish 
maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko'rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida chorvachilik 
tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta'minlanadi.
Chorvachilikni 
rivojlantirishda 
quyidagi 
yo'nalishlarda 
chora- 
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1) Ozuqa bilan ta'minlashni yaxshilash. Buning uchun quyidagilarga e'tibor 
berish kerak:
- ozuqabop ekinlami mutanosib holda joylashtirishni va almashlab ekish 
tizimini joriy etish;
- xo‘jaliklami ozuqabop ekinlar o‘rim-yig‘im texnikalari bilan ta'minlash 
masalasini hal etish, chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa ekin 
maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirish lozim;
- yem-xashak ekinlarining hosildorligini oshirish;
- hududlarda chorvachilik bilan shug'ullanuvchi dehqon va fermer 
xo‘jaliklarini omuxta yem bilan ta'minlashda qulayliklar yaratish.
2) Naslchilikni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish 
kerak:
- chorva hayvonlari zotlarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini 
takomillashtirish;
- chorva hayvonlari naslchiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga e'tiborni
kuchaytirish;
- chorva mollari zotlarining genofondini saqlash;
- chorva hayvonlari zotlarining irsiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 
sun'iy qochirishni keng qoilash;
- qorakoi terilaming jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh 
yangi tiplarini yaratish.
3) Zooveterinariya ishlarini samarali tashkil etish. Buning uchun 
quyidagilarga e'tibor berish kerak:
- har bir qishloq fuqarolar yigini qoshida zooveterinariya shoxobchalarini 
tashkil etish;
- chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash;
- yuqumli kasalliklaming respublika hududiga kirib kelishini oldini olish;
- chorva mollarini profilaktik emlash ishlarini to‘la qamrovda amalga 
oshirish;
- aholi va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya shoxobchalari orqali servis 
xizmatlari ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish.
4) Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish. Buning uchun 
quyidagilarga e’tibor berish kerak:
286
www.ziyouz.com kutubxonasi


- qo‘shimcha ish o'rinlari yaratish hamda bu mahsulotiarga boigan taiabni 
qondirish maqsadida go‘sht, sut, jun va teri mahsulotlarini qayta ishlaydigan 
mini sexlar tashkil etish;
- qorakoichilikka ixtisoslashgan hududlarda qorako‘1 teri va jun 
mahsulotlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil 
etish;
- mazkur sohaga xorijiy investitsiyalami jalb etish va zamonaviy 
minitexnologiya bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar tashkil etish va hokazo.
Qisqacha xulosalar
Chorvachilik mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘idir. 
Ushbu tarmoq aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatning xomashyoga 
bo'lgan talabini qondirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari 
chorvachilik tarmog‘i dehqonchilik tarmog'ining rivojlanishiga ham ijobiy 
ta'sir ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ularning 
samaradorligini yuksaltirish uchun huquqiy, tashkiliy, texnologik hamda 
iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘hb, tarmoqda iqtisodiy islohotlar izchil 
amalga oshirilmoqda.
Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanish holati va samaradorlik 
darajasini aniqlashda tegishli ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir.
Chorvachilik tamoqlarining hozirgi rivojlanish darajasi mavjud 
imkoniyatlar darajasidan ancha past. Bu masalani hal etish maqsadida tarmoqda 
huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlar tizimini maqsadga muvofiq ravishda 
amalga oshirish zarur.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarida 
ushbu mahsulotlami qayta ishlovchi minitexnologiyalami joriy etishga e'tiborni 
kuchaytirish lozim.
Nazorat va m uhokam a uchun savollar:
1. Chorvachilik tarmog'i mamlakatimiz iqtisodiyotida qanday o‘rin 
tutadi? Uning ahamiyatli ekanligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishini, ulaming samaradorligini 
qanday ko'rsatkichlar ifodalaydi? Bu ko‘rsatkichlar qanday aniqlanadi?
3. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati 
qanday?
4. Chorvachilikning mamlakatimiz mintaqalari bo‘yicha rivojlanish 
holati qanday?
5. 
Chorvachilik tarmoqlarida islohotlarni qanday qilib yanada 
chuqurlashtirish mumkin?
287
www.ziyouz.com kutubxonasi


6. 
Chorvachilikni rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish uchun 
qanday tadbirlarni amalga oshirish lozim?
7. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
sharoitida 
hukumatimiz 
tomonidan chorvachilikni rivojlantirish borasida qanday tadbirlar amalga 
oshirilmoqda?

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə