Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə14/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Nazorat savollari:

  1. “Shaxs”ga ta’rif bering.

  2. Indvid nima?

  3. Individuallik nima?

  4. Rivojlanish nima?

  5. Shaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillarni sanang.

  6. Faoliyat nima?

xususiyatlari. Y Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab tarbiya usullari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish - bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; 2) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; 3) o‘z- o‘zini tarbiyalash usullari; 4) rag‘batlantirish va jazolash usullari.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu guruhga o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni mo‘naviy va siyosiy g‘oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashishi uchun ijtimoiy ong­ni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faolligini tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng muhim ishlatiladigan omildir.
Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta. Suhhat va hikoya. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy-axloqiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirli usul hisoblanadi.
Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o‘zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi hamda inson go‘zalligi, siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta’lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).
Suhbat davomida o‘quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini uyg‘otishga, o‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya. O‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to‘liq hikoyalarni tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, internet tarmoqlaridagi, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar orqali ravon va jonli o‘tkazilishi kerak.
Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhim­dir. O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar. O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko‘rganini qiladi», «Onasini ko‘rib qizini so‘ra», «Axloqni axloqsizdan o‘rgan», «Bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo‘lamiz.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə