Urganch davlat universiteti


Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish metodlari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə15/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

2.Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish metodlari.
Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari. Bola rivojlanishining, o‘zligini bilishning asosiy omili - bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondashilgan qoida maktab hayotining hamma jabhalarida ta’lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Faoliyat o‘quvchilar bilimlarim mustaqil egallashga undaydi, ularni qay ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilan shug‘ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik jamoa bo‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
Mashq va o‘rgatish usullari. Bolalar faoliyatini oqilona maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish mumkin. Mashq bolalarni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. O‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydilar, balki ular bilan muntazam muloqotlari tufayli taqlid qilish, tarbiya orqali hosil qilinadi. Oxir-oqibatda odat ehtiyojga aylanadi.
Mashq - muayyan xatti-harkatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli ijodiy jarayondir.
O‘rgatish. Ijodiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida o‘quvchiiarning bajarishlari uchun rejali izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliyot ishlaridir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. O‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi lozim. Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud. Faoliyatda mashq qilish mehnat ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat, o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o‘rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog‘liq o‘z istak va harakatlarini boshqarish hamda bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi.
Topshiriq. O‘quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida |ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik talab - bu usul tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Talab - bu o‘quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatga qatnashib bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi; u yoki bu haraktda rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo‘lishi oqilona harakatlarga undovchi bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə