Urganch davlat universiteti


-ma’ruza Shaxs rivojianishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g'risida g'oyalar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə10/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

2-ma’ruza
Shaxs rivojianishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to’g'risida g'oyalar.
Reja:

  1. Shaxsiy rivojianish jarayoni shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar muhit, irsiyat, ta’lim tarbiya, shaxsiy faoliyat rivojlanishning yosh va individual Shaxsning ijtimoiylashuvi va uning tarbiyasini rivojlantirish

  2. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi.

  3. Shaxs fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va baholash me’yorlari.

Tayanch so‘z va iboralar: shaxs, rivojlanish, mikromuhit, makromuhit, irsiyat, individ, go‘dak, bola, o‘smir, o‘spirin, akseleratsiya, biologik omil, fiziologik omil, psixologiya.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his 1.Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining quyidagi rivojlanish turlariga ahamiyat berish kerak:

  1. jismoniy rivojlanish

  2. aqliy rivojlanish

  3. psixik rivojlanish

Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‘rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‘lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə