Urganch davlat universiteti


Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə16/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o‘rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehna tqilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko‘ra belgilanadi.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi. 3.Shaxsning ijtimoiy xulq malakalarini shakllantirish va faoliyatni tashkil qilish metodlari.
3.Shaxs xulqi va faoliyatida motivatsiya va rag‘batlantirish metodlari
Shaxs xulqi va faoliyatida rag‘batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə