Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə13/15
tarix13.04.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#105383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-35

Jamiyat va madaniyat

Madaniyat insonni ijtimoiy mavjudot sifatida talqin qilish imkonini berar ekan, «jamiyat-madaniyat» konteksti bilan bog’liq muammolarni ham tilga olish, tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan madaniyatning, inson ijodiy faoliyati natijalarining qanday qilib jamiyat taraqqiyotiga joriy etila borilishini aniqlash zarur bo’ladi.


Madaniyat taraqqiyotidagi vorisiyligi bir tomondan, yangi avlodlar tomoni-dan ajdodlar tajribasini o’zlashtirilishini anglatsa. Ikkinchi tomonidan, o’tmish madaniyatining kelajak madaniyatiga ta‘sirini ifodalaydi. Madaniyat yutuqlarining taraqqiyotiga faol ta‘siri shundan dalolat beradiki ushbu taraqqiyot o’z mantig’iga ega. Ushbu o’ziga xoslikni inobatga olmay turib, insoniyat taraqqiyoti davomidagi madaniyat progressini tushunib bo’lmaydi. Vorisiylikning xar qanday buzilishi oxir oqibatga salbiy natijalarga olib keladi. Biroq bunday buzilish hamisha tashqi omillar ostida sodir bo’ladi. Masalan. g’arbiy Yevropada o’rta asrchilik illatlaridan xolos bo’lish uchun ko’p asrlar kerak bo’ldi. Sovet hokimiya-tining madaniyat sohasiga ko’rsatgan salbiy ta‘siri oqibat-larini anglash uchun ham ko’p yillar talab qilinadi.
Ushbu misollar ko’rsatib turibdiki, tashqi omillar, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyatga turfa xil ta‘sir o’tka-zib keladi. Shu sababdan, ulardan ko’z yumish emas, bartaraf etish choralarini izlash maqsadga muvofiqdir.
Madaniyat taraqqiyoti jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammolarga bog’liq. Ushbu aloqadorlikdan xoli bo’lgan madaniyatning o’zi yo’q va bo’lishi ham mumin emas. Madaniyat progressi va regressi tarixiy shart-sharoitlar, jamiyatdagi ob‘ektiv xususiyatlar bilan hamohangdir. Chunonchi, qadimgi Yunoniston madaniyatiga ta‘sir ko’rsatgan xususiyatlaridan biri-quldorlikning mavjud bo’lishi edi. Aynan ana shu quldorlik mehnat taqsimotini ta‘minladi va qadimgi Yunon madaniyatining gullab yashnashi uchun zamin yaratdi. Renessans davr madaniyati esa yangi tipdagi iqtisodiy munosabatlarga borib taqaladi. Inson haq-huquqlarining oliy qadriyat sifatida e‘tirof etilishi esa XX asrda madaniyatning yanada taraqqiy topishiga imkon berdi.
Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi tashqi omillar sarasida iqtisodiyot alohida o’rin tutadi. Inson moddiy ne‘matlarini yaratish bilan birga o’z ijodkorlik qobiliyatini ham shakllan-tiradi. Garchi u bunda ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatsada, uning ijodiy faoliyati ma‘lum ijtimoiy shart-sharoitlarda sodir bo’ladi. Ushbu shart-sharoitlarning markazida esa kishilar o’rtasidagi moddiy munosabatlar turadi.
Rivojlangan jamiyatlarda moddiy shart-sharoitlar bilan madaniyat orasidagi munosabatlar murakkab xarakterga ega bo’ladi. Madaniyatning asosiy parametrlari iqtisodiy bazis tomonidan aniqlanadi. Ayni paytda madaniyat taraqqiyoti iqtisodiy bazisga qudratli ta‘sir ko’rsatishini ham e‘tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Madaniy jarayonlarga turmush tarzi, xalq farovonligi darajasi, uning turmush vositalari bilan ta‘minlanganligi darajasi ham katta ta‘sir o’tkazadi. Biroq, jamiyat faro-vonligi bilan madaniyat o’rtasidagi dialektik aloqadorlik nihoyatda murakkab xarakterga ega. Ular orasidagi aloqadorlik turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Shu sababdan xalq farovonligining jamiyat madaniyatiga ta‘sir ko’rsatishiga zamin yaratadigan qator imkoniyatlar yuzaga keladi. Ushbu imkoniyatlar chegarasi ikki xususiyat bilan bog’liq:
hayot kechirish vositalari bilan yetarli ta‘minlan-ganlik madaniy taraqqiyot uchun real shart-sharoit yaratadi;
jamiyat farovonligining o’sishi fuqarolar madaniya-tining degradatsiyasiga sabab bo’ladi.
Madaniyatga ta‘sir ko’rsatuvchi yana bir tashqi omil mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuvi jarayonida asta-sekinlik bilan aqliy faoliyat bilan maxsus shug’ullanadigan kishilar yuzaga keldilar. Aqliy faoliyatning jismoniy faoliyatdan ajratilishi madaniyatning to’la qonli rivojlanishi katta imkoniyatlarni hosil qildi. Biroq madaniyat taraqqiyoti ziddiyatlarga to’la bo’ldi. Xususan aqliy va jismoniy faoliyatning tafovutlanishi jamiyat a‘zolari katta qismini madaniy taraqqiyotga o’z xissalarini qo’shish imkonidan mahrum etdi.

Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə