Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari


O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə11/15
tarix13.04.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#105383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-35

O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvi.
Xalqimiz mustaqillik deb atalmish ezgu va muqaddas orzuning ruyobga chiqishi uchun asrlar mobaynida intilib, kurashib keldi.
1991 yil 31 avgustdan boshlab halqimiz taqdirida keskin burilish yasagan, butunlay yangi taraqqiyot davrini boshlab bergan istiqlol davri tarihi boshlandi.
130 yillik Rossiya mustamlakasiga mahkum etilgan davrning ilgarigi zamonlardan farqi shuki, shu vaqtda ayniqsa, sho`rolar hukmronligi yillarida halqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib quyildi(Karimov I.A. Tarihiy hotirasiz kelajak yo`q.-Toshkent: Sharq,1998.-B.19).
Garchi katta mamlakatning asosiy qonuni hisoblangan «SSSR Konstitusiyasi» da O`zbekiston boshqa o`n to`rtta «qardosh va jondosh» milliy respublikalar singari «teng huquqli», «mustaqil», «suveren» davlat sifatida ta`rifu-tavsif etilsa-da, amalda ko`zga ko`rinmas, ming va million hil ustalik bilan «to`qilgan», to`rlar bilan qo`l-oyog`i bandi etilib quyilgan edi. 
Mustabid sovet tuzumi davrida O`zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan sosialistik mamlakatlar bilan, sobiq markazning yo`l-yo`riqlari bilan amalga oshirar, respublikaning o`zi tashqi bozorga mustaqil ravishda chiqish huquqiga ega emas edi.
Respublikaga olib kelinadigan mahsulotlar, respublikadan chiqarila­digan mahsulot hajmiga nisbatan ancha ortiq edi. 1990 yil respublikaga 14661,8 mln. so`mlik mahsulot olib kelingan bo`lsa, chetga chiqarilgan mahsulot hajmi 9351,5 mln. so`mga teng bo`lgan.
XXI asr bo`sаg`аsida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi.
Jahon amaliyotidan ma`lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o`z qobig`iga o`ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo`lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatga qo`shilish orqali o`z taqdirini belgilagan (Usmonov Q. va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996.-B.92).
O`zbekistonning jahon hamjamiyatga qo`shilish davri g`oyat bir murakkab va qaltis davrga to`g`ri keldi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgach dunyo asosan ikki qutbli (SSSR va AQSh) bo`lgan bo`lsa, endi ko`p qutbli bo`lib qolgan edi. XX asr o`z g`avg`olari, to`palonlarini, qirg`inlarini biz yashayotgan XXI asrga meros qilib qoldirib hayr ma`zur qilayotgan bir davrga to`g`ri keldi.
O`zbekiston geosiyosiy jihatdan qulaylik tug`diruvchi imkoniyatlar bilan birga, bu borada kiyinchiliklar tug`diruvchi bir qancha omillar ham mavjud edi. Garchi, tashqi siyosat sohasidagi an`analarimizning ildizlari uzoq moziyga borib taqalsa-da, mustamlaka davridagi yo`qotishlar natijasida, dastlabki paytlarda respublikamiz tashqi siyosat uritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini biladigan kadrlarga ham ega emas edi.
Tashqi siyosiy diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o`zi mustaqil boshlashga to`g`ri kelsada, respublika rahbariyati bu boradagi muammolarni echishga dadil kirishdi, uqorida ta`kidlab o`tilgan kiyinchiliklarni engib o`tib, qisqa davr mobaynida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi.
Prezident I.Karimov o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat uritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan, unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, halqaro huquq sub`ekti sifatida qatnashadi, uning mаqsаdlari mustаhкаm tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarоg`lardan holi qilish, yadroviy qurolni va bоshqа ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtаsidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat».

Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə