Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari


Tabiat - jamiyat - madaniyat: o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlik



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə7/15
tarix13.04.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#105383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-35

Tabiat - jamiyat - madaniyat: o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlik.
Insonning tabiatga munosabati xarakteridan qat‘iy nazar u tabiiy shart-sharoitlarga tobeligicha qolaverdi. Biroq za-monlar o’tishi bilan u tabiatga moslashibgina qolmasdan,uni o’z oqilona va nooqilona ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirish imkoniga ega bo’ldi. Bu hol, tabiiyki, tabiat va jamiyat orasi-dagi o’zaro aloqadorlik mohiyatini tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu jarayon mantig’ini chuqurroq anglab yetish uchun hozirgi zamon falsafasining «tabiat-jamiyat» sistemasidagi muno-sabatlarga doir qarashlarini umumlashtirish zarur bo’ladi.
Oz-o’zidan tashkil topuvchi va o’z-o’zidan rivojlanuvchi universum bo’lmish borliq bir necha ochiq, ya‘ni tashqi omillar ta‘siridan xoli bo’lmagan sistemalarni o’z ichiga oladi. Sho-zirgi zamon falsafasida, bizga ma‘lumki, bu sistemalarni borliqning asosiy shakllari deb nomlash odat bo’lgan. Tabiat va jamiyat ana shunday sistemalar turkumiga kiradi. Xar ikka-la dinamik sistemalarning shakllanishi jarayoni «o’zgaruvchan-lik-vorisiylik-tanlash» tarzidagi Ch.Darvin triadasi vosi-tasida talqin etilishi mumkin.(19, 3-4)
Shuning bilan bir qatorda, biz yuqorida ta‘kidlab o’tgani-mizdek, na tabiat, na jamiyat tashqi ta‘sirdan xoli bo’la oladi. Xususan, tabiat jamiyat uchun turli turdagi energiyalarning manbai sifatida kerak. Ular o’rtasidagi o’zaro ta‘sir shu qadar zaruriy va izchil tus olganki, hozirgi zamon mutaxassislari tabiat va jamiyatni bir sistema sifatida tahlil qilishni ma‘qul topdilar. A.K.Berdimurodova ushbu o’zaro ta‘sir va o’zaro aloqadorlikning bir necha o’ziga xos xususiyatlarini ko’r-satib o’tadi. (9, 14-19) Ular orasida eng muhimi ijtimoiy pod-sistemaning tabiiy muhitni o’ziga moslashtirish maqsadidagi ta‘siridir.
Darhaqiqat, geterotrofik mavjudot sifatida shakllangan inson tabiatda tayyor holda mavjud bo’lgan va jismoniy kuch-quvvat yordamida o’zlashtiriladigan tabiiy resurslardan foy-dalanishning uddasidan chiqardi, xolos. z taraqqiyotining bu bosqichida u biosferadagi trofik zanjirlarning bor-yo’g’i bir bo’g’ini bo’lgan. Shu boisda materiya harakatining biologik shakllaridan ajralib chiqmagan va tabiiy biogeoximik alma-shinishlarga ta‘sir ko’rsata olmagan edi. Shaqiqatan ham, inson tomonidan suv va shamol energiyasidan ibtidoiy shaklda foyda-lanilishi biogeoximik almashinishga qanday ham ta‘sir etsin?
Biroq tez orada insoniyat tabiatda tayyor holda mavjud bo’lmagan tabiiy resurslardan foydalana boshladi. Dastavval u olov yordamida +uyosh energiyasini o’zida mujassamlashtirgan biogen manbalardan (daraxt, ko’mir, neft va shu kabilar) foydalanishni o’zlashtirdi. Ustiga ustak, insoniyatning ener-giyaga bo’lgan ehtiyoji o’sa bordi. Natijada inson va jamiyatning cheksiz ehtiyojini qondirish uchun yangi energiya manbalarini topish, buning uchun esa tabiatdagi bioximik ja-rayonlarga ta‘sir ko’rsatish zarur bo’ldi. Yigirmanchi asr inso-niyatga ana shunday imkoniyatni ham ato etdi. Inson ongi va il-miy faoliyatining rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning yuksalishi odam bolasini umumsayyoraviy geologik kuchga aylan-tirdi. Biosferaning yangi evolyutsion holati, tabiat va jami-yatning o’zaro aloqadorlikdagi sohasi - noosfera vujudga kel-diki, unda inson faoliyati taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylandi.
Tabiatdagi bioximik jarayonlarga ta‘sir ko’rsatilishi faqat ijobiy xarakterga ega emas. Dinamik sistemalar rivo-jining mantig’i shundan dalolat beradiki, ochiq sistemalarda tashqi ta‘sir ikki xil xarakterga ega bo’lishi mumkin.(28, 141) Ularning biri sistema elementlari orasidagi bog’lanishni mustahkamlashga xizmat qilsa, ikkinchisi stoxastik xususiyatga ega. Tabiat va jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorlik ham ushbu mantiqdan xoli emas. Ijtimoiy podsistemaning tabiiy muhit-ni o’ziga moslashtira borishi ham jamiyat, ham tabiat uchun ijobiy ahamiyat kasb etdi. Jamiyat tabiat yordamida o’zining resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondirgan bo’lsa, tabiat jamiyat sharofati bilan o’z qiyofasini o’zgartira bordi. Lekin, ikkinchi tomondan, inson va jamiyatning tabiatdagi bioximik jara-yonlarga ta‘siri bifurkatsiya holatining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.



Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə