Urf –odat va ananalarning ijtimoiy vazifalari


Hozirgi bosqichda madaniy hayot



Yüklə 44,7 Kb.
səhifə10/15
tarix13.04.2023
ölçüsü44,7 Kb.
#105383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-35

Hozirgi bosqichda madaniy hayot.

Har qanday sharoitda ham barcha millat va xalqlar o’zining ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga muhtojlik sezadi. Ma’naviyat-inson uchun mavjudlik belgichi. Ma’naviy boylik-u yoki bu millatni boshqa etnik birikmalardan o’ziga xosligini bildiruvchi, anglatuvchi muhim omildir. Ma’naviyati yo’q xalqning o’zi yo’q. Shu bilan har bir halq ma’naviyati ham bir xil darajada emas.


O’zbek xalqi aynan shu yo’ldan bordi, o’z milliy-tarixiy, madaniy merosiga sodiqligini ko’rsata bildi. Bu esa mustamlakachilik davrida yo’qotilgan, tptalangan madaniy merosni tiklash, o’zligini anglashga bo’lgan rag’batni o’yg’otdi.
Istiqlol yillarida o’zbek madaniy hayoti o’yg’ondi, jonlandi va o’zining bugun mavjud bo’y-bastini ko’rsata bildi. Тeatr, musiqa san’ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi.
Ayniqsa, teatr san’atining rivoji gullab yashnadi. Bu bejiz emasdi, zero mustamlakachilik davrida teatrlar kommunistik mafkuraning xizmatkoriga aylangan, siyosiy maqsadlarnigina bajaruvchi kuchga aylangan edi. Shu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o’rniga ularning ma’naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola etishga asosiy e’tibor qaratildi.
O’zbekistonning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi tanijasida ma’naviy madaniyatning muhim jabhasi bo’lgan musiqa san’ati ham juda rivoj topa boshladi, zero tabiatan nozikta’b, san’atsevar va san’at ahliga talabchan o’zbek xalqining musiqasi keng ko’lamli ma’naviyat ko’gusidir. Shurolar davrida asosan mavkuraviy hukmronlik qo’ligi aylangan mazkur san’at turi erkinlik yo’liga kirdi. Jamiyat a’zolari milliy qo’shiqchilik san’atidan bahramand bo’la boshladilar.
Shunday qilib, mustaqillik O’zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun zamin yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o’zgartirdi. Istiqlol tufayli ma’naviy turmushimzdagi ko’plab muammolar hal etila boshlandi. Qurilayotgan demokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat, bozor munosabatlariga o’tish, jahon hamjamiyati bilan mafkuraviy tayziqlarsiz o’zaro hamkorlik qilish imkoniyati O’zbekiston madaniyatini xalqchil qildi. O’zbekiston, o’zbek xalqining dunyodagi o’ziga xos va mos o’rni borligi, uning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan bebaho hissasining e’tirof etilishi tufayli ma’naviy hayotning gullab-yashnashi uchun mustahkam zamin yaratildi.
XX asrning 20-30 yillari davrini ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy hayot jarayonlari qatori madaniy-ma’naviy soha ham o’ziga xos murakkablik, qiyinchiliq bilan kechganligiga amin bo’lamiz. Sovetlar hokimiyati va uning hukmron partiyasi butun mamlakatda sotsializm tuzumini barpo etishni o’z oldilariga asosiy maqsad qilib qo’yar ekanlar, bunda madaniy sohaning roli alohidaligini, uningsiz ko’p narsaga erishib bo’lmasligini yahshi tushunardilar. Shu boisdan sovet hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq madaniy qurilish jarayonini o’z ta’minoti va g’oyalari asosida rivojlantirishga kirishgan edilar.
20-yillar boshlariga kelib O’zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan ko’zlagan asosiy maqsadlari o’lkada xalq ta’limi bo’g’inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga Xalq savodhonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammasini to’la bahramand etish emas, balki eng avvalo yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan «mo’min-qobil» avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi.
Sho’rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyati, san’at maorif, oliy ta’lim sohalarini o’z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o’choqlari bo’lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo’q qilish avj oldirildi. Davlat “proletariat diktaturasi”ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda chor imperiyasi o’rnatgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo’q qilishga erishdi.

Yüklə 44,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə