Universiteti ro’yxatga olindi №


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 75,13 Kb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü75,13 Kb.
#147110
1   2   3   4   5   6   7   8
Turkiston general-gubernatorligi 233

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsadi sifatida biz Xiva xonligi va uning ichki va tashqi siyosatini o’z ichiga olgan. Xiva honi Olloqulixon ham o`zbek, qozoq, va turkmanlardan iborat birlashgan lashkar bilan ruslarga qarshi otlandi. Oxir-oqibat, Perovskiy qo`shini zarbaga uchrab, orqaga chekinishga majbur bo`ldi. Bu g`alaba Rossiyaga qarshi kurash bayrog`ini ko`targan qozoq, istiqlolchilarini ham ruhlantirdi. Uzoq yillardan beri qozoqlarning mustaqilligi uchun jang qilayotgan Kenesari Qosimov harakati keng quloch yoydi. Xiva xoni unga doimo madad berib turdi.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Kurs ishining obyekti sifatida Xiva xonligining tashkil topishi uning ichki va tashqi siyosatini shuningdek Buxoro xonligi bilan bo’lgan aloqalarni shuningdek Rossiya imperiyasi bilan tashqi aloqalarini kurs ishida ko’rib o’tdik. Kurs ishining predmeti sifatida Xiva xonligining ichki siyosati uning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti savdo-sotiq munosabatlarini ko’rib o’tamiz.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishining tarkibiy qismi kirish, ikki bob, 4ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iboratdir.

I.BOB. Turkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat.
1.1. Turkiston xonliklarini bosib olish yo`lidagi dastlabki harakatlar.
XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida Turkiston xonliklarini buysundirish maqsadida Rossiya olib borayotgan siyosat Buyuk Britaniyaning shu borada uzoqni ko`zlagan rejalariga jiddiy xavf solar edi. Shuning uchun Angliya turli yo`llar bilan O`rta Osiyodagi davlatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish payiga tushadi. 1831-1833 yillarda Ost-Indiya kompaniyasi leytenanti Aleksandr Berne Hindistondan Afg`onistonga, undan Buxoroga sayyoh sifatida keladi. Bu «sayohat» natijasida yig`ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar «Buxoroga sayohat» deb nomlangan uch jildlik kitobga asos bo`ldi. Bu o`rinda A.Bernsning o`zbek xalqi xususida bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir: «O`zbeklar muomalada kamtar va samimiy. Ular mening kim ekanimni bilmaganliklaridan, barcha narsalar xususida, hukmdorlari va syyosatdan tortib, bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so’zlashdilar». Angliya o`z diplomatlari, sayyohlari hamda ayg`oqchilari vositasida Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Ular shu maqsadda fors va turk tillarini yaxshi bilgan Konolli, Berne, Archi Todd, Abbot va Shekspir kabi zobitlarni o`zbek xonliklariga yubordilar.
Angliya Turkiya bilan hamkorlikda. O`rta Osiyo davlatlarining harbiy ittifoqini vujudga keltirishga ko`p urindi, Ayniqsa, Krim urushida (1853-1856) Angliya O`rta Osiyo xonliklariga, Afg`oniston va Eronga o`z odamlarini yuborib, bu mamlakatlarni Rossiyaga qarshi otlantirish harakatini kuchaytirdi. Ammo Turkiya ham, Angliya ham Rossiya xurujiga qarshi o`zbek xonlari birligini vujudga keltirishni ta`minlashning uddasidan chiqa olmadi. Chunki xonliklar O`rtasida o`zaro nifoq-nizolar kuchli bo`lib, ularning ildizi chuqur ketgan edi. Buning ustiga, Rossiya diplomatiyasi Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarini bir-biriga qarshi gijgijlab, o`zining ig`vogarona siyosatini izchillik bilan yuritar edi. Rossiya bu yo`lda sobit turib, To`rg`ay viloyatini, 1846 yilning kuziga kelib, Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan yeridagi Qozolini ishg`ol etdi va 1847 yilda Raim, 1848 yilda Kazalinsk istehkomlarini qurdi. Bu ahvol Xivani tashvishga soldi. Xon o`z noroziligini bildirib, elchilarini Peterburgga jo`natdi.
Xiva elchilarini rus amaldorlari bu istehkomlar savdoni yo`lga qo`yish va cho`lda tinchlik o`rnatish uchun qurildi, deb aldadilar. Xiva honi bu istehkomlarni yo`q, qilishga harakat qildi, lekin Sirdaryo va Orolbo`yidagi rus istehkomlaridagi qo`shinlarni yo`qotish xususidagi Xiva hukumatining maslahatlariga quloq solmadilar. Rossiyaning urushqoq doiralari Orenburg va Sibir orasidagi yerlarning «himoyasini mustahkamlash uchun» Irgiz va To`rg`ay daryolarining bo`yida istehkomlar qurishni jadallashtirdilar. Ular o`zbek xonliklarini asta-sekin bosib olish uchun, birinchi navbatda, Qo`qon xonligining muhim strategik nuqtalarini egallashga diqqatni karatdi. Oqmachit qal`asiga hujum shu tariqa boshlandi. 1852 yilning 16 aprelida shijoatli lashkarboshi Yoqubbek rahbarligidagi Oqmachit qal`asi himoyachilari dushmanga qarshi qahramonona jang qilib, rus askarlarini Orenburgga chekinishga majbur etishdi. Shundan so`ng o`zbeklar bilan bo`lgan janglarda katta tajriba to`plagan Orenburg general-gubernatori graf V. Perovskiy 1853 yilda tashabbusni o`z qo`liga olib, yana hujumga tayyorlandi. Perovskiy Oqmachit himoyachilariga maktub yo`llab, taslim bo`lishni taklif kildi: «Garchand sizlar qal`a ichida turgan bo`lsalaringiz ham Oqmachit olingan deb hisoblayvering. Men shu yerda turiboq barchangizni bitta qo`ymay kirib tashlashim mumkin. Ammo, men bunday qilmayman, chunki, biz bu yerga bir yoki ikki kunga emas, balki abadul-abad keldik,endi orqaga qaytmaymiz». Qal`a mudofaachilari bu maktubga «biz bir tomchi qon va ko`chada bir dona kesak qolguncha, hamma qurollarimiz sinib bitguncha kurashaveramiz», deb javob berishdi. Yordamchi kuchlar olib kelish uchun ketgan Yokubbekning kechikishidan foydalangan ruslar yigirma ikki kunlik qurshovdan so`ng mudofaa ahamiyati juda katta bo`lgan Oqmachit qal`asini zabt etdilar. Rossiya davlatining hukmron doiralarida esa bu paytga kelib Qo`qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga nisbatan istilochilik ruhi ustun kelib, Aleksandr II (1855-1881) hukumatining tashqi siyosatida jangari generallar mavqei kuchaydi. General- ad`yutant graf D. Milyutinning harbiy vazir lavozimiga, graf N. Ignatyevning esa Bosh shtab Osiyo bo`limi rahbarligiga tayinlanishi Rossiyaning O`rta Osiyodagi siyosatida keskin o`zgarishlar bo`lishidan darak berardi. Rossiya matbuotida esa Hindistondek boy o`lkani mustamlakaga aylantirgan Angliyadan o`rnak olib, Osiyoda faol harakatga chorlovchi maqolalar paydo bo`la boshlaydi. Imperiya harbiy vazirligida o`zbek xonliklarining iqtisodiy va siyosiy ahvoliga oid josuslik ma`lumotlari yetarlicha to`plangan edi.
General unvoniga ko`tarilgan graf N. Ignatyevning o`zbek xonliklarining haqiqiy ahvoli va ularni Rossiya nazoratiga olishni qay yusinda amalga oshirish haqidagi axborotlari bu ma`lumotlar orasida alohida ajralib turardi. Graf Ignatyev birinchi galdagi vazifa sifatida Qo`qon xonligiga qarshi bevosita harbiy harakatlar boshlashni taklif qilgan. Ana shu taklifga ko`ra, Rossiya 1860 yilda Qo`qon xonligiga qarshi e`lon qilinmagan urush boshladi. 1864 yilning 2 oktabrida ertalabdan boshlab har ikki tomon o`rtasida to`plardan o`qlar uzildi. Bu vaqtda Eshonquli dodhox madrasasi mullavachchalari, xususan, eshon Sharifxo`ja Ofoqxo`ja o`g`li, eshon Xojixon Malikxoji yuzboshi o`g`li Sa`id Ahrorxo`ja Sotiboldixo`ja o`g`li, pichoqchi usta Sodiq Hazar, o`ratepalik Xidirnazar zargarning ukasi va boshqa ziyoli vakillari «g`azotni va bu sharafli urushni Qur`on, tafsir va hadislardan olingan so`zlar bilan isbotlab, hammani g`azotga va urushga chorladi. Ularning o`zlari ham Qo`qon darvozasiga borib, to`pchilarga qo`shilib o`q joylashda va otishda qatnashdilar». Toshkent devori to`plardan o`qqa tutilgandan keyin podpolkovnik Obux 2 rota askari va 4 to`pi bilan hujumga o`tib, devorning bir qismini teshishga erishdi.
Shundan keyin rus askarlari podpolkovniklar Obux va Lerx qo`mondonligida shu joydan shaharga bostirib kirish uchun zovurni kechib o`tishga harakat qilganlar. Muhammad Solihning guvohligiga ko`ra, «uruslar olo`a chopib zovurga o`zlarini otdilar; ularning ikkinchi guruhi yordamga kelmokda edi. Shu onda devor ustidagi shertabiat va dovyuraklar o`zlarini pastga tashlab, zovur ichida uruslar bilan yoqama-yoqa ushlashib bir-birlarini xanjar bilan o`ldira boshladilar. Hatto ba`zi kishilar ko`rqib ketayotgan dushman orqasidan quvib va ushlab, xanjar va qilich bilan jang qildilar. Zovur ichidagi uruslardan urush va talash bilan 72 kishining boshi tanasidan kesilib, yarog`-aslahalari o`lja olinib, g`oziylarga bo`lib berildi». 1865 yilning bahorida general Chernyayev Niyozbek qal`asini bosib oldi.
Toshkentga ruslarning ikkinchi hujumi boshlandi. Chernyayev yurt xoinlaridan biri Abdurahmonbek Shodmon o`g`lining maslahati bilan Bo`zsuv to`g`onini buzib, uni Chirchiq soyiga burib yubordi. Abdurahmonbek aslida Toshkent shahrining Chuvalachi mahallasidan bo`lib, Chernyayevga muhim ma`lumotlarni yetkazib turgan xiyonatchilardan edi. Abdurahmonbek ko`ngilli ravishda Rossiya xizmatiga o`tadi.General Chernyayev esa shaharni to`pga tutishda davom etar edi. Uning zarbdor kuchlari Sirdaryo qirg`og`idagi Chinoz qal`asini egalladi. 1865 yil 14 iyundan 15 iyunga o`tar kechasi polkovnik Abramov, podpolkovnik Jemchujnikovlar qo`mondonligidagi 7 rota va 8 zambarakdan tashkil topgan askarlar asta-sekin bog`lar orasidan Kamolon darvozasi tomonga qarab yurdilar. 15 iyun erta tongda rus askarlari to`satdan Toshkentning Kamolon darvozasi devoridan ichkariga bostirib kirdilar. Muhammad Solihning so`zlariga qaraganda, ruslar dastavval devorning bir kishi o`tadigan tor joyidan kirib olishgan so`ngra darvoza va devor ustiga chiqishib, u yerdagi to`pni yerga uloqtirganlar hamda Muhammad Solih va uning atrofidagi kishilarga qarata miltiqlardan o`q otishgan. Shu paytda mullo Ismatillo degan bir kishi qo`ltig`idan to`rt bo`lak toshni chiqarib: «Biz ham chimkentliklarga o`xshab gunohkor bo`lib, harom o`laylikmi? Yaxshisi, bu zaminda g`oziy yoki shahid sifatida o`lganimiz afzal»,-deb qichqirgan. Rus askarlari Kamolon darvozasidan kirishi bilanok Abramov 250 askar bilan devor yonidan o`ng tomonga ketgan. Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general Chernyayev 1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligini buysundirish uchun unga qarshi e`lon qilinmagan urush boshladi. Uning qo`mondonligi ostida qo`shinlar Jizzax tomon otlandilar. Bu xabarni eshitgan amir Muzaffar o`zi taxtga qayta o`tqizgan va ta`sirida deb hisoblangan Qo`qon honi Xudoyorxonga ruslarning yo`lini to`sishni buyurdi.
Xudoyorxon esa Rossiya bilan to`qnashishdan qo`rqib, amir Muzaffarning farmonini bajarmadi. Rus istilochilari Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-1866 va 1868 yillarda o`tkazadi. 1866 yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida xonlikning O`ratepa, Jizzax va Yangiqo`rg`on singari hududlari Rossiya tarkibiga kiritiladi. Ikkinchi harbiy mavsumda-1868 yil qirg`inbarotida esa Samarqandning olinishi, amir qo`shinlarining Zirabuloqda o`zil-kesil tormor etilishi sodir bo`ladi. O`rta Osiyoning qadimiy poytaxtlaridan biri, Sohibqiron Amir Temur dovrug`ini jahonga yoygan Samarqandning bosib olinishi, nafakat xonlikda, shu bilan bir qatorda, dunyo afkor ommasi ko`z o`ngida, shimoldan kelgan oq ayiqning yovuz maqsadlari chegara bilmasligini namoyon etgan edi. Amir Muzaffar talafotlar oldida qattiq esankirashga tushadi, u o`z tasarrufidagi hududning qariyb teng yarmidan mahrum bo`lgan edi.Rossiyaning hukmron doiralari Turkiston general-gubernatorligini o`zining O`rta Osiyodagi harbiy rejalarini amalga oshirish uchun tayanch markaziga aylantirib, bu safar istilochiligini Xiva xonligini to`la bo`ysundirishga qaratdilar. Ular Pyotr I vasiyatini sira unutmagan edilar. 1717 yilgi Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining halokati va 1839 yilda Perovskiy yurishining barbod bo`lganligi rus generallarining xotirasidan chiqmagan edi. Pyotr I ning bosqinchilik rejasini to`la amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini poyoniga yetkazishgach, istilochilar Xiva xonligiga ko`z tika boshladilar. Xiva xonligi mustaqilligi bilan mustamlakachilarga jiddiy xavf solib turar edi. U ming yillardan buyon davom etib kelayotgan qadim Xorazm davlati timsoli sifatida ham Rossiya uchun xavfli ko`rindi.
Rossiya imperiyasi o`z tasarrufidagi qozoqlarni ozodlik kurashiga rag`batlantirib turgan Xiva ekanligini ham yaxshi bilardi. qozoqlarning milliy- ozodlik kurashiga rahbarlik qilgan Kenesari Qosimov Xivadan doimo madad olib, o`n yil davomida Rossiyani bezovta kilib kelayotganligini ham unutmadilar. Masalaning siyosiy tomonidan tashqari, Sankt-Peterburg butun Turkiston o`lkasida tijorat ishlarini ham batamom o`z qo`liga olishni maqsad qilib qo`ygan edi. Kaspiy dengizining Sharqiy sohillaridan Turkiston shaharlariga olib boruvchi barcha savdo yo`llari esa Xiva xonligi hududlaridan o`tar edi. 1872 yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podsho noiblari ishtirokidagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. Generallar rejasiga ko`ra, Turkiston general-gubernatorligiga qarashli kuchlar sharqdan, Orenburg gubernatori va Kavkaz noibligi ihtiyoridagi harbiy kuchlar esa g`arbdan va shimoli-g`arbdan Xiva ustiga yurishlari kerak edi: Rossiyaning tajovuzkorona niyati Xiva xoni va uning oliy mansabdorlariga sir emas edi. Sayid Muhammad Raximxon II (1865-1910) 1872 yilda Hindiston vise-qiroli huzuriga elchi jo`natib, ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so`ragan edi.
Xonning elchisi Aminboy Muhammad o`g`li Kalkutta shahrida lord Norsbruk bilan muzokaralar olib bordi. Angliyaning hukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor bo`lsalar ham, Rossiya bilan ochiq to`qnashuvdan xavfsirar edilar. London o`zining boy mustamlakasi Hindistonga ruslar tahdid solishidan va Afg`onistondagi mavqeiga Rossiyaning jiddiy xatar yetkazishini hisobga olib, Xivaga yordam ko`rsatmaslik yo`lini tutdi. Hindiston vise-qiroli Norsbruk shu sababli elchiga iloji boricha ruslar bilan aloqani yaxshilash vositalarini ishga solishni hamda qo`shni musulmon davlatlari ittifoqini vujudga keltirishni maslahat berdi. Lord Norsbruk, agar ruslar bilan urush bo`lib kolsa, Angliya yordamiga umid qilmaslikni ham ochiq izhor qildi. Xiva endi o`z kuchi va imkoniyatiga qarab ish qurishi lozim edi. Xonlik qo`shinida hammasi bo`lib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qo`shin bo`lib, ular ham asosan poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiyaqo`shini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek harbiy texnika imkoniyati, qurol- yarog`lari bilan ham Xiva xonligi qo`shinidan ustun edi. Mazkur harbiy operasiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar va generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan ko`p darajada yuqori edi. Turkiston qo`shinlariga (22 rota, 1800 kazak va 18 to`p) general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin (15 rota, 600 kazak, 8 to`p), Mang`qishloq otryadiga polkovnik Lomakin (12 rota, 800 kazak, 8 to`p) qo`mondon bo`lib, Orol flotiliyasi ham ular ihtiyoriga berilgan edi. 1873 yil 29 may kuni ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo`ldilar. Xiva honi ortiqcha qon to`kilishini istamay, muzokaralar boshlash haqida o`z vakillarini fon Kaufman huzuriga jo`natdi. Ammo urushqoq general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib, hujumga kirishdi.
Xiva mudofaasi yo`lboshchilarining nomlari tarix sahifalariga umrbod yozilib qoldi. Zero, 1873 yilda Xivani mudofaa qilgan kishilarning ism-shariflari istiqlol tarixidan munosib joy olishi farzdir. Urganch darvozasiga Muhammad Rizo to`ra, Toshoyoq darvozasiga Abduqodir to`ra, Bog`ishamol darvozasiga Rahimberdibek Ollohberdi to`ra Mag`fur, Shayx darvozasiga Ollohberganbek ibn Xudoyberganbek to`ra o`g`li tayin etildi. Shahar tashqarisida esa ruslarga qarshi jang maydoniga chiqqan Xudoyor qushbegi, Rahmatulla yasovulboshi, Abdulla Mahram, Mahmud yasovulboshilarning navkarlari fidokorona jang qildilar. O`rta Osiyoning arzon xom ashyo manbai va rus sanoat mollari sotiladigan kulay bozor bo`lishini 1826 yildayok general-mayor Verigin imperator Nikolay I (1825- 1856)ga yo`llagan taqdimnomasida bayon qilgan edi.



Yüklə 75,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə