Universiteti ro’yxatga olindi №


Turkiston general-gubernatorligining Buxoro va Xiva xonliklari bilan bilan aloqalari Xonliklarning bosib olinishidagi tananch sifatida foydalanilishi



Yüklə 75,13 Kb.
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü75,13 Kb.
#147110
1   2   3   4   5   6   7   8
Turkiston general-gubernatorligi 233

2.2. Turkiston general-gubernatorligining Buxoro va Xiva xonliklari bilan bilan aloqalari Xonliklarning bosib olinishidagi tananch sifatida foydalanilishi.
Qishloq xo`jalik tumanlari asta-sekin ixtisoslasha bordi. 1917 yili paxta maydoni Andijon uyezdida 35 foiz, Qo`qon uyezdida 35, Skobelev uyezdida 31, Namangan uyezdida 25, Amudaryo bo`limida 18, Kattaqo`rg`on uyezdida 18, Samarqand uyezdida 8, Jizzax uyezdida 3 foiz o`rinni egallagan edi. Farg`ona viloyatining o`zi Rossiyaga jo`natiluvchi jami paxtaning 62 foizini bergan. G`alla va meva-sazavot yetishtirishga ixtisoslashgan Samarqand viloyatida sug`oriladigan yerlar ko`paygani holda yem-hashak fondi, binobarin chorvachilik qisqargan. Zarafshon tumanida g`allazorlar qisqarib, paxtazorlar kengaygan. Xullas chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning bosib olinishi mahalliy aholining iqtisodiy ahvolini og`irlashtirib yubordi. Milliy, diniy, iqtisodiy zulm kuchayib ketdi. Mustamlakachilar tomonidan ommaning qattiq ezilishi, oxir-oqibatda qurolli chiqishlar va qo`zg`olonlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa, bu holat Farg`ona viloyatida keskin tus oldi. Farg`ona viloyati iqtisodiy va mehnat resurslari jihatidan Turkiston general-gubernatorligidagi yetakchi viloyat hisoblangan. 1898 yilgi xalq qo`zg`olonining shafqatsizlarcha bostirilishi, mahalliy aholidan qattiq o`ch olinishi kishilarni irodasini buka olmadi. Aksincha, xalqning mustamlakachilarga bo`lgan qahr-g`azabini oshishiga sabab bo`ldi, xolos. Yana shu kabi xalq harakatlarining paydo bo`lishidan cho`chigan podsho amaldorlari Farg`ona vodiysi aholisi ustidan nazoratni kuchaytirdilar. Rus-yapon urushi aholining turmush darajasini keskin pasayishiga olib keldi. Urush Turkistonning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Paxtaning xarid narxi keskin tushib ketdi. Mustamlakachilar uchun Turkiston o`lkasi paxta yetkazib beruvchi asosiy baza hamda ijtimoiy, iqtisodiy va milliy zulm ob`yektiga aylandi. Bu zulmni amalga oshirishda, o`lka boyliklarini talashda temir yo`llar muhim vosita bo`ldi. Dastlabki temir yo`l Farg`ona vodiysiga 1899 yil kirib keldi. 1911-1913 yillarda Qo`qon-Namangan, 1916 yilda Namangan-Jalolobod temir yo`llari qurildi. Natijada, vodiy metropoliyaning oshkora sur`atdagi xom-ashyo bazasiga va tayyor mahsulotlar sotiladigan bozoriga aylandi. Shundan so`ng, paxta ekin maydonlari kengaydi va u asosiy ekin turiga aylandi. Masalan, 1899 yil Namangan uyezdida paxta ekiladigan yerlar 14 ming gektarni tashkil etgan bo`lsa, 1911 yilda 45 ming gektarga yetdi. Viloyatda aholining qashshoqlashuvi kuchaydi, yersiz dehqonlar soni ortib bordi. Masalan, 1908 yilda Farg`ona vodiysida 18 foiz oila ekin maydonlariga ega bo`lmagan. Iqtisodiy qiyinchiliklar xalqning zulmga qarshi ko`tarilishlarining kelib chiqishiga turtki bo`ldi. Jumladan, 1902-1904 yillarda viloyatning Pomirbo`yi tumanlarida dehqonlarning chiqishlari, 1903 yil yanvar-aprel oylarida Qo`qon uyezdining Isfara, Ganjiravon volostlarida, Marg`ilon uyezdining Avval va Chimyon volostlarida mahalliy hokimiyat zulmiga qarshi xalq chiqishlari bo`ldi. 1916 yil 25 iyundagi Podsho Nikolay IIning front ortidagi ishlar uchun yerli aholidan mardikorlikka olish haqidagi farmoni butun Turkistonda mahalliy aholining keskin noroziligini keltirib chiqardi. Bu noroziliklar ommaviy g`alayonlar, kichik amaldorlarning uylariga o`t qo`yish va o`ldirishlarda o`z ifodasini topdi. Podsho farmoniga muvofiq, Turkiston general-gubernatori 1916 yil 23 avgustda buyruq chiqardi. Bunga ko`ra, faqat Farg`ona oblastining o`zidangina 51 233 kishi mardikorlikka safarbar qilinishi lozim edi. Birinchi jahon urushining salbiy ta`siri Turkiston xalqlari boshiga ko`plab azob-uqubatlarni soldi. Paxta yakkahokimligini zo`r berib kuchaytirish, paxta ekin maydonlarining kengaytirilishi oqibatida o`lkada g`alla yetishtirish va chorvachilik orqaga qarab ketdi. Butun o`lkada bo`lgani kabi Farg`ona vodiysida ham don taqchilligi yuzaga keldi. 1916 yili Farg`ona viloyatining odatda oladigan g`allasi 12-14 pudga kamaydi. Narx- navo keskin oshdi. Ilgari 50 so`m turadigan otning narxi 80-85 so`mga chiqdi. G`alla va nonning narxi ham oshib ketdi. 90-yillarda Turkistonda ro`y bergan eng yirik xalq harakati 1898 yilgi Andijon qo`zg`olonidir. U Andijonda boshlangan bo`lsa-da, O`sh va Namanganni ham qamrab oldi. Binobarin, uni Farg`ona qo`zg`oloni deb atalsa to`g`riroq bo`ladi. Ushbu davrdagi barcha qo`zg`olonlar kabi bo` harakat ham bostirildi. Mahalliy xalqdan qattiq o`ch olindi, jazolandi. Qo`zg`olonning sababi chorizmning paxtachilikni rivojlantirishdagi vahshiyona siyosati edi. Sharqiy Farg`ona eng yirik paxtakor viloyat hisoblanar, zotan, Turkistondagi jami paxtazorlarning uchdan bir qismi Farg`onaga to`g`ri kelardi.
Xalq ommasining mustamlakachilar va boylar tomonidan ezilishi, sudxo`rlikning avj olishi va hokazolar qarzdorlar, chorakorlar, batraklarni ko`paytirib yubordi. Bu esa, tabiiy ravishda ommaning ko`tarilishini, qo`zg`olonni keltirib chiqardi. Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilgan Turkiston mustamlakachilik zulmining yorqin namunasiga aylandi. Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, milliy-diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o`lkaga shiddat bilan kirib kelishi, o`lka boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi ilg`or fikrli ziyolilarni befarq qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan mustamlaka asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo`llari izlandi. Ushbu harakatlar natijasida vodiyda ham XIX asr oxirlariga kelib jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkistondagi bu harakat XIX asr oxirlaridan 1938 yillargacha ma`rifatparvarlik harakatidan keng ko`lamli ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko`tarildi. Ushbu vaqt oralig`ida butun Turkistonda bo`lgani kabi, vodiydagi ziyolilar qatlami orasida ham turli guruhlarga ajralish jarayonlari tezlashdi. Fikr va qarashlarning turlicha bo`lishiga qaramay, o`lka ziyolilarini yagona Turkiston mustaqilligi g`oyasi birlashtirib turar edi. XX asr boshlariga kelib jahon miqyosida sodir bo`layotgan inqilobiy o`zgarishlardan xavfsiragan mustamlakachilar o`lka xalqlari ustidan siyosiy nazoratni yanada kuchaytirdilar. Buning sababi, Rossiya musulmonlari orasida pirovard maqsadi milliy mustaqillik bo`lgan jadidchilik harakatining keng yoyilishi, Turkiya, Eron inqiloblari, ilg`or yo`nalishdagi nashr va adabiyotlarning bu yerlarga kirib kelishi natijasida XX asr boshlariga kelib mahalliy aholi, xususan ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy faolligining birmuncha oshishi edi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1908 yilning boshlarida Markaziy Osiyoda bo`lgan fransuz mayori Lyakosta Turkistonda o`z milliy dasturiga ega bo`lgan yosh sartlar partiyasi borligi haqida ma`lumotlar beradi. Mayor Lyakosta, fransuz mustamlakalar vazirligi tomonidan ushbu hududlarni o`rganish uchun maxsus vazifa bilan yuborilgan edi. Bu haqidagi ma`lumotlar fransuz matbuotida e`lon qilingach, Turkistondagi podsho amaldorlari ham yosh sartlar masalasidan tashvishga tushib qoladilar.
Aholi turmush darajasining tushib borishi, shariat me`yorlarining buzilishi, milliy va diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, jinoyatlar sonining ortib borishi, mahalliy aholining mavjud tuzumga nisbatan nafratini yanada oshirar edi. Shu bois turli ijtimoiy tabaqalar mustamlaka zulmidan xalos bo`lishning har xil yo`llarini izlardilar. Mahfiy polisiya xizmatchisi «Tureskiy»ning 1913 yil 3 sentabrda bergan ma`lumotlariga ko`ra, shu davrda Buxoroda musulmonlarning «Ittihod» jamiyati mavjud bo`lib, bu tashkilotning asosiy maqsadi, musulmonlarni g`ayridinlar qo`l ostidan ozod qilish bo`lgan. Tashkilot 1913 yilda Mulla Qamar ismli mudarris tomonidan tashkil etilgan. Jamiyatning Buxoro atroflarida, Samarqand, Kattaqo`rg`on, Qo`qon va O`sh shaharlarida ham a`zolari bo`lgan. U yerlarda ular siyosiy-diniy tashviqot ishlarini olib borganlar. Qo`qon shahrida esa uning bosh targ`ibotchisi shaharning Sarmozor qismida yashovchi qozi Mulla Mahmud bo`lgan. O`sh shahrida esa, Eshonxon va Mulla Xolmirzalar ushbu jamiyat a`zolari bo`lishgan. Podsho hukumati aholi faolligining oshib borayotganligidan cho`chib, Turkiston xalqlarini jahon taraqqiyotidan uzib qo`yish maqsadida musulmon davlatlaridan o`lkaga kirib kelayotgan ilg`or nashrlarni ta`qiqlash choralarini ko`rdi. Shunday bo`lishiga qaramay, birmuncha taraqqiyotga erishgan musulmon mamlakatlaridagi inqilobiy voqealar tafsilotlariga bag`ishlangan adabiyotlarning bu yerga kirib kelishi to`xtamadi. Bunday adabiyotlarning o`lkaga kirib kelishi aholi turli tabaqalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshishi va milliy ozodlik g`oyalarining shakllanishiga o`zining sezilarli ta`sirini ko`rsatdi. Masalan, 1911-1912 yillarda Turk publisisti Rafiqbek Al-A`zam tomonidan yozilgan risola o`zbek tiliga o`girilib, jadidlar tomonidan omma orasida tarqatilgan edi. Unda musulmon dinining g`arbda paydo bo`lgan sosializm, anarxizm va boshqa ta`limotlarga, umuman, ijtimoiy hayotga munosabati haqida fikr yuritilgan edi. O`lkada milliy matbuot yuzaga kelgunga qadar Bog`chasaroyda chiquvchi «Tarjumon», Qozondan chiqadigan «Vaqt», «Yulduz» va boshqa gazeta va jurnallar Turkiston jadidlari faoliyatida o`zining sezilarli ta`siriga ega edi. Ushbu nashrlar orqali taraqqiyparvarlar dunyo xalqlarining milliy uyg`onish g`oyalari bilan tanishib borganlar. Masalan, Farg`onaning peshqadam taraqqiyparvarlaridan Ishoqxon Ibrat ham 1883-1885 yillarda Qo`qonning Tunqator madrasasida ta`lim olib yurgan paytlarida «Tarjumon» gazetasi bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Adabiyotchi olim U. Dolimovning bergan ma`lumotlariga ko`ra, Ibrat tomonidan tashkil etilgan «Ishoqiya» kutubxonasida «Tarjumon» gazetasining hatto 1884 yilgi boylamlari ham bo`lgan. Xulosa qilib aytganda, o`lkadagi ijtimoiy adolatsizlik, yerlilarni jaholat botqog`ida, qashshoqlikda qoldirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan chorizmning mustamlakachilik siyosati mahalliy xalq ilg`or fikrli ziyolilarining tabiiy ravishda noroziligini keltirib chiqarar edi. Turkistonda jadidchilik harakati o`zining chuqur mahalliy ildizlariga ega. Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini
XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o`tgan ilg`or fikrli ziyolilar o`z vaqtida anglab yetgan edilar. Ular bu qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo`li deb ilm-ma`rifatni tanladilar. Ushbu davrda ijod etgan shoir Zokirjon Furqat ilm-fanning taraqqiyot uchun nechog`lik ahamiyatli ekanligini anglagan holda quyidagi baytni bitgan edi:
Kerak har ilmdan bo`lmoq xabardor,
Bo`lur har qaysi o`z vaqtida darkor.
Shuningdek, ilg`or ma`rifatparvar Sattorxon Abdug`afforov ham o`zining bu sohadagi fikrlarini «Turkiston viloyatining gaziti» da quyidagicha ifodalagan edi: «...Bizlar, tavorix kitoblaridin ko`ramizkim, har bir xalq o`zlariga yaqin hamsoyalarining har nav` ilmlarini har vaqt o`rganib va ham o`zlariga yaqin mamlakat xalqiga o`rgatib kelganlar...bizlarga uyat va aybdurkim, bizlarning burung`i olimlarimiz ilm bobida baland darajada turub, hatto boshqalarg`a ta`lim berib turgon bo`lsalar, bizlar hama xalqdin ul bobda pastlik maqomida qolsoq». Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg`or ziyolilar avvalo qoloqlikdan qutilishning asosiy sharti deb, ma`rifatni tanladilar. Shu maqsad yo`lida XIX asrning so`nggi choragida dastlabki yangi usul maktablari ochildi. Farg`ona o`quv yurtlari inspektorining Turkiston o`quv yurtlari Bosh inspektoriga 1909 yil 6 dekabrda yo`llagan yangi usul maktabi haqidagi ma`lumotnomasida ko`rsatilishicha, vodiydagi dastlabki yangi usul maktabi Qo`qon uyezdida Ahmadjon qori tomonidan 1892 yilda ochilgan. Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandalaridan Ishoqxon Ibrat ham Qo`qonda madrasani tamomlagach, 1886 yilda To`raqo`r g`onda maktab ochadi lekin u tez orada yopiladi. Shundan so`ng Ibrat 1887 yildan 1895 yilgacha Osiyo va Yevropaning ko`plab mamlakatlarida bo`ladi. o`ndan ortiq chet tillarini o`rganadi, g`arb ilm-fani va texnikasi yutuqlari bilan tanishadi. Safardan qaytgach esa o`z yurti taraqqiyoti uchun izchil amaliyotga kirishib, jadidchilik harakatining faollaridan biriga aylanadi. Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib vodiyda o`nlab yangi usul maktablari faoliyat ko`rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag`lubiyatdan so`ng boshlangan ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish turkistonlik jadidlar faolligining oshuviga katta turtki bo`ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta`sirida siyosiy tus ola boshladi. Taraqqiyparvarlar omma orasida ma`rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini tashkil etdilar. Bu borada Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo`jayev, Toshpo`latbek Norbo`tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo`ldi. Turkiston o`lkasidagi dastlabki taraqqiyparvar jamiyatlar, tadqiq etilgan manbalar bergan ma`lumotlarga ko`ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so`ng, Eron va Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta`sirida vujudga kelgan. Osiyo mamlakatlaridagi inqilobiy harakatlar, musulmon dunyosidagi, xususan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va diniy fikrlarning taraqqiyotida muhim bosqich bo`lib xizmat qildi. 1904-1905 yillardagi Rus-yapon urushida Rossiyaning mag`lubiyati imperiyadagi barcha ezilgan xalqlar oldida mustabid podsho tuzumi obro`sini keskin tushishiga olib keldi. Bu esa siyosiy fikrlar rivojiga turtki berib, milliy ozodlikka erishish orzularini ushalishiga ishonch uy g`otdi. Sharqdagi inqiloblar va o`lkaga u yerlardan kirib kelgan turli xil g`oyaviy oqimlar bu yerlardagi muxolif kuchlarning birlashishi, milliy-siyosiy tashkilotlar holiga kelishi va rivojlanishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qildi. Umumiy diniy va milliy maqsadlar yo`lidagi mushtaraklik Rossiyaning ilg`or musulmon ziyolilarini yagona g`oya tevaragida jipslashishga chorladi. Va nihoyat, 1905 yilning 15 avgustida Nijniy Novgorodda Rossiya musulmonlarining I s`yezdi chaqirildi. S`yezdga Rossiyaning turli mintaqalaridan 150 ga yaqin delegatlar tashrif buyurdilar. Birinchi musulmon s`yezdi Butunrossiya musulmonlari ittifoqi («Ittifoqi muslimin»)ni tuzilganligini e`lon qildi. Ittifoq Nizomi esa, «Kaspiy» va «Hayot» gazetalarining muharriri bo`lgan Alimardonbek To`pchiboshev tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, 1906 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan musulmonlarning II s`yezdida tasdiqlandi. «Ittifoq» dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo`lib o`tgan Butunrossiya musulmonlarining III s`yezdida qabul qilindi. «Ittifoqi muslimin»ning tuzilishi Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Birinchi jahon urushi yillarida o`lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol aralasha boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar soni ortib borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlana boshladi. 1916 yil Qo`qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan «G`ayrat» jamiyati tuziladi. Bu jamiyatning o`z oldiga qo`ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul maktablarini darslik, daftar va o`quv qurollari bilan ta`minlash bo`lsa, ikkinchidan, yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan iborat bo`lgan. Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning «Sadoyi Turkiston» gazetasi yopib qo`yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev Toshkentdan Andijonga kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid hukumatning milliy taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta`qib va tazyiqlar o`tkazish siyosatining natijasidir. Milliy matbuotimizning qaldirg`ochlari «Taraqqiy», «Hurshid», «Shuhrat» va boshqa gazetalarning hech qancha soni chiqmasdan yopib qo`yilishi, chor ma`murlarining o`lka halqlarini har jihatdan asoratda saqlashga intilib olib borgan siyosatining bir ko`rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli qismat «Sadoyi Turkiston» gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so`ng muharrir Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq, Farg`ona viloyati harbiy gubernatori Asadullaxo`jayevning gazeta chiqarishiga ruxsat bermaydi. 1916 yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida «Taraqqiyparvar» jamiyati tuzildi. Bu davrda o`lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo`lib, ular o`z yig`ilishlarida, gazeta va jurnallardagi maqolalarida ma`rifiy mavzular bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham ko`tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev rahbarligida tuzilgan bo`lib, bu haqda chor ayg`oqchilari ham tez orada xabar topadilar.


XULOSA 
Mustamlakachilar bu boy o`lkani ruschasiga o`zlashtirishga ahamiyatni kuchaytirishga intildilar. Imperiyaning Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri Krivoshiy rus podshosiga yo`llagan taqdimnomasida bu haqda shunday deb yozgan edi: «Rus xalqining siyosiy ustivorligiga erishish uning xo`jalik sohasidagi quvvati bilan mustahkamlanmog`i lozim... O`ziga to`q musulmon aholisi o`rtasida rus kelgindilari xo`jaligi kambag`al va harob holda bo`lmasligi kerak. Kelgindi rus xo`jayinning yerida ishlovchi sartni ko`rish maroqli hol bo`lishiga shubha yo`q, bil`aks, uning sart qo`lida batrak bo`lishi juda noxush va ko`ngilsiz voqea ekanligi bizga ayon bo`lmog`i kerak». Shuning uchun ham «o`zga millatlarning rus elementini bosib ketmasligi uchun» general-gubernatorga keng huquqlar berildi. Mustamlakachilar rus qishloqlarini o`zbek, qirg`iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bo`lishini ta`minlash bilan birga zarur hollarda rus va mahalliy qishloqlarni birlashtirib rus volost starshinasini uning rahbarligiga qo`yganlar». Mustamlaka ma`muriyatining kelgusi faoliyat dasturida ham o`lkani ruslashtirish g`oyasi asosiy o`rinni egalladi. Oliy harbiy-siyosiy doiralar fikrini bayon etgan knyaz Masalskiy 1913 yilda bu haqda lo`nda fikr aytgan: «Turkistonda qariyb yarim asrlik hukmronligimizga yakun yasaganimizda beihtiyor shunday savol tug`iladi: Bu mamlakatdagi kelgusi faoliyatimiz dasturi qanday bo`lishi lozim? Yaqin orada qanday vazifalarni amalga oshiramiz? Maqsadimiz nimalardan iborat va nimalarga intilishimiz lozim? Turkistonda navbatda hal etilishi lozim bo`lgan muhim masalalardan biri-o`lkani rus aholisi bilan mustamlaka qilishdir. Rossiyaga qo`shib olinganiga yarim asrcha vaqt o`tganiga qaramay, o`lkada bu aholi mahalliy musulmon nufusiga nisbatan juda ozchilikdir... Paxtachilikni har tomonlama rivojlantirish va yaxshilashga biz doim intilishimiz, bu borada sarf-harajatlarni ayamasligimiz lozim. Chunki yaqin kelajakda sanoatimizni o`z xom ashyomiz bilan ta`minlash masalasi muhim xayot-mamot
masalasiga aylanadi». Rus kapitali uchun o`lka darvozasini keng ochib bergan temir yo`l shaxobchalari o`rgimchak to`ri misol har yoqqa ildiz otib, 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, Chorjuy va Amudaryogacha borib yetdi, Qoraqum sahrosidan o`tgan po`lat izlar 1888-yilda Samarqandga tutashdi. 1898 yilda Marv-Kushka tarmog`i qurilib, bir yildan so`ng Farg`ona vodiysi va Toshkent ham temir yo`l bilan bog`landi. Shunday qilib, keyinchalik O`rta Osiyo temir yo`li deb nomlangan Kaspiyorti temir yo`lining uzunligi 1748 chaqirimga yetdi. Mustamlaka xom ashyo manbalarini metropoliya sanoatiga yaqinlashtirishning navbatdagi vazifasi-Turkiston-Sibir temir yo`lini qurish kun tartibiga qo`yildi. «Juda muhim iqtisodiy, mustamlakachilik va strategik ahamiyatga ega bo`lgan bu temir yo`l liniyasini zudlik bilan qurish zarurati barchaga ayon», deb yozgan edi knyaz Masalskiy. Temir yo`l o`lkada ruslashtirish jarayonini tezlatishda katta xizmat ko`rsatdi.
Rossiya maʼmuriyati anneksiya qilingan Oʻrta Osiyo davlatlarida oʻz siyosatini mahalliy urf-odatlarni hisobga olgan holda, mahalliy hukmdorlar va ruhoniylardan hokimiyatni tortib olmasdan, shu bilan birga dehqonlar mavqeini yaxshilagan holda olib bordi. Quldorlik va qul savdosiga barham berildi. Rossiya qonunchiligi Markaziy Osiyoga tarqaldi. O'zaro urushlar to'xtadi. Erning bo'shligi Rossiya va boshqa qo'shni davlatlardan migrantlar oqimini keltirib chiqardi. Har yili bu erga 50 mingga yaqin odam keladi. Paxta ekinlarining kengayishi, temir yoʻllarning qurilishi Oʻrta Osiyoning boshqa mintaqalar bilan savdo aloqalariga qoʻshilishiga xizmat qildi. Farg`ona viloyati harbiy gubernatorining farmoyishi asosida Andijon uyezdida «Taraqqiyparvar» jamiyati haqida yashirin so`rov va tekshiruvlar o`tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko`ra, tashkilot safida mahalliy millat vakillaridan tashqari Chaykin, Shapiro va Okun kabi shaxslarning borligi, tashkilot rahbarligi Asadullaxo`jayev qo`l ostida ekanligi ko`rsatib o`tiladi. Uchastka pristavi Birshertning ta`biricha, jamiyat tashkiliy jihatdan yaxshi uyushtirilgan. Butun Turkiston o`lkasida bo`lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma`murlar jadidlarni o`zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq orasida tashviqot-targ`ibot ishlarini yaxshi yo`lga qo`yganlar. Xalq orasida o`z nufuziga ega bo`lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji Temirbekov, Poshshaxo`ja Umarxo`jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O`razaliyev Akbarali Boytursunovich va boshqalar ushbu jamiyat a`zolari edilar. Shunday qilib, aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat g`oyat og`ir bo`lib, mahalliy aholining huquqsizligi, tahqirlanishi haddan oshgan, Vodiy mustamlakachilar uchun arzon ish kuchi va xom ashyo bazasiga aylanib qolgan edi. Ilg`or ziyolilar Turkiston metropoliyaning xom-ashyo bazasiga aylanishi bilan birga, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda jahon taraqqiyotidan ortda qolayotganligini sezdilar. Vatan taqdiri haqidagi bunday o`ylar oxir-oqibatda mustaqillik uchun kurashning o`ziga xos yo`llarini izlab topishni taqozo etdi. Mavjud vaziyatda, ya`ni, kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo`lgan mustamlakachi hukumat bilan millat kelajagi yo`lida bellashishning yagona yo`li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan qurollantirish, xalqaro talablar doirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o`z o`rnida jadidchilik harakatining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Jadidchilik harakati dastlab haqli ravishda ma`rifatparvarlikdan boshlandi. Turkistonda Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Fayzulla Xo`jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo`jayev, A. Zohiriy, O. Mahmudov, I. Ibrat, Hamza, Cho`lpon, A. Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi. Rus mustamlakachiligiga qarshi kurash turli ko`rinishlarda bo`lsa-da, davom etdi. Bu kurash boshida millatning ilg`or fikrli ziyolilari turdilar. Dastlab maktab-maorif, yosh avlod ta`lim va tarbiyasini isloh etish g`oyasidan boshlangan bu harakat, keyinchalik o`z ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko`lamini qamrab oldi. Avval maorifni isloh qilishdan boshlangan Turkiston o`lkasidagi jadidchilik harakati 1917 yil fevral inqilobidan keyin yangi sifat o`zgarishlarini boshidan kechira boshladi. 1908-1917 yillar ichida turkistonlik taraqqiyparvar kuchlar asta-sekinlik bilan bo`lsa-da, yagona siyosiy kuch sifatida birlashib, o`z tashkilotlariga va ommaviy nashrlariga ega bo`ldilar.
So`ngra o`lkada milliy-demokratik davlatchilikni tiklash ishlarida faol ishtirok etdilar. Yagona maqsad yo`lida ushbu tashkilotlar nomidan tashviqot va targ`ibot ishlarini olib bordilar. Turkiston jadidlari ham o`lkadagi boshqa taraqqiyparvarlar qatori o`zlarining dastlabki faoliyatlarini ma`rifatparvarlikdan boshlagan edilar. Vatanni ozodlikka, milliy mustaqillikka yetaklashdek muqaddas g`oya eng ilg`or qarashli jadid ziyolilarning fikrida bo`lgani holda, mavjud sharoitda uni amalga oshirish mushkul edi. Unga faqat tinimsiz ma`rifiy-siyosiy faoliyat orqaligina erishish mumkin edi. Jadidlar yurt istiqlolini va taraqqiyotini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk mutaxacsislarsiz tasavvur eta olmaganlar. Shu maqsad yo`lida o`tgan asr oxirlarida jadidlar butun Turkistonda yangi usul maktablari ochish zarurligini angladilar va ularni tashkil etish uchun harakat boshladilar.


Yüklə 75,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə