Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

1. 1-jadval 
Innovatsion jarayonlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
12 
Omillar guruhi 
Faoliyatga to‘sqinlik qiluvchi omillar 
Faoliyatga xizmat qiluvchi 
omillar 
Iqtisodiy texnologik 
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 
mablag‗lar yetishmasligi; moddiy va ilmiy-texnik 
bazaning 
kuchsizligi 
va 
eskirib 
qolgan 
texnologiyalar; zaxira quvvatlari yo‗qligi; joriy 
ishlab chiqarish manfaatlari ustunlik qilishi 
Moliyaviy, moddiy-texnik vositalar 
zaxiralari,ilg‗or 
texnologiyalar, 
zarur xo‗jalik va ilmiy-texnik 
infratuzilma 
mavjudligi; 
Innovatsion faoliyat uchun moddiy 
rag‗batlantirish 
Siyosiy huquqiy 
Monopoliyaga qarshi soliq, amartizatsiya, patent-
litsenziya qonunchiligi tomonidan cheklovlar 
Innovatsion faoliyatni qo‗llab- 
quvvatlaydigan 
qonunchilik 
choralari
Tashkiliy- boshqaruv 
Barqaror 
tashkiliy 
strukturalar; 
ortiqcha 
markazlashtirish; avtoritar boshqaruv uslubi; 
vertikal axborot oqimlari ustunligi; mahkamalar 
yopiqligi; tarmoqlararo va tashkilotlararo aloqalar 
qiyinligi; 
rejalashtirishda 
qat‘iylik; mavjud 
bozorlarga yo‗nalganlik; qisqa muddatli o‗zini 
oqlashga yo‗nalganlik; Innovatsion jarayon 
qatnashchilari 
manfatlarini 
muvofiqlashtirish 
qiyinligi 
Tashkiliy 
strukturalar 
moslashlashuvchanligi; 
demokaratik 
boshqaruv 
uslubi; 
gorizatal axborot oqimi ustunligi; 
o‗zini-o‗zi rejalashtirish; tuzatish 
kiritishga 
yo‗l 
qo‗yish; 
nomarkazlashtirish; mustaqillik 
Ijtimoiy-psixologik 
madaniy 
Maqomning o‗zgarishi, yangi ish izlash zarurati 
kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‗lgan 
o‗zgarishlarga 
qarashilik; 
mavjud 
faoliyat 
usullarini qayta qurish; xulq-atvor stereotiplarning
 
buzilishi; an‘analar shakllanishi; noaniqlikdan 
qo‗rqish; muvaffaqiyatsizlik uchun jazolanishdan 
qo‗rqish; tashqaridan keladigan yangiliklarga 
qarshilik ko‗rsatish. 
Ma‘naviy 
rag‗batlantirish; 
jamiyatda tan olish; shaxsiy kamol 
toppish imkoniyatlarini ta‘minlash; 
ijodiy mehnatni ozod etish; mehnat 
jamoasida 
normal 
psixologik 
muhit. 
Innovatsion faoliyat omillari to‗plami tarkibida Innovatsion jarayonlarni 
sekinlatadigan omillar ham amal qiladi. Ular ―Innovatsion to‗siqlar‖ deb ataladi. 
Ularni tahlil qilish beshta salbiy omilni ta‘sir ko‗rsatishga imkon beradi. 
1.
Texnik omillar; 
12
Круглов М.Г.. Инновационный проект управления качеством и эффективностью: Учебное пособие. -M.: 
―Дело‖ АНХ, 2010. -336 стр. 


20 
2.
Tasniflash omillari; 
3.
Ijtimoiy asoslangan omillar; 
4.
Tartibga solish omillari; 
5.
Iqtisodiy omillar. 
Tabiiyki, har qanday Innovatsion jarayonfa ijobiy va salbiy omillar butun 
tizimi ta‘sir ko‗rsatadi. Ularning ta‘siri baholash hamda eng katta muvaffaqiyatga 
erishish va uchrashi mumkin bo‗lgan riskni pasaytirish uchun sharoitlar tanlash- 
har qanday pog‗onadagi boshqaruv organlarinig vazifasi, davlat, mintaqa, 
firmaning Innovatsion siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirishning ajralmas 
bir tarkibiy qismidir. 
Hozirgi paytda ―innovatsion strategiya‖ tushunchasining ko‗plab ta‘riflari 
mavjud bo‗lib, bunda texnologiyalarda ham, kompaniyani rivojlantirish umumiy 
strategiyasiga 
muvofiq 
texnologiyalarni 
boshqarishda 
ham 
kiritiladigan 
yangiliklarni tanlash va amalga oshirish tizimini shakllantiruvchi va belgilab 
beruvchi qoidalar va me‘yorlar to‗plami tushuniladi. Innovatsion strategiyaning 
eng muhim vazifasi- Innovatsion jarayon qatnashchilarining manfaatlarini turli 
yo‗nalishdagi jarayonlar bilan maksimal darajada uyg‗unlashtirish hisoblanadi. 
Shuningdek, 
innovatsion strategiya 
deganda tashkilot 
maqsadlariga 
erishishning uzoq muddatli usulini, jumladan, turli muqobil variantlar o‗rtasida 
resurslar taqsimlash hamda ushbu tashkilotga ta‘sir ko‗rsatadigan ichki va tashqi 
omillar o‗zgarishida bu resurslarni qayta taqsimlash xarakterini ham tushunish 
mumkin. 
Innovatsion boshqarishning muqobil yo‗nalishlarida resurslar taqsimlash va 
qayta taqsimlash xarakterini qamrab oladagan, iqtisodiy tizim rivojlanishining 
maqsadli innovatsion darajasini amalga oshirish va erishish usuli sifatida 
tavsiflanishi mumkin.
Innovatsion boshqarish - boshqaruvning mazmun va sifat jihatidan ma‘lum bir 
darajasini hamda boshqaruv faoliyatining o‗ziga xos tavsifini anglatadi. Ya‘ni, bu 
o‗rinda an‘anaviy hisoblanib kelgan boshqaruv usul va vositalari, tamoyillari, 
ichki xususiyat va belgilari, mezonlari, shart - sharoitlari yoki muhiti tarkibiga 


21 
endilikda yangicha tavsif kasb etuvchi bilimlar, texnologiyalar, usul va vositalar, 
yondashuvlar kiritiladi. Ta‘kidlash muhimki, doimo ham innovatsion boshqaruv 
an‘anaviy boshqaruvni umuman inkor etadi yoki to‗liq almashtiradi, deb 
bo‗lmaydi. Bu o‗rinda innovatsion boshqaruv uning tizimidagi muayyan bir 
elementni sifat jihatidan o‗zgartirishdan tortib to butunlay yangi boshqaruv 
tizimini qo‗llashgacha bo‗lgan keng diapazonni namoyon etadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy 
qismi sifatida aholining ish bilan bandligini va farovonligini oshirish hamda 
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishning muhim vositasiga aylanib 
bormoqda. Shu boisdan ham Prezidentimiz I.A.Karimov ―Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning 
ishonchli tayanchi bo'lgan mulkdorlar sinfini, ya'ni o'rta sinfni shakllantirishdagi 
ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi‖, deb ta'kidlaydi. 
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 
sakkizinchi ―...kichik va o'rta biznesga, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalariga 
yanada erkinlik va imtiyozlar berish, ular uchun barcha zarur imkoniyatlarini 
yaratish va rag'batlantirish, bir so'z bilan aytganda, bu tarmoqlarni ularning qo'l-
oyog'ini bog'lab turgan zanjir va arqonlardan xalos etish – bu masalalar ustida 
qonunchilik sohasi va amaliyotimizda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va 
chuqurlashtirish lozimligi hammamizga ayon bo'lishi kerak‖
13
deya bejiz 
ta'kidlamagan. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida, erkin tadbirkorlik faoliyati 
uchun etarli shart-sharoitni ta'minlab bergan yurtgina iqtisodiy jihatdan taraqqiy 
topadi va rivojlanadi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyatini qo'llab-quvvatlash, 
ularga etarli shart-sharoitlar yaratib berish, tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishga 
qaratilgan mustahkam huquqiy bazani yaratish jiddiy e'tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimizda 
13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va 
xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir‖ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan ma‘ruzasi, ―Xalq so‘zi‖ 17-yanvar 2015-yil. 


22 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish Kontseptsiyasidagi ustuvorliklarni hamda ―Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik yili‖ Davlat dasturini amalga oshirish sifat jihatidan yangi iqtisodiy 
huquqiy sharoitlarni hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyati 
uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Shuni ishonch bilan ta'kidlash 
lozimki, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, bu soha faoliyatini 
rag'batlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyati 
subyektlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishning mustahkam 
huquqiy 
asoslari 
yaratilgan. 
Jumladan, 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 36-moddasida ―Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli ... meros 
huquqi qonun bilan kafolatlanadi‖ deb yozib qo'yilgan. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik tizimi faoliyati xususiy mulk bilan bog'liq bo'lib, mulkka egalik qilish 
(mulkdor huquqining mulk egasi qo'lida saqlanib turishi), undan foydalanish (mulk 
bo'lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo'llab, xo'jalik jarayoniga kiritib, undan 
natija olish), uni tasarruf etish (mulk bo'lgan boylik taqdirini mustaqil hal etish) 
qonun bilan kafolatlangan. Respublikamiz Konstitutsiyasida O'zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil mulk shakllari tashkil etishi belgilab qo'yilgan. 
Tadbirkorlik ham iqtisodiy faoliyat turi sifatida tahlil qilinib, 53-moddada 
quyidagicha bayon etilgan: ―Davlat iste'molchining huquqi ustunligini hisobga 
olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk 
shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi‖ deb belgilangan
14

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalarida ham kichik 
biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni tartibga solish 
va kafolatlanishi mustahkamlangan. Jumladan, kodeksning 164-moddasida, mulk 
huquqi shaxsning o'ziga qarashli mol-mulkiga o'z xohishi bilan va o'z 
manfaatlarini ko'zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, 
shuningdek, o'zining mulk huquqini, kim tomonidan bo'lmasin har qanday buzishni 
bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratligi qayd etilgan. Umuman olganda, 
14
―O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ Toshkent, ―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2014 yil 


23 
Fuqarolik kodeksining normalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning 
uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda 
tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlaming mavjudligi, ya‘ni 
korxonalarni ro'yxatdan o'tish jarayonining qisqa va oddiy bo'lishi; tadbirkorlikni 
davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligi ni takomillashtirish; 
O'zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan 
iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko'maklashish 
hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli va hisob-kitobini 
soddalashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan 
bog'liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining 
faoliyati quyidagi qonunlar bilan ham kafolatlangan: ―Mulkchilik to'g'risida‖, 
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risida‖, ―Xo'jalik yurituvchi 
subyektlarini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida‖, ―Oilaviy tadbirkorlik 
to'g'risida‖, ―Korxonalar to'g'risida‖, ―Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to'g'risida‖, ―Banklar va bank faoliyati to'g'risida‖, ―Chet el 
investitsiyalari to'g'risida‖, ―Tashqi iqtisodiy faoliyati to'g'risida‖ va shu kabi 
boshqa qonunlarda. Prezidentimizning ―Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy 
himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida‖, 
―Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini 
takomillashtirish chora-tabirlari to'g'risida‖, ―Tadbirkorlik subyektlarining xo'jalik 
sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarlikni erkinlashtirish 
to'g'risida‖gi Farmonlari hamda bu borada qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyatini 
tashkil etish uchun ro'yxatdan o'tkazish tartiblari tizimini tubdan takomillashtirish 
to'g'risida‖gi, ―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatiga olish va hisobga 
qo'yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to'g'risida‖gi va shu kabi boshqa 
qarorlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyati subyektlariga 


24 
imtiyozlar berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi ―Tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi qonunning 8-
moddasiga binoan tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli: 
-
qonun hujjatlariga muvofiq o‗ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish va uni tasarruf etish; 
-
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib 
beruvchilarni va o‗z mahsulotlarini (ishlari, xizmatlarining) iste‘molchilarini 
tanlash; 
-
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‗z 
ixtiyoriga ko‗ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni 
egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno; 
-
o‗z mahsulotni (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor 
konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar 
bo‗yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno; 
-
binolar, inshoatlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga 
olishga, shu jumladan lizing yo‗li bilan
15

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‗lishi mumkin. Aynan shu qonunning 9-moddasiga binoan 
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari: 
-
o‗zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
-
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o‗z vaqtida hisob-kitob qilishlari;
-
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish 
talablariga rioya etishlari;
-
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq 
sertifikatlarga ega bo‗lishlari;
-
pochta manzili va boshqa rekvizitlari o‗zgarganligi to‗g‗risida tegishli 
davlat organlarini o‗z vaqtida xabardor qilishlari; 
-
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga 
15
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 25-may 2000-yil 


25 
muvofiq yuritishlari; 
-
o‘z faoliyatlari to‗g‗risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan 
tartibda va muddatlarda
taqdim etishlari shart. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 15-may 2015-yildagi PF-4725-sonli 
―Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni 
ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-
tadbirlari to`g`risida‖gi Farmoniga muvofiq

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə