Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI


II BOB. O’ZBEKISTONDA INNOVATSION TADBIRKOLIKNI



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

II BOB. O’ZBEKISTONDA INNOVATSION TADBIRKOLIKNI 
BOSHQARISHNING AMALDAGI HOLATI TAXLILI....... 
37 
2.1. O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni shakllanishi va 
rivojlanish bosqichlari................................................................... 
37 
2.2. Tadbirkorlikni iqtisodiy faolligini oshirishda ishbilarmonlik 
muhitini o‘rni.................................................................................. 
45 
2.3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsion va tashqi 
iqtisodiy faolligini oshirish hamda boshqarish............................. 
62 
 
II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………. 
74 
III BOB. INNOVATSION TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSH-
QARISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI.. 
75 
3.1. Innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarishni 
takomillashtirish yo‘llari…............................................................. 
75 
3.2. 
Raqobatbardoshlik munosabatlarini shakllantirish-innovatsion 
tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy omili sifatida.................... 
87 
3.3. Innovatsion 
tadbirkorlikning 
rivojlanishi 
va 
boshqarish 
samaradorligi istiqbollarini bashoratlash.......…………................. 
99 
 
III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………. 
107 
XULOSA VA TAKLIFLAR
………………............................
 
108 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
…………
 
112 
ILOVALAR
...................................................................................
 



KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. 
Yevropa va 
Markaziy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishiga 
qaramasdan O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot sari ildam qadam tashlab 
kelmoqda. 
Iqtisodiy taraqqiyotga erishishning yangi sifat bosqichiga o‘tish yuzasidan 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha belgilangan 
ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirilib borishi natijasida mamlakatimiz Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimov iborasi bilan aytganda «... islohotlar natijasida yalpi ichki 
mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 
foizdan bugungi kunda 56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida 
ta‘kidlashni istardim. Hozirgi paytda ushbu sohada jami sanoat mahsulotlarining 
uchdan bir qismi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 foizi ishlab chiqarilmoqda. 
Ish bilan band jami aholimizning 77 foizdan ortig‘i – shunga e‘tibor bering – 
mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani, o‘z peshona teri bilan nafaqat o‘z oilasini 
boqayotgani, balki mamlakatimiz boyligiga boylik qo‘shayotgani, avvalo, 
mustaqillik bizga ochib bergan imkoniyatlarning yaqqol isboti, desam, ayni 
haqiqatni aytgan bo‘laman»
1

Shunday ekan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoev ta‘kidlab o‘tganlaridek, ―Bu - xususiy mulk va tadbirkor-likni 
yanada rivojlantirish va ularning ta‘sirchan himoyasini ta‘minlashdir‖
2

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov mamlakatimiz 
taraqqiyotini kuchaytirish va xalqimiz farovonligini yanada oshirish borasida 
erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib: ―Ohirgi yillarda va o‘tgan yili
mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo‘lga kiritilgan natijalar 
Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot va boshqa nufuzli 
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir −T.:NMIU O‘zbekiston nashriyoti, 2016.− 4 bet. 
2
Sh.Mirziyoev Tanqidiy taxlil, qat‘iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‘lishi kerak. T.: NMIU 39-bet. 



xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda‖
3
deb ta‘kidlagan 
so‘zlari respublikada bozorni o‘rganish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
yo‘lga qo‘yish, xodimlarni rag‘batlantirish borasidagi harakatlar bilan bevosita 
bog‘liqdir. Ayniqsa, aholining ish bilan bandligi sohasidagi o‘zgarishlarda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kapital taqchilligi sharoitida ko‘p mablag‘ 
talab etmaydigan xo‘jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori suratlarini 
ta‘minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar 
cheklanganligi sharoitida iste‘mol bozorini shakllantirish va uni to‘ldirish 
muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste‘mol 
talabining o‘zgarishiga darhol moslashadi va shu yo‘l bilan iste‘mol bozoridagi 
zaruriy muvozanatni ta‘minlaydi. Kichik biznes yangi ish o‘rinlarini yaratishi bilan 
ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o‘ynaydi.
Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd 
etish joiz. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining ijtimoiy-
iqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar 
ko‘lamiga qaramasdan bu sohada hali yechimini kutayotgan muammolar ham bor.
Respublikamizda, shu jumladan, hududlarda innovatsion tadbirkorlik-ni 
rivojlantirish jarayoni, xususiyatlari va yo‘nalishlari majmuini ishlab chiqish, 
iqtisodiy faoliyati samaradorligini baholash, iqtisodiy rivojlanish strategiyalari-
ning ilmiy-uslubiy va amaliy asoslarini ishlab chiqish lozim bo‘lib, u mavzuning 
dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə