Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI


ETISHNING NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

ETISHNING NAZARIY ASOSLARI. 
1.1.
 
Tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va 
boshqarishning mazmuni va mohiyati. 
Mamlakatimizda islohatlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik tizimi faoliyatini rivojlantirish korxonalar faoliyati samaradorligini 
oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan 
tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste

moli tovarlari ishlab 
chiqarish, xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning asosiy 
vazifalaridan biri hisolanadi. 
O

zbekiston Respublikasida ―Tadbirkorlik to‘g‘risida‖gi qonunning 5-
moddasiga binoan kichik biznesning quyidagi turlari mavjud: 
-
yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
-
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‗lgan xodimlarining o‗rtacha yillik 
soni ko‗pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‗rsatish sohasidagi va boshqa noishlab 
chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‗lgan xodimlarining o‗rtacha yillik soni ko‗pi 
bilan o‗n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish 
tarmoqlaridagi, band bo‗lgan xodimlarining o‗rtacha yillik soni ko‗pi bilan besh 
kishi bo‗lgan mikrofirmalar; quyidagi tarmoqlardagi:
-
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik
yog‗ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‗lgan 
xodimlarining o‗rtacha yillik soni ko‗pi bilan yuz kishi;
-
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‗i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa 
sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‗lgan xodimlarining o‗rtacha yillik 
soni ko‗pi bilan ellik kishi;
-
fan, ilmiy xizmat ko‗rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‗rsatish sohalari 
(sug‗urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa 
noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‗lgan xodimlarining o‗rtacha yillik soni 


10 
ko‗pi bilan yigirma besh kishi bo‗lgan kichik korxonalar
5
.
XX asrning oxiri, yangi ming yillikka o‗tish davri jamiyat davriy 
rivojlanishining bir bosqichidan boshqa, yanada ilg‗or bosqichga o‗tish bilan mos 
keladi. Asrlar yuz ko‗rishgan davrda ro‗y bergan industrial jamiyatdagi umumiy 
inqiroz sivilizatsiyaning barcha pog‗onalarini; ehtiyojlar, qobiliyatlar, bilim va 
ko‗nikmalar ma‘lum bir darajasiga ega bo‗lgan insonni; ishlab chiqarishning 
texnologik usulini, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini; mulkchilik, taqsimot, 
ayirboshlash, olami; fan, ta‘lim,madaniyat, mafkura, jumladan, dinni qamrab oldi. 
Jamiyatning rivojlanishi bilan fan o‗sish tendensiyasi va o‗ziga xos qonunlariga, 
ish usullari, texnika va texnologiyalariga, mehnatni tashkil qilish tizimi va 
tamoyillariga, maxsus tayyorlangan kadrlarga ega bo‗lgan inson faoliyatining 
mustaqil bir sohasiga aylanadi. Bu boshqa ko‗pchilik sohalardan farqli ravishda, 
o‗sish chegarasini bilmaydigan. Doimiy ravishda rivojlanib boradigan sohadir. 
Ilmiy-texnik va Innovatsion faoliyatni kuchaytirish, yuqori texnalogiyali va ko‗p 
ilm talab qiladigan ishlab chiqarishlarini rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotni 
tarkibiy qayta qurish, yuqori texnalogiyali ukladga o‗tish O‗zbekistonning jahon 
iqtisodiyotiga teng huquqli hamkor sifatida kirib borishidan beradigan zarur 
shartlaridan biri hisoblanadi. Agarda intelektual faoliyat mahsuloti bozorda 
sotiladigan bo‗lsa, bu holda u yangiliklar toifasidan innovatsiyalar toifasiga o‗tadi.
6
Yangilik kiritish (novshestvo)bu biror-bir faoliyat sohasida uning 
samaradorligini oshirish bo‗yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning 
rasmiylashtirilgan natijadir. 
Yangilik kiritish- fan va texnika yutuqlaridan bozorda amaliy foydalanish 
bo‗yicha faoliyatning oraliq yakunigina xolos. Yangilik kiritish intellektual 
mahsulotning quyidagi turlaridan biri sifatida qayd etilishi va rasmiylashtilishi 
mumkun; ixtiro tushuncha, ilmiy yondashuv, yangi tamoyil, standart, tavsiya, 
uslubiyat, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (texnologiya, boshqaruv yoki 
ishlab chiqarish jarayoni, tashkiliy, ishlab chiqarish yoki boshqa struktura) 
5
―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 25-may 2000-yil
6
Иванко A.Г. Инновационный менеджмент: Учебное пособие. - M.: КНОРУС, 2009.- 416 стр. 


11 
hujjatlari, patent, ratsionalizatorlik takliflari, kashfiyotlar, ―nou-xau‖, marketing 
tadqiqotlari natijalari va hokozo yangilik kiritish atamasining sinonimi hisoblangan 
novatsiya tushunchasi ilgari mavjud bo‗lmagan bironta yangilikni ifodalaydi. 
Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilingandan so‗ng bozorda 
iste‘mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy ijtimoiy 
yoki boshqa turdagi samara olinadi, u yangi toifaga-innovatsiyalarga aylanadi. 
Adabiyotlarda ―innovatsiya‖ atamasiga berilgan ko‗plab ta‘riflarni topish mumkin. 
Biroq, tadqiqotchilarning ushbu iqtisodiy toifaga alohida e‘tibor ko‗rsatishlariga 
qaramay, ilmiy g‗oya haligacha ―innovatsiyalar‖ tushunchasining ham nazariya, 
ham amaliyot talablariga javob beradigan shuningdek, ularni amalga oshirishning 
muayyan subyekti-davlat mintaqa, tarmoq va korxona nuqtai nazaridan to‗g‗ri 
bo‗ladigan universal tarifini ishlab chiqmagan. ―innovatsiyalar‖ atamasini yangi 
iqtisoiy toifa sifatida fanga avstriyalik (keyinchalik amerikalik) olim Yozef 
Shumpeter tomonidan XX asrning birinchi o‗n yilligida kiritilgan. Y.Shumpeter 
rivojlanishdagi besh xil o‗zgarishni ajratib ko‗rsatdi:

O‗zining ―iqtisodiy rivojlanish nazariyasi‖ nomli asarida. Y. Shumpeter ilk 
bora rivojlanishda o‗zgarishlarning yangi kombinatsiyalari masalalarini (ya‘ni 
innovatsiya masalalarini) ko‗rib chiqdi va Innovatsion jarayonga to‗liq tavsif berdi.
1. Yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor 
ta‘minotidan foydalanish; 
2. Yangi xususiyatlarga ega bo‗lgan mahsulot joriy qilish. 
3. Yangi xomashyodan foydalanish. 
4. Ishlab chiqarishni tshkil qilish va uning moddiy-texnik ta‘minotida o‗zgarishlar. 
5. Yangi sotuv bozorlarining paydo bo‗lishi. 
U iqtisodiyotda novator-tadbirkor markaziy figuraga aylanishini isbotlab 
berdi. Y.Shumpeterga ko‗ra innovatsiya bu istemol tovarlarining yangi turlari, 
yangi ishlab chiqarish va transport vositalari yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va 
transport vositalari, yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shakllarini joriy qilish 
7
Шумпетер И. Теория экономического развития. – M.: Прогресс, 2002, 75-стр. 


12 
va foydalanish maqsadidagi o‗zgarishlardir.

Xalqaro standartlarga muvofiq ―innovatsiya‖ atamasi mustaqil iqtisodiy toifa 
hisoblanadi. U ―Fraskati dasturi‖ va ―Oslo dasturi‖ nomi bilian mashhur bo‗lgan 
hujjatlarda o‗z aksini topgan. Bu hujjatlarda qabul qilingan ―innovatsiya‖ 
tushunchasiga boshqaruv sohasidagi ko‗pchilik nazariyachi va amaliyotchilar amal 
qiladi. O‗zbekistonda innovatsiyalar bo‗yicha me‘yoriy-huquqiy bazani yaratishda, 
innovatsion faoliyat bo‗yicha konsepsiya , dastur va boshqa strategik hujjatlar 
ishlab chiqishda ham, aynan u asos qilib olinishi zarurdir. 
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi faoliyati subyektlari 
xodimlarining o‗rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
aniqlanadi. Bunda unitar (sho‘ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda 
ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‗p tarmoqli) yuridik va 
jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‗p bo‗lgan faoliyat turi 
mezonlari bo‗yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng 
oddiy shakli bo

lib, yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish 
bilan shug

ullanadi. 
Bozor iqtisodiyoti turli mulkchilik shakllariga, tadbirkorlik erkinligiga, 
shaxsiy manfaatning asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligiga, raqobatga, erkin 
baho tizimiga va iqtisodiyotga davlat aralashuvining cheklanganligiga asoslangan 
iqtisodiy tizimdir. Ushbu tamoyillardan biri bo‘lgan tadbirkorlik iqtisodiy 
subyektlarning o‘z faoliyatlarini tashkil etish va yuritish erkinligini ifodalaydi. 
Ular erkin bozorda iqtisodiy jihatdan samaradorlikga erishishni ta‘minlaydigan 
qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
 
Tadbirkorlik biznesning bir turi bo‘lib, foyda olish maqsadidagi kapital va 
boshqa iqtisodiy resurslardan foydalanishga asoslangan tovar ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. 
Bunda tadbirkor foyda olish maqsadida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
8
Шумпетер И. Теория экономического развития. – M.: Прогресс, 2002, 56-стр. 


13 
uchun cheklangan resurslar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga 
asoslanib faoliyat yuritadi.
 
Biznes quyidagilarni o‘z ichiga oladi: iste‘molchi biznesi, tadbirkorlik, 
boylikdan boylik undirish biznesi va yaratuvchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan kasb-
korlik biznesi.
 
Tadbirkorlik yaratuvchilik, ya‘ni tovar va xizmat ishlab chiqarish faoliyati 
bilan bo‘liq bo‘lgani uchun o‘zining yoki o‘zgalarning moddiy va pul 
mablag‘larini, ya‘ni kapitalini amalda ishga soluvchi hisoblanadi.
 
Iste‘mol biznesida hamma fuqorolar, shu jumladan, tadbirkorlar ham 
ishtirok etadilar. Bundan ko‘zlangan maqsad iste‘molchi ehtiyojini bozor orqali 
qodirish hisoblanadi. Har bir iste‘molchi kam harajat qilib ko‘proq naf keltiruvchi 
tovar va xizmatlarni xarid qilishga, shu orqali o‘z talab-ehtiyojini qondirishga 
intiladi. Buning uchun iste‘molchilar sotuvchilar bilan o‘zaro raqobatga 
kirishadilar.
 
O

zbekiston Respublikasi 

Xususiy tadbirkorlik to

g

risida

gi Nizomda: 
xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o

z tavakkalchiliklari va 
mulkiy javobgarligi ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi 
qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo

jalik faoliyatidir. 
Xususiy tadbirkorlik – xo‘jalik yuritishning shunday huquqiy shakliki, unda 
mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo‘ladi va faoliyatdan kelgan daromadni (turli 
soliq va to‘lovlar to‘langanidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa 
biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun yakka o‘zi javob beradi. 
Tadbirkorlikning ushbu shakli chakana savdoda, umumiy ovqatlanish va maslahat 
sohasidagi biznesda, maishiy xizmatda, fermerlikda, tibbiyot amaliyotida va 
hunarmandchilikda ko‘proq uchraydi. Xususiy tadbirkorlik shakllari, yuridik shaxs 
tashkil qilmasdan; mustaqil ravishda, ishchilarni yo‘llash huquqisiz; tadbirkorlikga 
tegishli mulk asosida yuritiladi. Xususiy tadbirkorlikning hozirgi kundagi 
ommoviy shaklidan biri xalq iste‘mol tovarlari importi va savdo bilan 
shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil qilmay eksport 

import 
operatsiyalarini, ulgurji va chakana savdoni amalga oshiruvchilar sifatida 


14 
ro‘yxatdan o‘tadilar. 
Xususiy tadbirkorlikning afzalliklari: birinchidan, xususiy tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanish uchun ruxsat olish xo‘jalik shirkatlariga nisbatan soddalashtirilgan, 
ya‘ni xususiy tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin, yuridik shaxs tashkil 
etmasdan faoliyat yuritishi mumkin. Bunda xususiy tadbirkorlik bankda hisob 
raqami ochishi va o‘z hamkorlari bilan naqt pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishi 
mumkin. Ikkinchidan, soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari, to‘la mustaqillik harakatdagi erkinlik va tezkorlik, barcha foyda 
farqi mulkning yolg‘iz egasiga kelib tushadi va u ko‘proq ishlashga 
raqobatlantiradi. 
Xususiy 
tadbirkorlikning 
kamchiliklari: 
kreditlash 
imkoniyatlarining 
cheklanganligi, zaif moliyaviy poydevorga egaligi, barcha xo‘jalik faoliyati uchun 
o‘zining bor mulki bilan javobgarligi; faoliyatni kengaytirish imkoniyatlarining 
cheklanganligi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish niyatida ishbilarmonlar mol-
mulki, kasb yoki kapitallarini qo‘shib birlashadi. 
Ko'pgina rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes iqtisodiyotining asosini 
tashkil etib, yalpi ichki mahsulot va aholining ish bilan bandligi darajasini 
oshirishda asosiy rol o'ynaydi. Bu davlatlarda kichik biznes asosan mehnat sig'imi 
ko'p talab etiladigan tarmoqlarda jadal rivojlanib, u ijtimoiy mehnatni tashkil 
qilishning ulkan sohasi, davlat va mahalliy byudjetlarga moliyaviy tushumlarning 
muhim manbasi hisoblanadi. 
Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari 
maqomini belgilovchi mezonlarning umumiy soni 50 dan ham ko'proqdir. Lekin 
amaliyotda korxonaning kichik biznesga taalluqliligi quyidagi umumiy mezonlar 
asosida aniqlanadi: 
-
personal soni; 
-
ustav kapitalining miqdori; 
-
aylanma kapital hajmi (foyda, daromad); 
-
aktivlar miqdori 
O'zbekistonda amaldagi qonunchilikka ko'ra, quyidagilar kichik tadbirkorlik 


15 
subyektlari hisoblanadi: 
-
xususiy tadbirkorlik; 
-
mikrofirmalar odam soniga qarab belgilanadi: 
-
ishlab chiqarish sohalarida ish bilan bandlar - ko'pi bilan 20 kishi; 
-
xizmat ko'rsatish sohasi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida - ko'pi 
bilan 10 kishi; 
-
chakana savdo va umumiy ovqatlanishda - ko'pi bilan 6 kishi. 
Xodimlarning yillik o'rtacha soni tarmoqlar bo

yicha quyidagicha bo'lgan 
xo'jalik yurituvchi subyektlar kichik korxonalar toifasiga kiritiladi: 
-
yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog'ochga ishlov berish, mebel, qurilish materiallari sanoatida - ko'pi bilan 100 
kishi; 
-
mashinasozlik, metallurgiya, yonilg'i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo'jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash hamda boshqa sanoat ishlab 
chiqarish sohalarida - ko'pi bilan 50 kishi; 
-
fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari 
(sug'urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va boshqa noishlab chiqarish 
sohalarida - ko'pi bilan 25 kishi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimi haqida bir nechta olimlar so‘z 
yugurtib o‘tishgan. Ularning har bittasi o‘zgacha tariflar berib izoh berishgan. 
Ularning bir nechtasini aytib o‘tamiz. 
Ingliz professori A.Xoskin ―Ishni o'z hisobidan olib boruvchi, biznesni 
boshqarish bilan shaxsan shug'ullanuvchi va kerakli vositalar bilan taminlanish 
uchun shaxsiy javobgarlikka ega, qaromi mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka 
tartibdagi tadbirkor bo'ladi, - deb izohlaydi
9

Mashhur amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeter (1883-1950) o'zining ―Iqtisodiy 
rivojlanish nazariyasi‖ 8 kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi 
odam) deb ta‘riflagan. Olim tadbirkorlik faoliyatini kapitalistik iqtisodiyotning 
9
Boltabayev М., Qosimova М., va boshqalar ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik‖ ―Iqtisodiyot‖ nashriyoti, 
TDIU, darslik, Toshkent , 2011-yil, 11-62 b. 


16 
rivojlanishida, iqtisodiy o'sishni ta‘minlashda katta rol o'ynaydigan yangiliklarni 
joriy etishdan iborat, deb biladi: ―Vazifasi yangi kombinauiyalarni joriy etishdan 
iborat bo'lgan xo'jalik subyektlarini biz tadbirkor deb ataymiz‖ Ushbu muammoga 
iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan (1974)
ingliz iqtisodchisi 
Fridrix Fon Xayn (1899-1984) boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik 
faoliyat bo'lmasdan, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish, xatti-
harakatlarni ta‘minlashdir. Olim tadbirkor likni faoliyat emas, deb talqin etadi
10

A.Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi raqobat mexanizmi 
bilan tanishtiradi. O'z manfaatini ko'zlab yurgan har bir kishi bozorda shu maqsad 
bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat qiluvchi 
sub‘ekt raqobatchi taklif etgan narxlarga rozi bo'ladi. Bunday raqobatda o'xshash 
tovarlarga me‘yordan ortiqcha narx qo'ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni yo'qotishi 
hech gap emas. A.Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xohlagan 
va kerakli miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, A.Smit 
bozorning qudratli kuch ekanligini, u jamiyatni zarur tovariar bilan doimo 
ta‘minlashi va bu tizim o'z-o'zini muvofiqlashtirishini ko'rsatib berdi. Uning 
fikricha, o'z-o'ziga qo'yib berilgan bozor tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor 
xalqning boyligi ortaveradi. 
―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bo‗yicha respublikamiz va MDH 
mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko‗plab darslik va o‗quv 
qo'llanmalar chop etilgan. Jumladan, A.Abdullaev, A.Sotvoldiev va boshqa 
mualliflar tomonidan 2004-yilda ―Kichik va o‗rta biznes: tashkil etish, 
rejalashtirish, boshqarish‖ nomli o‗quv qo‗llanmasi nashr etilgan. Unda kichik va 
o‗rta biznesni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalari atroflicha 
yoritilgan. Bundan tashqari, qo‘llanmada bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‗ullanishni maqsad qilib qo‗ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish 
bilan bog'liq atamalar izohi berilgan. 
Taniqli olimlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, tadbirkorning 
o'z faoliyati sohasida olib boradigan ishlari ko'p qirralidir. Bu bozor siyosatining 
10
X.Sultanova ―Kichik biznes va tadbirkorlik nazariyasini rovjlantirish‖ ―Iqtisodiyot va ta‘lim‖ jurnali, 3/2014, 82 b. 


17 
o'zgarishi bilan yoki korxonaning ichki va tashqi omillari ta‘sirida aniqlanadi. 
Lekin tadbirkorning asosiy maqsadi manfaat (foyda) ko'rish bilan bir qatorda, 
bozorda samarali faoliyat yuritishni ta‘minlaydigan ishlami amalga oshirishdir. 
Buning uchun tadbirkorlikni boshqarish va unga ko'mak beruvchi zamonaviy 
menejment usullariga asoslangan mexanizmni yaratish va undan unumli 
foydalanishni ta‘minlash zarurdir. Bozor sharoitida tadbirkorlikni boshqarishda 
uning quyidagi xususiyatlarini e‘tiborga olish kerak: 
- tadbirkor har doim bozordagi talab va taklifni e‘tiborga olib ish ko'radi; 
- tadbirkor samaradorlikni ta‘minlovchi sa‘y-harakatlar qilib, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish yo'llarini qidiradi; 
- biznesning pirovard natijalariga javob beradigan shaxslar, o'z bizneslarini 
erkin shart-sharoitlarda olib borishiga yetarli imkoniyatlar yaratadilar; 
- kichik korxonaning pirovard natijalari, ya‘ni uning oladigan foyda yoki 
zarari faqat bozordagi oldi-sotdi jarayonida ma‘lum bo'ladi; 
- kichik biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkor o'z mablag'larini harakatga 
solib, bozorda qanday xavf-xatarga duch kelishi yoki yakuniy natija qanday 
bo'lishini aniq bilmaydi. 
Shunday qilib, tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo'lib, uning 
zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g'oyasiga asoslangan, foyda 
olishga yo'naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyat yotadi. 
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo'lib, uning boshlang'ich 
bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog'langan bo'ladi, 
faqat u keyin moddiy shaklni oladi. Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab 
chiqarish faoliyatini o'zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) 
tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta‘riflanadi. Tadbirkorlik 
faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimida ishlab chiqarishni 
tashkil etishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tatbiq etishda o'z 
ifodasini topadi. 


18 

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə