Udk: 330. 341 Usmanov abbos adxam o’G’LI



Yüklə 5,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix30.12.2023
ölçüsü5,21 Kb.
#167207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
tadbirkorlikda innovatsion faollikni tashkil etish va boshqarish (3)

1.2.
 
O’zbekistonda tadbirkorlik tizimini boshqarishning huquqiy 
asoslari. 
 
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur huquqiy muhitni yaratish yagona 
kontseptsiya asosidagi qonunchilik va me'yoriy bazani yaratish va doimo 
takomillashtirib borish tizimining mavjudligini taqozo etadi. Bunday tizim 
quyidagilarni nazarda tutadi: 
-
qonunchilikda xususiy biznesning erkinligi, himoyasi va qo'llab- 
quvvatlanishini ta'minlaydigan aniq huquqiy kafolatlarni belgilash; 
-
mavjud me'yoriy-huquqiy bazani yangi qonunlarga muvofiqlashtirish; 
-
xususiy mulkni hech kim olib qo'ya olmaydigan huquqini konstitutsiya 
orqali mustahkamlash; 
-
xususiy korxonalarning mustaqil ravishda xo'jalik faoliyati yuritishini, 
xususiy mulk himoyasi va daxlsizligini kafolatlash; 
-
qonun hujjatlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari, 
shuningdek, tadbirkorlarning manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlari 
orqali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish; 
-
hududiy, 
tarmoq, 
boshqarish 
va 
hukumat 
organlarining, 
jamoat 
tashkilotlarining o'zaro kelishib faoliyat ko'rsatishi va boshqalar. 
O'zbekiston 
Respublikasining 
Fuqarolik 
kodeksining 
1-moddasida: 
―Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar 
ishtirokchilarining tengligini e'tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning 
erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o'zboshimchalik bilan 
aralashishiga yo'l qo'yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to'sqinliksiz amalga 
oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini 
ta'minlash zarurligiga asoslanadi
11
. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik 
shaxslar o'z fuqarolik huquqlariga o'z erklariga muvofiq ega bo'ladilar va bu 
huquqlarini o'z manfaatlarini ko'zlab amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida 
o'z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo'lmagan har 
qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar. Tovarlar, xizmatlar va 
11
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Toshkent, ―Ozbekiston‖ nashriyoti, 2016-yil. 


19 
moliyaviy mablag'lar O'zbekiston Respublikasining butun hududida erkin 
harakatda bo'ladi‖, deya qayd etilgan. 
Tahlil maqsadlari va tasniflash belgilariga qarab, barcha omillar yig‗indisini 
quyidagilarga taqsimlash mumkin: tashqi va ichki omillar, asosiy va to‗ldiruvchi 
omillar, obyektiv va subyektiv omillar, bozor omillari va bozordan tashqari omillar 
va h.k. 

Yüklə 5,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə