Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi


Glossari Akkaunt (Аккаунт, Account)



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#165114
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish Tibbiyotni raqamlash tirish Diyora

Glossari
Akkaunt (Аккаунт, Account) – so’zma-so’z tarjimasi «qayd yozuvi» – Kompyuterda saqlaniladigan foydalanuvchi tavsifi. Odatda u foydalanuvchining tarmoqdagi nomi, haqiqiy nom, parol, foydalanuvchi huquqlari va uy katalogining nomi (agarda u bor bo‘lsa) dan tarkib topgan.
Aloqa tarmog’i (Сеть связи, Communication network) – biror tarmoqning faoliyatini ta‘minlovchi jami aloqa kanallari (simli, radio yoki optik), kanallarni hosil qiluvchi apparatura hamda aloqa markazlari va bog‘lamalari.
Amaliy dastur (Прикладная программа, Application program) – amaliy masalalarni yechishga yo‘naltirilgan dastur (matn muharriri, elektron jadval…).
Amaliy dasturlar paketi (Пакет прикладных программ, Applications package) – ma‘lum bir yo‘nalishdagi amaliy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan dasturlar jamlanmasi (elektron ma‘lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar, buxgalteriya ishlariga oid dasturlar…).
Amaliy dasturlashning interfeysi (Интерфейс прикладного программирования, API (application programming interface) – operatsion tizimning quyi bosqichdagi xizmatlarini bajarishda va so‘rovlarni hosil qilishda qo‘llaniladigan dastur qismlarining jamlanmasi. Masalan, fayllarni boshqaruvchi va ma‘lumotlarni tasvirlovchi dasturlar.
Animatsiya (Анимация, Animation) – Bir necha tasvir yoki kadrlarni ko‘rsatish orqali yaratiladigan harakat taqlidi. Televideniedagi multfilmlar animatsiyaning bir turidir.
Kompyuterlardagi animatsiya ko‘ptashuvchili taqdimotlarning eng asosiy tarkibiy qismlaridandir. Kompyuter monitorida ko‘rish mumkin bo‘lgan animatsiyalarni yaratish imkonini beruvchi ko‘plab dasturiy qo‘llanmalar mavjud. Animatsiya va video o‘rtasidagi farqqa e‘tibor bering. Видeo davom etuvchi harakatdan iborat bo‘lib, diskret kadrlarga bo‘lingan bo‘lsa, animatsiya mustaqil rasmlar bilan boshlanib, ularni davom etuvchi harakat tasavvurini yaratish uchun birlashtiradi.
Elektron matn (Электронная консультастия, Elektronic text) – Axborot tizimining xotirasiga yozilgan matn (hujjatlar, kitoblar, oynomalar, ma‘lumotnomalar va h.k.). elektron matnlar tizimlarda joylashgani sababli, o‘quvchilar (foydalanuvchilar) oldida yangi imkoniyatlar ochiladi. Matnning ixtiyoriy tahlilini bajarish, kerak bo‘lgan qatorlar, xatboshi, bo‘lim va h.k. larni topish mumkin.

Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə