Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#165114
  1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish Tibbiyotni raqamlash tirish Diyora


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI

1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-26-guruh talabasi
G'ofurjonova Diyoraning “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan
Tibbiyotda raqamlashtirish. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tibbiyotda qo'llanilishi”
mavzusidagi bajargan


MUSTAQIL ISHI


Qabul qildi: Sardor Fahriddinovich
Toshkent – 2023
MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………3
I BOB. Tibbiyotda raqamli texnologiyalar

    1. Tibbiyot informatikasining asoslari.

axborot haqida tushuncha. …………………………………….………..5

    1. Tibbiyotda axborot texnologiyalarining

o’rni………………………………….……….……...............................12

    1. Hududlarda raqamli tibbiyotni joriy etishning

muammolari va yechimlari..………………………………..…………..17
Xulosa……………………………………………………………….….21
Mavzu bo’yicha test topshiriqlari…………………………………….22
Glossari…………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………26


Kirish
Hozirgi vaqtda shifokorlar ish kunining yarmini faqat qogʻoz hujjatlarni toʻldirish bilan oʻtkazadi. Bu muammoga yechim raqamlashtirishdir. Shu bois sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tibbiyot muassasalari faoliyatiga elektron texnologiyalarni keng joriy etish jarayonlari aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sohani yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining 02.03.2020 yildagi 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-5953-son va 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5590-son Farmonida sog’liqni saqlash tizimidagi vazifalar ko’rsatib o’tildi[1,2].
Iqtisodiyotning barcha sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasini ham raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Texnik taraqqiyot va aloqa, ish oqimlari va jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, tobora ko'payib borayotgan ma'lumotlar hajmi va uning tarmoqlari diagnostika, terapiya va profilaktika uchun yangi imkoniyatlarni taklif etadi[3]. Sohani raqamlashtirishda muammo sifatida ma'lumotlarni himoya qilishini ko’rsatish mumkin Shifokorlarning tibbiyotda raqamlashtirishga foydalanuvchi va multiplikator sifatida qarashlari har qanday bunday yangiliklarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi[4]. sog'liqni saqlash raqamlashtirish jarayonida xodimlari tomonidan operatsion samaradorlik bemorga yo'naltirilgan yondashuvlar, tashkiliy omillar va boshqaruv omillari, ishchi kuchi amaliyoti kabi xizmat ko'rsatuvchi modelga birlashtirilgan[5]. Raqamli sog'liqni saqlash texnologiyalari samarali va xavfsiz bo'lishi, parvarish samaradorligini oshirishi, bemor va klinikalarning o'zaro munosabatini yaxshilashi va to’lov tizimlari tomonidan qo'llab-quvvatlanishi kerak[6].
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 17-martdagi "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga muvofiq "yagona elektron tibbiy karta"axborot tizimi joriy etilmoqda. Yagona elektron tibbiy karta 15 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, 11 ta ko'p tarmoqli birlashmalar va poytaxtning 62 ta poliklinikasi ulanishi kerak[7].


Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə