Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi


Tibbiyot informatikasining asoslari



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#165114
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish Tibbiyotni raqamlash tirish Diyora

Tibbiyot informatikasining asoslari.
Axborot haqida tushuncha

Kadrlar tayyorlash uzoq davom etadigan
jarayon bo‘lib, и har birimizdan,
takrorlayman, har birimizdan astoydil,
betinim, izchil mehnatni talab etadi.
Islom Karimov
T ibbiyotga axborot inqilobi 40-yillarda boshlandi. Ilk bor radiotelefonlarning, signalizatsiya vositalarining qo‘llanishi, tibbiy natijalarni statistik tahlil qilishda hisoblash tex-nologiyalaridan foydalanilgan. Bugungi kunda tibbiy informatika sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylangan va 4 ta asosiy yo‘nalishlarga tayanadi:

1. Biologik informatika.


2. Tasviriy informatika.
3. Klinik informatika.
4.Sog’liqni saqlash informatikasi.

Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o’zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg’or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: «tosh asr» – mehnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, «kitob chop etish asri» – axborotni tarqatishni yangi usulini o’zlashtirish bosqichi, «elektr asri» – quvvatning yangi turlarini o’zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 50–60 yillar ilgari «atom asri» boshlandi deyilgan bo’lsa, hozirgi kunda «EHM (elekrton hisoblash mashinasi) asri» deb aytiladi. Biz yangi «Informatika» fanining o’rgana boshlaymiz. «Informatika fani»ning kelib chiqishi uning uch tarkibiy qismi: algoritm, dastur va hisoblash vositalarini paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq.


Informatika axborotlarni EHM yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini o’rganadigan fandir.
Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan zamon talablari asosida oldimizga qo’yilayotgan vazifalar ishchi o’rinlarni avtomatlashtorish xizmatini yanada sifatli takomillashtirish, elektron ma‘lumotlar bazasini tashkil etish, ularning elektron resusrlar fondini tashkil etish, ularndan aholining keng va samarali foydalanishini tashkil etish kelugsida shu sohada faoliyati ko’rsatishi lozim bo’lgan biz yoshlardan mukammal nazariy va amaliy bilim olishni talab etmoqda. Elektron ma‘lumotlar bazasini samarali foydalanishni tashkil etishda tibbiyot muassasalarining faoliyatini reklama qiluvchi, elektron ma‘lumotlar bazasini foydalanish samarasini oshiriuvchi vosita ularning web sahifalaridir. Keyingi paytda mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida multimediyali, animatsiyali elektron ma‘lumotlar baza saytlarini zamon talablarini, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatishning sifat va samarasini oshirish uchun talablarni hisobga olgan holda yaratish musobaqasi boshlandi. Ularning ko’pchiligi qaysidir tomoni bilan ustun bo’lsa, boshqa tomoni bilan hali qayta ishlashni, o’zgartirishni talab etadi. Shuning uchun mamlakatimizda mavjud saytlarni tahlil qilishga, o’rganish bilanbirga, kelgusida yaratilishi lozim bo’lgan dasturlarni ishlatishning qulayligiga e‘tiborni qaratdik.
Mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida elektron hujjatlarni yaratish va saqlash masalalarini yoritish, shu mavzuga oid ma‘lumotlar bazasini shakllantirish hamda bu ma‘lumotlar bazasidan foydalanish siyosatini ishlab chiqish zamonaviy tibbiyot muassasalarining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Foydalanuvchilarga zamon talablariga mos ravishda tezskorlik bilan yetkazish hamda ularni elektron ko’rinishga o’tkazish vazifasi asosiy maqsadlarimizdan biridir. tibbiyot muassasalarilarining keyingi faoliyati davomida ushbu ma‘lumotlar bazasi elektron hujjatlarga doir ma‘lumotlar bilan to’ldirib boyitilib shakllangan ko’rinishga aylanib boraveradi.
Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, manipulyatsiya qilish va joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon beruvchi kirilmalar va dasturlar to’plamidir. Fan va texnikaning misli ko’rinmagan yutuqlariga ega hayotning o’zi axborotlarni yangicha, ilg‘or usulda tez yaratish, saqlash, uzatish va ularga ega bo’lishning qulay yo’llarini ko’rsatib bermoqda.
Zamonaviy tibbiyot muassasalarida axborot texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etilishi, elektron axborot olish usuli bosma axborot olish usulidan anchagina qulayligini isbotlab bermoqda. Axborot makoniga kirish, axborot olish usullari osonlashgani uchun ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bugungi kunda elektron ma‘lumotlar bazasidan ilmiy-texnik axborot muassasalari, ilmiy-ta‘lim jamoalari, nashriyot va jurnallarning tahririyatlari, internet tizimidan foydalanuvchi tashkilotlar, arxivlar, muzeylar va ilmiy izlanuvchilar keng.
Davlat ta‘lim standarti va namunaviy o’quv dasturi bo’yicha tuzilgan ishchi o’quv dasturidagi ayrim mavzularni misol sifatida keltiramiz:
Variatsion hisob va optimal boshqarish fanidan:

  • Boshqariluvchi obyektlar. Sodda obyekt uchun obyektni optimal boshqarish masalasini yechish.

  • Optimal boshqarishning sintezi masalasi. Sodda sistemalar uchun sintez masalasining yechimi.

  • «Kompyuter algebrasi tizimlarining amaliy tadbiqlari» tanlov fani

  • MAPLE tizimida differensiallash va integrallash komandalari. Komandaning qo’shimcha opsiyalari va ko’rinishlari.

  • Maxsus paketlar va ularning imkoniyatlari.

«Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti» fani:



  • Dinamik tizimlar harakatining turg‘unligini tadqiq qiluvchi programmaviy instrumental vosita.

  • Boshqaruvchi modulning loyihasi. Dasturiy instrumental vositaning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari.

Yuqoridagi mavzulardan ko’rinib turibdiki, bu fanlarning amaliy tadbiqi tibbiyot iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ekologiya kabi insoniyat taraqqiyotining muhim jabhalarida o’z ifodasini topadi.


Biz ushbu kitobda pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari» fanini tibbiyot mutaxassisligi yo‗nalishlari talabalariga o’qitishda fanlar integratsiyasini zamonaviy dasturiy vositalar va pedagogik texnologiyalar asosida sintezlash (berish uslubiyati) asoslarini berishga harakat qildik.
Shu munosabat bilan tibbiyot ta‘lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilish muammmo va istiqbollarini ko’rib chiqish favqulodda muhimdir.
Hozirgi kunda qog’ozda rasmiylashtirilgan bemorlarning tibbiy ma‘lumotlari hozirgi zamon talablariga qoniqarli jabob bermaydi. Elektron ko’rinisgda yaratilgan bemorlarning ma‘lumotlar bazasi maxsus server kompuyterlarda fayl ko’rinishida saqlanib, hajm jihatdan kam joy egallaydi, uzoq muddat saqlash imkoniyati mavjud, uzatish uchun qulay va barcha muhim tafsilotlarni eslash, ko’rish mumkin. Shunday qilib, shifokorlar o’z kuzatishlari va rejalarini yozib borishi mumkin bo’lgan, ish joylarini avtomatlashtirishga moslashtirilgan XIX asrda paydo bo’lgan «laboratoriya noutbuk»laridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday texnologiyalar sog’liqni saqlash tizimini yangi pog’onagaga ko’tarishga sabab bo’ladi. Ma‘lumotlar bazasi bemor haqidagi ma‘lumotlardan tashqari unga tibbiy yordam berish davomida sarf bo’lgan dori-darmon, be-morning muntazam kuzatishlar natijasining barchasi tizimli shaklda arxivlanib boradi. Bir necha o’n yillar oldin shifokorlar uzoq vaqt yangi talablarga moslashishga urindilar, chunki sog’liqni saqlash va tibbiyot tizimi o’zgardi. Aksariyat tibbiyot tashkilotlarga qog’ozsiz, elektron tibbiy xaritaga o’tish qiyin (va qimmat) edi, lekin hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda bu tizimga o’tish davr talabidir.

Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holatini fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum bir to’plamda cheksiz ko’p miqdordagi bir – biriga juda yaqin qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deyiladi va uzluksiz kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi.

Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yoritilganlik darajasi, vaqt va h.k.


Kundalik hayotimizda uzluksiz axborotlarni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlanayotgan axborot turiga qarab hisoblash texnikasi vositalari uch turga bo’linadi:
1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinalari (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi.
2) Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinalari (REHM), bularda vaqt birlgi ichida raqamlardan tashkil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi.
3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinalari (GEHM) bu xildagi mashinalar AEHMlarni axborotni uzluksiz kiritib chiqarish, REHMlarni esa axborotlarni katta tezlikda ishlov berish kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Albatta, bu ma‘lumotlar bazasini yaratishning boshlang’ich davrida ancha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Avvalam bor, bu bazani yaratishidan oldin texnik talablar ko’rib chiqilishi zarur ya‘ni qanday muassasa uchun yaratilish, qaysi dasturiy ta‘minotdan foydalanishlik, ma‘lumotlar bazasini yaratishdan maqsad va yaratilgan baza qanday imkoniyatlarga ega. Texnik talablar asosida yaratilgan ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchilarning har birining vazifasi nimadan iborat bo’lishlik siyosati ishlab chqish kerak. Chunki sog’liqni saqlash tizimida ham axborot xavfsizligini ta‘minlash eng birinchi vazifalardan biridir. Masalan, sog’liqni saqlash xodimlari foydalanadigan axborotlarning aksariyat qismi bemor va uni davolovchi tibbiyot xodimi orasida maxfiy saqlanishi, boshqa bemor yoki boshqa soha xodimlari uchun yopiq axborot bo’lishi kerak. Yuqorida aytilgan barcha talablarni amalga oshirish uchun, albatta, ham apparat ta‘minoti va dasturiy ta‘minoti aniq vazifalarni bajarishi zarur.
Hisoblash tizimlarining apparat ta‘minoti tarkibiga apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmualari blok-modulli
tuzilishdan iborat. Ma‘lum ishlarni bajarishga zarur bo’lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig’ib olish mumkin.
Qurilmalarning markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab, ular tashqi va ichki qurilmalarga ajratiladi.
Tashqi qurilmalar qoidaga ko’ra, ma‘lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari hisoblanadi, ular odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari, ma‘lumotlarni uzoq saqlashga mo’ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi. Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o’tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan birgalikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
M a‘lumotdagi axborot miqdorini o’lchash mumkinligini quyidagicha tushintirilsa bo’ladi: biror hodisa yoki ashyo haqidagi son qiymatlar ko’rinishida berilgan ma‘lumot bo’lib, uning ortib borishi, ayni paytda bo’lmaslik darajasini kamayishi ya‘ni axborot noaniqligini kamayishiga olib kelishidir. Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnolo-giyasidir.



Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə