Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi


Hududlarda raqamli tibbiyotni joriy etishning Muammolari va yechimlari



Yüklə 95,72 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü95,72 Kb.
#165114
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish Tibbiyotni raqamlash tirish Diyora

Hududlarda raqamli tibbiyotni joriy etishning Muammolari va yechimlari
Hozirgi davrda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat taraqqiyyotini yanada jadallashtiradi balki ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek qo‘yadi.
Bugungi kunda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy drayverlarga aylanib kelishidir.
Tabiiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluchi aholi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Bu borada raqamli texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi.
So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli iqtisodiyot”, “Raqamli shahar”, “ Raqamli tibbiyot” kabi konsepsiyalar ommalashmoqda. Avvalo raqamli iqtisodiyot haqida tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Jahon tajribasiga nazar tashlasak, qayerdaki “raqamli texnologiya” ga o‘tilgan bo‘lsa, shu mamalakat taraqqiyyoti yuksalayotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bunday mamlakatlar taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda «kelajak vazirliklari» deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Raqamli texnologiya asrida yashar ekanmiz, raqamli texnologiyani nafaqat iqtisodiyot yoki axborot texnologiyasi bilan uzviy bog’lashimiz balki tibbiyot sohasiga ham tadbiq etib yusak cho’qqilarga erishishimiz mumkin. Raqamli tibbiyot bemorlarga, ularning oila a’zolariga, salomatligida nuqsoni bor aholi qatlamiga potentsial darajada murakkab suhbatlar orqali ta'lim berish va ularni boshqarishga yordam beradigan treynerlarni taklif qilishi, bemorlarni masofadan turib professional shifokorlar tomonidan davolash imkonini berishi mumkin. Bemorlar va ularning qaramog'ida bo'lgan shaxslar tez-tez chalkashliklarni his etganlari sababli, ijtimoiy platformalar bir-biriga his-tuyg'ularini bog'lash, psixologik ko’mak ko’rsatish, ularni qo'llab-quvvatlash, axborot va ta'lim berish orqali imkoniyatlar yaratadi.
Ba'zi konsultatsiyalar va davolash metodlari endi masofadan bajarilishi mumkin. Kasallikning og’ir bosqichlarida shifokorlar guruhini jalb qilish talab qilinadi. Bu bemor va bemor oilasi uchun shifoxonaga tez-tez tashrif buyurish ortiqcha xarajat va noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Raqamli tibbiyot tizimi ushbu jarayonni qo'llab-quvvatlashi va turli mutaxassislar o'rtasidagi muloqotni kuchaytirish, kechikishlar va oldini olish mumkin bo'lgan xizmat replikatsiyalarini kamaytirish mumkin. Raqamli rivojlanishning innovatsion modellari va texnologiyalari hayotga keng tadbiq etayotgan bir paytda tajribalardan kelib chiqib, yurtimizda ham bu sohada bir qator muvaffaqiyyatli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Sog‘liqni saqlash tizimida “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimining joriy etilishi yurtimiz fuqarolari to‘g‘risida yagona tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, aholining salomatligi monitoringini o‘tkazishda yordam beradi.“Elektron retsept” axborot tizimi esa bemorlarning medikamentoz vositalar bilan samarali va xavfsiz davolanishini tashkil etish, shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihadir. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy vositalarni nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga ko‘mak beradi.
Shuningdek, ko’zda tutilgan rejalardan misol qilsak, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, shifokorlarning qog‘oz to‘ldirishga ketadigan vaqti ancha qisqarib, aholi bilan ishlashi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Shu maqsadda Toshkent shahri misolida ko’rsak, shahardagi 15 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz, 11 ta ko‘p tarmoqli va 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.Bu kabi yangi o’zgarishlar nafaqat Toshkent shahrida balki Respublikamizning barcha hududlarida joriy qilinsa, yurtimiz aholisiga yuksak e’tibor balki katta ko’mak ham bo’la oladi. Raqamli texnologiya, raqamli tibbiyot asrimizning ajaralmas qismiga aylanib bormoqda.
Raqamli texnologiya asosida hududlardagi sog’liqni saqlash hodimlarining chet-el professor shifokorlari bilan tajriba shuningdek, turli xil online seminar treninglarda fikr almashinishlari nafaqat bemorlar hayotiga balki tibbiyot borasidagi dunyoqarashlarini ham o’zgarishiga sabab bo’la oladi. Bu ko’nikmalar tufayli sog’liqni saqlash hodimlariga respublikamiz hududlaridagi bemorlar, qariyalar va homilador ayollar qatlami salomatligini saqlashda katta ko’mak bo’la oladi. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimni yaratish orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan. Yaqin kelajakda tibbiyotga ham yondashuv o‘zgaradi: raqamli texnologiyalar sharofati bilan shifokorlarda tibbiyot muassasalaridan tashqarida ham bemorlar holatidan doimiy xabardor bo‘lib turish, bemorlarni ortiqcha navbat kutishi, qariyalar va homiladorlarning o’z vaqtida e’tiborga olinishi, kasalliklaridan ogohlantirish imkoniyati sezilarli darajada o’zgaradi. Raqamli texnologiya raqamli tibbiyotni keng ma’noda rivojlantiradi.
Raqamli tibbiyot - tibbiy o'lchov, axborot almashinuvi, raqamlashtirish, tibbiy masalahat, diagnostika va davolashni yaxshilashga katta umid baxsh etadi. Intizom sifatida raqamli tibbiyot ushbu keng ko'lamli tajribani va ushbu raqamli vositalardan foydalanish bilan bog'liq mas'uliyatni o'z ichiga oladi. Tarmoq qurilmalari va ko‘chma texnologiyalar salomatlik xodimlarini hudud bemorlari bilan masofaviy bog‘laydi va ulardan maslahat olishga imkon beradi. Jarayon juda ham shaffof, iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, bemorlar uchun qulaylik tug‘diradi. Ta’kidlash joizki, yangi fikr yangi tibbiyotga yo‘l ochadi.
Xulosa
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta’minlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirilmoqda.
- sog‘liqni saqlash tizimi va tashkilotlaridagi jarayonlarni optimallashtirish, ratsionallashtirish, standartlashtirish va avtomatlashtirishga erishish
- sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimida biznes jarayon va IT-reinjiniringini rivojlantirish va ushbu yo‘nalishda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etish masalalri ishlab chiqilyapti.Shu bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasida ma’lumotlar bazalarini yaratish, hamda 2024 yil 1 yanvardan boshlab respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Yagona platformaga ulanishi lozim.


Yüklə 95,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə