198 kiyimda transformatsiya qo’llash va uning ahamiyati



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#105363
  1   2   3
kiyimda-transformatsiya-qo-llash-va-uning-ahamiyati



198 
KIYIMDA TRANSFORMATSIYA QO’LLASH VA UNING AHAMIYATI 
Magistr M.Kamolova, PhD dots. M.Shomansurova 
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti 
Annotatsiya.
 Maqolada kiyimda transformatsiya elementlarining paydo bo’lish 
tarixi, transformatsiyalash usullari hamda metodlari haqida bayon etilgan, shuningdek, 
transformatsiyalanuvchi kiyimlarning afzalliklari va bugungi kundagi iqtisodiy hamda 
ekologik vaziyatlardagi muhim ahamiyati yoritilgan. 
Аннотация
. В статье рассказывается об истории появления 
трансформирующих элементов в одежде, о способах и методах трансформации, 
а также освещаются преимущества трансформирующей одежды и ее важное 
значение в современных экономических и экологических ситуациях. 
Annotation. 
The article describes the history of the emergence of elements of 
transformation in clothing, methods and techniques of transformation, as well as the 
advantages of transformative clothing and its importance in today's economic and 
environmental situations. 
 
Kalit so’zlar:
ko’pfuksiyali buyumlar, transformatsiyalanuvchi kiyimlar, kiyimda 
transformatsiya qo’llash usullari, metodlari, garderob, ekologik moda. 
Zamonaviy hayotning ritmi doimiy ravishda tezlashmoqda, bu esa tobora ko'proq 
yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Sifat va uslubdan tashqari, qulaylik ham birinchi 
o'ringa chiqadi. Chiroyli kiyimda, garchi o'zingizni qizil gilamda yulduzdek his qilsangiz 
ham, ba'zida aql bovar qilmaydigan noqulaylikni boshdan kechirasiz. Oyoqlar baland 
poshnalardan og'riydi, qattiq kiyim esa har doim ham harakatga mos kelmaydi. 
Bizning dinamika va energiyaga to’la hayotimiz, vaqt tig’izligi asrida garderobda 
barcha holatlar uchun – ish uchun ham, dam olish uchun ham mos bo'lgan bir nechta 
universal liboslar bo'lishi juda muhim va qulaydir. 
Barcha buyumlar hayotiy muhim vazifani, boshqa so’z bilan aytganda, funksiyani 
bajarishi lozim. Lekin har bir inson faqat chiroyli narsalar qurshovida bo’lishni xohlaydi. 
Shuning uchun ham buyumlar qadri ikki asosga – foydalilik va chiroylilik darajalariga 
ko’ra belgilanadi. Shunday ekan, bugungi kunda hayoti turli funksional o’zgarishlarga 
to’la bo’lgan zamonaviy insonning barcha talab va ehtiyojlariga mos keladigan 
ko’pfunksiyali kiyimlar yaratish modelyerlar oldida turgan yetakchi vazifalardan biridir.


199 
Kiyim prototiplarini yaratishning boshlang’ich davri miloddan avvalgi mingyillikda, 
hali faqat ayrim materiallar (hayvon terisi, daraxt po’stloqlari, o’simliklar)dangina 
foydalanilgan va ular asosan himoya funksiyasini bajargan paytdayoq kiyimni
modifikatsiyalashning dastlabki usullari vujudga kela boshlagan. Masalan, hayvon 
terisini yopinish turli ko’rinishlarda amalga oshirilgan: yelkada mahkamlash, o’rtasidagi 
yoriq orqali boshga kiyish, tana atrofida o’rash va boshqalar.
Transformatsiyalanuvchi kiyimlar yaralishining dastlabki bosqichi to’qimachilik 
texnikasining rivojlanishi, qayishqoq, burmalanuvchi, drapirovkalanuvchi to’qima 
matolar paydo bo’lishi bilan bog’liq. Antik dunyo xalqlari kiyimi maxsus mato bo’lagi 
bilan tanani o’rashdan iborat bo’lgan. Kiyim turli (to’g’ri to’tburchak, ellips) 
shakllaridagi butun mato bo’lagidan iborat bo’lib, ob-havo o’zgarishi, antropometrik 
belgilar, foydalanish holati, foydalanuvchining ijtimoiy statusiga ko’ra moslashtirilgan. 
Shunday qilib, aynan bir buyum o’ralish va tanaga mahkamlanish usuli orqali o’zining 
himoya va ijtimoiy vazifasiga ko’ra o’z shakl va o’lchamlarini o’zgartirishga qodir 
bo’lgan. Qadimgi yunonlarning drapirovkalanuvchi kiyimlari – xiton, gimatiy va 
xlamida, etrusklarning plash-tebenlari, Qadimgi Rimda tarqalgan stola va palla, 
shuningdek, hozirgi kungacha deyarli o’zgarmagan holda saqlangan Qadimgi Hind 
kiyimlari ana shunday kiyimlar jumlasidandir [1] (1-rasm).
XX asrning 20-yillaridanoq ko’pfunksiyali buyumlarni loyihalash vazifasi dizayner 
va konstruktorlar oldiga qo’yildi. Ushbu yo’nalish tarafdorlari “funksionalistlar” nomi 
bilan atala boshlandi [2]. Ularning universal buyumlarni yaratishga qaratilgan harakatlari 
inson ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki o’sha paytda jamiyat oldida turgan 
ekologik vazifa – resurslarni tejash imkoniyatini ham taqdim etardi. Shu tariqa 
transformer-buyumlar yaratila boshlandi (2-rasm). 



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə