Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə12/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

«Matbuot konferensiyasi» usuli

Darsning maqsadi: Mazkur usul yordamida talabalarning ijodiy kuch va qobiliyatlarini o‘stirish, aniq va argumentatsiyali fikrlarni bayon qilishni o‘rgatish, qadriyatlarimiz bo‘lgan islom dini to‘g‘risida bilimlarni oshirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning o‘z ustilarida ishlash, mustaqil bilim olish, erkin fikrlash, o‘z fikr – mulohazalarini qiziqarli va notiqlik mahorati bilan etkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish.

Darsda foydalanilgan texnologiya: «Matbuot konferensiyasi» usuli asosida.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: Dars mavzusi bo‘yicha seminar savollariga talabalar uy vazifasi tarzida tayyorlanib kelganliklarini e’tiborga olib, har bir savolga uchtadan talaba javob beradi, qolgan talabalar esa mavzu bo‘yicha savollar beradilar. Bitta talaba «taym - spiker», ya’ni vaqt nazoratchisi qilib tayinlanadi. O‘quvchi javob beradigan uchliklarni va savol beradigan talabalarni tayinlab boradi.1-topshiriq.Islom dini vujudga kelishi .

2-topshiriq.Islom dini ta’limoti.

3-topshiriq.Islom dini asosiy manbalari

2. Asosiy qismda: Uchta talaba auditoriyadagi talabalar tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. Javoblar qisqa, aniq va argumentatsiyalangan bo‘lishi e’tiborga olinadi. Savol yoritilishiga ko‘ra uchliklar o‘zgartiriladi va boshqa savolga o‘tib boriladi. Javoblar berishda reglamentga rioya qilishni «taym - spiker» nazorat qilib turadi.

3. YAkuniy qismda: Javoblar va savollari bilan amaliy mashg‘ulotda faol qatnashgan barcha talabalar baholanadi. O‘qituvchi darsga yakun yasaydi.

Mashg‘ulot reglamenti: Tashkiliy qismga – 5 minut;

Asosiy qismga har bir savolning yoritilishiga 15 minutdan;

YAkuniy qismga – 10 minut.

Jadvalni to‘ldiring.


Islomdagi asosiy amallar

Islom dinidagi oqimlar

Islom dinidagi mazxablar

 

 

 



 

 


 

 



Nazorat savollari:

1. Mustaqillik va islom dini haqida o‘z fikringizni bayon qiling? 

2. Qur’oni karim qachon nozil bo‘la boshladi?

 3. Qur’on nozil bo‘lish davriga ko‘ra qanday qismlarga bo‘linadi?

 4. Islomiy qadriyatlarning tiklanishi haqida nimalarni bilasiz?

 5. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy haqida nimalarni bilasiz?

 6. Ilm olishga bag‘ishlangan hadislardan namunalar keltiring.

 7. Qur’on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi? 

8. Qur’on qanday qism va bo‘limlardan iborat?

9.Qur’onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi? 

10.Toshkentdagi «Usmon Mushafi» xaqida nima bilasiz? 

11. Qur’onning o‘zbek tiliga tarjimasi kim tomonidan amalga oshirildi



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. T., 2001.

  2. Alixonto`ra Sog`uniy. Tarixi Muxammadi. T., Cho`lpon. 1992.

  3. At-Termiziy. Shamoili Muxammadis. (Sayid Maxmud Taroziy-Oltinxon to`ra tarjimasi) T., «Mehnat», 1991y

  4. Xasanov A.A. Makka va Madina tarixi T., 1992.

  5. Maxdum, shayx Ismoil. Toshkentdagi Usmon Musxafinning tarixi T., 1995 y.

  6. Al - Buxoriy, Jomi' as-sahih (ishonarli to`plam) 4 jildli t., 1991-1999y.

Imom al-Buxoriy. Al Adab al-Mufrad. T., «O`zbekiston», 1990y

5 MAVZU .Diniy ekstremizm va fundamentalizm,missionerlikni kelib chiqishi.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mohiyati.



Mavzuning maqsadi: Talablarga diniy ekstremizm,fundamentalizm hamda missionerlik kabi tahdidlar haqida ma’lumot berishdan iborat.

Talaba bilishi lozim:

1.Diniy ekstremizmni vujudga kelishi

2.Diniy ekstremistik tashkilotlarning g‘arazli maqsadlari.

3.Diniy ekstremizmga qarshi kurashning O‘zbekiston qonunchiligida ifodasi.

4.Missionerlikning kelib chiqishi, uni jamiyat barqarorligiga tahdidi.

Motivatsiya: Hozirgi kunda dunyoni larzaga solib kelayotgan diniy ekstremistik tashkilotlarning asl maqsadlarini bilish, ularni moliyaviy manbalari, ularga aldanib qolish sabablarini haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar,psixologiya hamda dinshunoslikning 6,7-mavzulari bilan bog‘liq.

Nazariy qism

Barcha islomiy diniy-ekstremistik xarakatlar o`z oldiga tinch-osoyishta davlatda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy - marifiy vaziyatni inqirozga keltirish yo`li bilan hokimiyatni egallash va o`z hokimiyatini egallash maqsadini qo`yadilar. Ammo unga erishishda har bir diniy ekstremistik harakat, tashkilotda o`ziga xos yo`l va uslublardan foydalanadi. Xususan “hizbut-taxrir” avvalo, islom niqobi ostida ekstremistik g`oyalar bilan yo`g`rilgan tushuntirish ishlarini olib boradi. Bunda hizbchi har bir shaxsning fikrlash doirasiga qarab o`z ta'limotiga da'vat etadi.

Qolaversa, jamiyatda sodir bo`layotgan u yoki bu shakldagi qiyinchiliklar, turli tabiiy ofatlardan o`z maqsadlari yo`lida foydalanib, agar islomning sahih xukmlari bo`lganda edi, bunday hodisalar ro`y bermas edi, qabilidagi fikrlar bilan g`arazli niyatlarini amalga oshirishga intiladilar. Boshqacha aytganda, ularning nazdida hujum fikrga qaratilmog`i lozim. Bu hujum fikriy kurashga, fikriy kurash, o`z navbatida, fikriy inqilobga olib borishi kerak. Mazkur vazifani ado etgan avlodning o`zi hokimiyat tepasiga keladi.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun tashkilot 1989 yildan boshlab “al-Va'y” («Ong») nomli oylik nashrini turli tillardagi tarjimasi bilan davomiy chiqarib kelmoqda. Xususan, mazkur nashrning o`zbek tilidagi 140 dan oshiq soni mamlakatimizda maxfiy ravishda tarqatilgani ma'lum.

Ayni paytda, “hizbut-tahrir” kurashni uch bosqichda olib borishni ko`zlaydi. Ulardan birinchisi “tasqif” – tushuntirish ishlari bosqichidir. Unda xalq ongini to`liq shakllanmagan, fikri zaif, ta'sirga beriluvchan yoshlarni o`z tuzog`iga ilintirish, huquq -tartibot va hokimiyat idoralaridagi mas'ul shaxslarni o`z tarafiga og`dirishdek maqsadlarga erishish ko`zlanadi.

Ikkinchi - “tafoul” – birgalikda harakat qilish bosqichida fikriy kurash orqali “Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi va kelajak masalalarining idrok qilishga erishishi” yo`lida fikriy inqilobga etishish nazarda tutiladi.

Uchinchi - “iniqilob”- tontarish bosqichida esa, tarbiyalangan ummat orqali hokimiyatni qo`ulga kiritish mo`ljallanadi.

Yuqoridagilardan “hizbut-tahrir” ham boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar kabi mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag`darib tashlab, hokimiyat tepasiga kelishga intilishi, yagona xalifalik davlatini qurish, uning asosiy va so`nggi maqsadi ekanligi ochiq – oydin ko`rinib turibdi. Shuning uchun ham, “hizbut-tahrir” ning rasmiy faoliyat ko`rsatishi deyarli barcha musulmon mamlakatlari, jumladan, arab davlatlarida rasman taqiqlangan.

Respublikamizda faoliyat yuritishga intilayotgan boshqa oqimlarning o`z oldilariga qo`ygan maqsadlari ham yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Masalan, “vahhobiylik” ning maqsadi diniy xolatni payq`ambar davridagi ko`rinishga qaytarish, ya'ni, din, musulmonchilik shu davrda qay holatda bo`lgan bo`lsa, bugun ham shunday qolishi kerak, degan da'voda yaqqol namoyon bo`ladi. Bunday tuzum bugun qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini “Tolibon” harakati Afg`onistonda olib borgan siyosati va uning oqibatlari ham yaqqol ko`rsatib turibdi.

Diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyati. Mintaqamizda faoliyat yuritishga intilgan uyushmalar qatorida eng avvalo “Islom lashkarlari”, “Adolat”, “Tabliqchilar”, “Akromiylik”, “O`zbekiston islomiy harakati” kabilarni aytib o`tish mumkin. Ularning ba'zilari butunlay yo`q qilingan bo`lsa, ayrimlarining qoldiqlari bugungi kunda boshqa harakat, tashkilotlar tarkibiga singib ketganini ta'kidlash zarur. Xususan, 1990-1992 yillarda Namangan viloyatida “Adolat” harakati faollari 20-30 kishidan iborat guruxlar tuzib, huquq – tartibot idoralari vazifalarini o`z zimmalariga olishga harakat qildilar. Odamlarni asossiz ravishda u yoki bu jinoyatlarda ayblash, shariat qoidalariga asoslangan holda kishilarni gunoxkor deb e'lon qilish orqali turli jazolarni qo`llashga harakat qilgan mazkur uyushma faoliyat 1992 yil aprel oyining oxirlarida butunlay tugatildi.

1996 yilda tashkil topgan “O`zbekiston islom harakati” tarkibiga 1992-1993 yillarda faoliyati tugatilgan qator diniy-ekstremistik tashkilotlarning sobiq faollari kirgan, Islom harakati a'zolari Birlashgan tojik muxolifati tarafida fuqarolar urushida ishtirok etdi. Islom harakati dala qo`mondalari nizo hal qilinishi jarayonida Tojikiston hukumati va BTM o`rtasida imzolagan bitim shartlarini bajarishdan bosh tortdilar va ular Tojikistonni tark etib, Afg`oniston hududiga o`tib ketdilar.

Jahonning qator mamlakatlarida Islom harakati rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan. Chunonchi, u AQSh davlat departamenti tomonidan tayyorlangan va Kongress tasdiqlagan xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro`xatiga kiritilgan. Shundan kelib chiqib, tashkilotning aniqlangan barcha moliyaviy hisoblari “muzlatilgan”.Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi ham o`zining 2003 yil 14 fevraldagi qarori bilan uni terrorchilik tashkiloti sifatida e'tirof etgan.

Harakat Markaziy Osiyo hududida “Buyuk islom xalifaligi” ni tiklashni, unga musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo`yi respublikalarini ham qamrab olish maqsadini ilgari suradi. Unga erishishda qo`poruvchilik, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali O`zbekistondagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish asosiy vazifa qilib belgilangan.

2001 yilda terrorizmga qarshi ittifoqning Afg`onistonda boshlagan jangovar amaliyotlari natijasida I. h. ning asosiy kuchlari va bazalari yo`q qilindi. Harakat tuzilmasi butunlay barbod qilindi hamda uning jangovarlik qobiliyati susaytirildi.

Nurchilar. Asoschisi turkiyalik Sayyid Nursiy Badiuzzamon bo`lgan mazkur tashkilotning asl maqsadi mavjud qokimiyat uchun qarshi chiquvchi o`ta diniy, mutaassib kishilarni tarbiyalashdan iborat.

Oqim vakillari o`zlariga yangi a'zoni jalb etishda birinchi navbatda, nurchilar jamoasi faoliyati siyosatdan uzoq degan fikrni singdirishga harakat qiladilar. Aslida bu bir niqob bo`lib, ularning faoliyati negizida aynan siyosatga aralashuv yotadi.

Hozirgi kunda “Nurchilik”qarakati Turkiyadagi eng nufuzli oqimlardan bo`lib, ta'lim sohasida Turkiya milliy ta'lim vazirligidan keyingi mavqeni egallaydi. Harakat ta'lim sohasi bilan birga, mamlakatdagi OAV hayotida ham kuchli mavqega ega bo`lib, turk va ingliz tilida chiquvchi 14 ta jurnal, “Zamon” kundalik ro`znomasi, “Somon yo`li”televizion kanali va 2 ta radiostantsiya faoliyatini nazorat qilib boradi.

Bu oqimning yurtimizga kirib kelishi 1992 yildan boshlab kuzatilgan. Dastlab oqim g`oyalari turkiyalik ekstremistlarning moddiy va ma'naviy ko`magida etkazilgan. Respublikamizda nurchilar yiqiladigan manzillar aniqlanib, lozim bo`lgan choralar ko`rilgan. Ayni damda ular mahfiy tarzda harakat olib borishga urinmoqdalar.

“Nurchilik” harakati saflarining asosini yoshlar tashkil etadi, hrakat tomonidan chop etilgan da'vat varaqalarini tarqatish yo`li bilan ularning saflari kengaymoqda. Mazkur oqim a'zolari Hindiston, Pokiston va Malayziya mamlakatlarida ham paydo bo`lgan. Shuningdek, Amerikada tahsil oluvchi turk talabalari orasida nurchilar da'vatiga ergashuvchilar borligi sababli bu harakat AQSh hududida ham tarqalmoqda.

“Xalifalik” tushunchasi. “hizbut-tahrir” kitoblarning asosiy mavzusi “xilofat” (xalifa saylash) masalasi bo`lib, ularda “hozirgi kunda musulmonlarning zimmalaridagi dolzarb vazifa xalifa saylashdir, toki ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir”, degan g`oya targ`ib qilinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda bu davoning asossiz va notg`ri ekanini anglab olish niqoyatda muhim. Ular odatda o`z qarashlarini asoslash uchun payg`ambarimizning “Kimki imomsiz, ya'ni xalifasiz hayotdan o`tsa, u johiliyat zamonida o`tganlardek bo`libdi”, - degan hadislarni hujjat-dalil sifatida keltiradilar. Ushbu hadisning tarixi va mazmun-mohiyatini “bilmaslikka” olib, o`z yo`llariga yurmaganlarning barchasini kufrga hukm qiladilar. Shunday ekan, “xalifa” ning ma'nosini va qanday shaxs xalifalikka loyiqligini anglab olish bu hadisda ular uchun hech qanday hujjat yo`qligini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng avvalo, yuqoridagi hadis barcha zamonlardagi insonlarga taalluqli emas, balki musulmonlarning ustilarida xalifa mavjud bo`lib, unga itoat qilishga bay'at qilmagan kishilargagina xosdir. Aks holda necha asrlardan beri kelayotgan musulmonlar va ular orasidagi ulamolar, xudoning xos bandalari barchasi johiliyatda bo`lganlari haqidagi xulosa kelib chiqadi.

Payg`ambarimizning quyidagi hadislari ularning bu davolari o`rinsiz ekaniga dalil bo`ladi: “Mendan keyin xalifalik 30 yil bo`ladi, undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshohliklarga aylanadi”. Bu hadis mo`jiza sifatida aytilgan hadis edi. Vafotlaridan keyin xalifalik qilgan Abu Bakir, Umar, Usmon va Alilarning xalifalik muddatlarini bir - biriga qo`shsak, yigirma to`qqiz yarim yil bo`ladi. Hazrati Alining katta o`g`li Imom Hasan olti oy xalifalik qilgan. Shu bilan o`ttiz yil komil bo`lgan.

Hadisdagi “...undan keyin tishlab tortilgan amirlik va podshoqliklarga aylanadi”, degan gapning ma'nosi shuki, Shom (Suriya) da xalifalik qilgan Muoviya ibn Abu Sufyon o`z o`rniga tentaksifat o`g`li Yazid ibn Muoviyani xalifa qilib qoldirmoqchi bo`ladi, ya'ni, bu paytga kelib odamlar hokimiyatga tish – tirnog`i bilan yopisha boshlagan edi. Tentak bo`lsa ham o`rnimga o`g`lim qolsin, boshqa kishi hokimiyat tepasiga kelmasin, deyila boshlagan edi.

“Hizb”chilar, shuningdek, ular islomiy da`vatni butun olamga yoyish lozim, degan asossiz davoni ilgari suradilar. Zero, islom ta'limoti Er yuzining deyarli barcha joyiga etib borgani isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Bordiyu, uni etkazish zarurati tug`ilsa, bu ish hizbchilar qilayotgani kabi turli portlashlarni amalga oshirish, begunohlarni o`ldirish yo`li bilan emas, tinchlik yo`li bilan, o`z xulqi odobimizni namuna qilib ko`rsatish, islomning insonlarga foyda ekanini o`rgatish yo`li bilan amalga oshirilmog`i lozim.

“Hizbut-taxrir” partiyasini qo`llab-quvvatlaydigan ulamolar islom dunyosida juda ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, uni inkor etadiganlar son-sanoqsiz. Bu partiyaning g`oyasi va dasturi hanuzgacha dunyoning birorta mamlakatida ma'qullanmagan. Uning o`zi rasmiy tashkilot sifatida tan olinmagan, balki ilk ta'sis topgan maskanidan tortib, dunyo mamlakatlarining hammasida uning faoliyati taqiqlangan. Islomda esa, ozchilikning emas, ko`pchilikning fikriga qo`shilishga buyurilgan. “Mening ummatim yoppasiga adashib, zalolatga tushib qolmaydi, qachonki, ular orasida qarama-qarshilikni ko`rsalaringiz, sizlar ko`pchilik tomonida bo`lingiz!”, - degan sahih hadis ham fikrimiz dalili bo`la oladi. Demak, payg`ambarimizning ushbu vasiyatlariga qaraganda, zamonamiz musulmonlari ozchilikni tashkil etuvchi hizbchilarga emas, ularning g`oyasiga qo`shilmay kelayotgani ko`pchilik ulamolarning safida bo`lishlari kerak.

“Shahid” tushunchasi. Islom ta'limoti bo`yicha shaqidlik oliy maqom sanalib, uni musulmonlarni qirib tashlash niyatida ularga qarshi e'lon qilingan kurashda dinni himoya qilish, uni saqlab qolish yo`lida halok bo`lgan kishiga beriladi. Xuddi shu yo`lda halok bo`lganlarni oxirat shahidi deyiladi. Ular yuvilmaydi, o`z kiyimida, kafanlanmay, janoza o`qimay dafn qilinadi. Yuvilmaslikning sababi shuki, ularning badanlarida oqqan qonlari qiyomatda mushki anbarga aylanib, xushby hid taratadi. Janoza o`qilmasligi esa, Alloh ularning barcha gunoqlarini mahfirat qiladi. Janoza o`qishdan maqsad – ko`pchilik bo`lib uning gunohini Allohdan so`rashdan iborat. Shuningdek, biror kishi biror falokat tufayli halok bo`lsa Payg`ambarimiz hadislariga binoan uni dunyo shahidi deb ataladi. Abu Hurayra rivoyatiga ko`ra, “ Shahidlar besh xil bo`ladi: vabodan, ichketar kasalidan o`lganlar shahiddir, suvga g`arq bo`lgan, imorat yoki devor bosib o`lganlar va Alloh yo`lida jon berganlar shahiddir”. r1

Abu Hurayra rivoyat qilgan boshqa bir hadisda yana shunday deyiladi: Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) bizlardan “Kimlarni shahidlar deb hisoblaysizlar- deb so`radilar. Biz: “Alloh yo`lida ularni shahid deb bilamiz”, - deb javob berdik. Unday bo`lsa, mening ummatimdan shahidlar juda kam bo`lar ekan, deb javob berdilar Payg`ambar. Unda yana kimlarni shahid deb bilaylik, yo Rasululloh deb so`radik. U kishi : “ Kimki Alloh yo`lida o`lgan bo`lsa, u shahiddir. Kimki vabodan o`1gan bo`lsa, u shahiddir. Kimki ichketar kasalidan o`lgan bo`lsa, u shahiddir va suvga cho`kib o`lgan kishi shahiddir”, deb javob berdilar”.Hadisda zikir qilingan “ Alloh yo`lida o`ldirilgan yoki Alloh yo`lida o`lgan kishi” gina oxirat shahidi, qolganlari dunyo shahidi hisoblanadi.Keyingi paytlarda shahidlik tushunchasi notg`ri talqin qilinmoqda. O`zingni portlatsang shahid bo`lasan, degan fatvolar e'lon qilinmoqda. Albatta, bu fatvolarni e'lon qiluvchilar ongi va bilim saviyasi zaif kishilar qo`li bilan o`zlarining g`arazli maqsadlariga etishi ko`zlangan kishilar ekani hammaga ma'lum. Qur'oni karimda o`z joniga qasd qilish eng katta gunohlardan ekani ta'kidlangan: “..o`z qo`llaringiz bilan o`zlaringizni halotga tashlamangiz! (Barcha ishlarni ) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko`radi”(“Baqara”,195).

Kim bulishidan qat'iy nazar, begunox kishilarni halok etish ulkan gunoh ekani haqida quyidagi oyat xabar beradi: “biror jonni o`ldirmagan yoki erda fasod ishlarni qilmagan insonni o`ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o`ldirgan kabidir”.

Abu Xurayra rivoyat qilgan xadisi sharifda esa o`zini o`ldirgan kishining jazosi yanada ravshanroq yoritilgan:” Kim o`zini bir temir parchasi bilan o`ldirsa, qiyomat kunida jaxannam o`tida temir parchasi qo`lida, abadiy ravishda u bilan o`zini o`ldirib azoblanib yotadi. Kim zaxar ichib o`zini o`ldirsa, doimiy ravishda zaxarlanib jaxannam o`tida azoblanadi”.

Shunday ekan, islom ta'limotiga binoan, o`zini o`zi o`ldirgan kishi shaxid emas, balki do`zaxiy bo`lib qolishini, qaysi usulda, nima yordamida o`ldirgan bo`lishidan qat'iy nazar, dinimiz uni og`ir jazolar belgilanadigan gunoxi azim deb xisoblashini xech qachon yoddan chiqarmaslik zarur.

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masalalar bo’lib kelgan. Chunki uning zamirida insonning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ahloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan millatlar tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning kostitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan «inson huquqlari umumiy deklarasiyasi»ga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi. взрыв москва

Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani – turli dunyo qarash, e’tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e’tiqodi bo’ladi.

Vijdon erkinligi qandaydir mavhum tushuncha emas u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’ektiv va sub’ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari “vijdon erkinligi” tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham nazarda tutish kerak.Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o’rtasidagi munosabatlar sohasini o’z ichiga oldi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi qonunchuiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31- moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.

Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi prinsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. 1998 yilda bu qonuning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e’lon qilindi va shu kundan e’tiboran u kuchga kirdi.Mazkur qonun 23 moddadan iborat. Uning 1- moddasida ushbu qonuning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: “Ushbu Qonuning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat ”.

Qonunning 3- moddasi vijdon erkinligi huqiqi haqida bo’lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta’kidlanadi. 4- moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’iynazar, teng huquqligi haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta’kidlanadi.

Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5- moddasida O’zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diny tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diny tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.

Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab – quvvatlashi, konfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo’l qo’ymsligi ta’kidlangan.

Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki filiallarini ochish man etiladi.

Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa hatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikga ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.

Fuqarolar dinga bo’lgan munosabatlaridan qat’iynazar, ta’limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9- moddasida ko’rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, tegishli lisenziya olganidan keyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi.

Oily va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolar O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuniga muvofiq umumiy majburi o’rta ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.

Diniy ta’lim beruvchilar maxsus diniy ma’lumoti bor kishilar bo’lib, bolalarni o’qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo’lishi kerak. Xususiy diniy ta’lim berishga yo’l qo’yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar.

Diniy tashkilotlar diniy ta`lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolarini ta’lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.

Diniy tashkilot - bu ma’lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va x.k. kabi). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e’tiqodga ega bo’lgan kamida 100 kishi a’zo bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to’lgandan keyin ma’lum diniy jamiyatga a’zo bo’lishi mumkin.

Diniy tashkilotlar o’z mulkiga ega bo’ladilar. Binolar, din bilan bog’liq buyumlar, ishlab chiqarish va hayriya ishlariga mo’ljallangan inshootlar, pul mablag’lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy hayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan mablag’lardan davlat solig’I undirilmaydi.

Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3 –moddasida ko’rsatilishicha, dinga e’tiqod qilish yoki o’zga e’tiqod erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqiq va erkinligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin.

Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarning ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to’laydilar, ijtimoiy ta’minlanish va sug’urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar.

Qonunning oxirgi 23- moddasida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko’rsatilgan.

Konstitutsiyada hurfikrlik, vijdon va diniy e’tiqod erkinligi masalalariga katta e’tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor berilishi lozimligi ko’rsatilgan.

O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diny konfessiya vakillari istiqomat qiladilar. Yuqoridagi qonunda keltirilgandek, ular Konstitutsiya oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12- moddasida ta’kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas. Shunga ko’ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki ularga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin emas.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə