Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


MAVZU: Buddizm va xristianlik dinlari



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə10/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14


3 MAVZU: Buddizm va xristianlik dinlari



Mavzuning maqsadi: Jahon dinlarining xususiyati, xillari va o’ziga xosliklari, Buddaviylik hamda xristianlikning vujudga kelish tarixi, ta’limoti va muqaddas manba’lari, maroisimlari haqida ma’lumot beriladi.

Talaba bilishi lozim

1.Budda Shak’yamuni hayoti.

2.Buddaviylik ta’limoti.

3.Buddaviylikning tarqalishi.

4.Iso Masih hayoti.

5.Xristianlik ta’limoti

6.Xristianlik marisim va bayramlari.
Motivatsiya:Hozirgi kunda mamlakatimizda islom dini qatori xristianlik va buddizm dinlariga e’tiqod qiluvchilar mavjud.Ularning dinlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:Ma’naviyat asoslari, falsafa, pedagogika fanlari hamda fanning 6-mavzusi bilan bog‘liq.

Nazariy qism

Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI – V asrlarda Hidistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi – Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri-Lanka, Hindiston, Nepal, Xitoy, Butan, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.

Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.

Buddaviylki asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Buni ko’plab buddaviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi fol’klor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha: Siddxarta – shaxsiy ismi, Gautama – urug’ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqgan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata – shunday qilib shunday ketgtan, Djina – g’olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo’lib, shu ismdan uning diniga buddaviylik (buddizm, buddiylik ) nomi berilgan.

Rasmiy buddaviylik hisobiga ko’ra esa Butama – Budda er.av. 623 yilda tug’ilib, 544 yilda vafot etgan. Biroq, ko’pchilik tadqiqotchilar uning tug’lishini er. Av. 564 yilda, o’limi esa 483 yilda deb hisoblaydilar. Ba’zan 560 – 480 deb to’liq sonlar bilan ko’rsatadilar.

Budda o’zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipanatana bog’ida, o’zining besh rohib do’stlariga qildi va o’shalar uning birinchi shogirdlari bo’ldilar.

Shu kundan boshlab Budda o’z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o’z ta’limotini tarqatib o’ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o’z ta’limotini Hindistonning turli joylariga etkazadi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o’tdi. Uning jasadi hind udumiga ko’ra u erda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuboriladi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.

Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan , amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Uning asosi “ Hayot – bu azob, uqubatdir ” va “ najot yo’li mavjud ” degan g’oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zidan tug’uladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.

Birinchi haqiqat - “Azob uqubat mavjuddir”. Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot – qiynoq, azob – uqubatdir.

Tug’ilish - qiynoq, kasallik – qiynoq, o’lim – qiynoq, yomon narsaga duch kelish – qiynoq, yaxshi ko’rilgan narsadan ayrilish – qiynoq, o’zi hohlagan narsaga ega bo’lmaslik – qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.

Buddaviylik ta’limotiga ko’ra har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element) lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatlariga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu 5 forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess “hayot g’ildiragi” ni tashkil qiladi. “Hayot g’ildiragi”da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqga duchor bo’ladi.

Ikkinchi haqiqat - “qiynoqlarning sabablari mavjuddir”. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’lish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.

Uchinchi haqiqat – “qiynoqlarni tugatish mumkin”. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, “Hayot g’ildiragidan” tashqariga chiqishdir. “Men” degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatilishidir.

To’rtinchi haqiqat – qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l – quyida bayon etilgan uch narsaga amal qilish demakdir. Bu yo’ldan brogan inson Budda yo’lini tutadi.

Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik.


  1. To’g’ri tushinish;

  2. To’g’ri niyat qilish;

  3. To’g’ri o’zini tutish;хурде4

  4. To’g’ri anglash;

  5. To’g’ri harakat qilish;

  6. To’g’ri muomalada bo’lish;

  7. To’g’ri fikr yuritish;

  8. To’g’ri gapirish;

Axloq normalari – Budda “Pancha Shila” nasihati:

  1. O’g’irlikdan saqlanish;

  2. Gumrohlikdan saqlanish;

  3. Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;

  4. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish;

  5. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish;

  6. O’yin – kulgidan saqlanish;

  7. Zebu – ziynat, atir – upalardan saqlanish;

Donishmandlik – bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushinish.

Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi.

Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi.

Buddaviylikning yoyilishida Sangxa – buddaviylik jamoalarining roli katta bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib ibodat bilan shug’illanganlar

Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri buddaviylikning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi.

Buddaviylik eramizdan avvalgi I ming yilliklar oxirlarida Shri – Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazish ishlari asnosida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan Shak’yamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan.

Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX – XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib brogan.

Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) – uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganlgi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri – Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular – budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblahgan sutra matnlari (sutta - pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya - pitaka), buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari (abxidxarma - pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.

Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o`ziga e'tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi . Unga e'tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd.600 mln. bo`lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to`g`ri keladi. 481px-angelsatmamre-trinity-rublev-1410.jpg

Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit'alarida hamda qisman Afrika qit'asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko`ra xristianlik ta'limotining asoschisi bo`lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747-yili Falastining Nazaret qishlog`ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan bog`liq .

Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog`liq og`ir tushkunlikni boshidan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning joylardagi noiblari , ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko`mib tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o`rtasidagi kutilayotgan xaloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi edi.

Xristianlik I asrning II yarimida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yaxudiylar o`rtasida paydo bo`lgan va I o`n yillikdayoq boshqa xalqlar o`rtasiga tarqalgan. Ilk xristianlikning tez yoyilishiga sabab, u qullarning, umuman ezilgan ommaning mavjud tartib va quldorlik tuzumiga qarshi noroziligini ifodalagan. Barcha alamdiyda va jafokashlarga murojaat qilib, uning ko`ngliga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g`alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda er yuzida «ilohiy saltanat» o`rnatilishidan umidvor bo`lish hissini jo etgan. Xristianlikning shakllanishida yaxudiylikning ko`p g`oyalari Qadimgi Shraq dinlariga xos ayrim tasavvurlar, xususan sadaqa berib gunohdan xalos bo`lish, ilohiy xaloskorlar xaqidagi tasavvurlar asos bo`lgan .

II - III asrlarda cherkovlar tarkib topib shakllandi.

IV asrda Rim imperiyasida barcha majusiy ibodatxonalarni taqiqlovchi farmon e'lon qilindi. Xristianlik Rim imperiyasining davlat diniga aylandi. Xristianlikda monastirlar paydo bo`la boshladi. Xristianlik rivojiga Konstantiopol patriarxi Nestroiy o`zining ilohiyotga doir qarashlari bilan muayyan hissa qo`shgan. Qandaydir sabablarga binoan IV asrdan boshlab quvg`inga uchragan nestoriylar O`rta Osiyoga ko`chib kela boshlaganlar. Ular faktoriyalar deb atalgan diniy uyushmalar tashkil etib, Sug`diyonada xristian dinini tarqatganlar. Natijada majusiylik dinlari zamon talablariga javob berolmay qolgach, ulardan yuz o`girib, hatto Turk xoqonlari, mo`g`ul xonlari orasiga ham xristianlik yoyilgan.

Xristianlik ta’limotining asoslari quyidagilardan iborat:

1) xudoga ishonish. Xristianlikda xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir. U Ota xudo, O‘g‘il xudo (Iso Masih) va Muqaddas Ruhdan iboratdir. Ota xudo tug‘ilish yo‘li bilan paydo bo‘lmagan, uni hech kim yaratgan emas. Olam va undagi mavjudotlar uning faoliyati mahsulidir. O‘g‘il xudo (Iso Masih) mo‘‘jizali ravishda tug‘ilgan. U – xristianlikning asoschisi. Muqaddas Ruh esa Ota xudodan paydo bo‘lgan.

Xristianlikdagi xudo obrazi boshqa dinlardagi xudo obrazlaridan farq qiladi. Masalan, Qadimgi Gretsiya xudolari kabi shuhratparastlik, odamlar taqdiriga befarqlik, aysh-ishratga moyillik, manmanlik, shafqatsizlik, qasoskorlik va odamlarga xos boshqa illatlar unda yo‘q. Xudolar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro keskin kurash ham yo‘q. Xristianlikda xudo odamlarning aql-idroki bilan tushunib bo‘lmaydigan tilsimot bo‘lib, u ilohiy dunyoda mavjud. Xudo muhabbatdir. U odamlarga hech qachon yomonlik qilmaydi. YOmonlik insonning birlamchi gunohkorligi va «noto‘g‘ri»turmush tarzining natijasidir;

2) Iso Masihning xaloskor-messiya ekanligiga ishonish. Xudo Adam (Odam Ato) va Eva (Momo Havo)larning «birlamchi gunohi»ni afv etish va odamlarga ilohiy haqiqatni etkazish maqsadida o‘z o‘g‘lini er yuziga yuborgan. Iso Masih erdagi hayot iztiroblari va o‘limi bilan ularning gunohlarini o‘z zimmasiga olgan. Odamlarga xalos bo‘lishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatib, xristianlikka asos solgan;

3) Iso Masihning qayta tirilishiga ishonish. Iso Masih o‘ldirilganidan keyin uch kun o‘tgach qayta tirilgan va 40 kundan keyin osmonga ko‘tarilgan. U er yuziga yana bir marta oxiratda Dajjol (Antixrist)ni o‘ldirib, o‘liklar va tiriklarni so‘roq qilish va ilohiy podsholikni qurish uchun qaytib keladi;

4) odamning gunohkorligi va undan xalos bo‘lishiga ishonish. Xudo odamlarning ajdodi Adam va Evani o‘zining jismiga o‘xshash qilib yaratgan va ularga boqiy hayot baxshida etgan, moddiy dunyoga egalik qilish va boshqarishni buyurgan. Jannatda yashayotgan Adam va Evaxudodek bo‘lishga intilib, man qilingan «donishmandlik» daraxtining mevasini eganlar. Oqibatda odam boshqa jonzodlar bilmaydigan yaxshilik va yomonlikni farqlay boshlagan, uyat nimaligini tushungan. SHu bois insoniyat hayotida cheksiz muammolar paydo bo‘lgan. Xudo ularni bu qilmishlari uchun jazolagan: birinchidan, odamlar yalpi gunohkorlikka mahkum qilinganlar; ikkinchidan, boqiy hayot imtiyozi bekor qilingan.Xristianlikda birlamchi gunoh oqibatlaridan qutulish yo‘llari ko‘rsatilgan. Bu ish bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Iso Masih erga kelib, erdagi iztiroblari va o‘limi bilan birlamchi gunohni o‘z zimmasiga olgan. Ikkinchi bosqichda Iso Masih erga oxiratda yana qaytib keladi, Antixristni engib abadiy hayot, baxt-saodat hukmron bo‘lgan ilohiy podsholikni vujudga keltiradi. SHu vaqtdan boshlab, odamlarga berilgan «birlamchi gunoh» jazosi bekor qilinadi, insonlarning baxtli va boqiy hayot davri boshlanadi;

5) jannat va do‘zaxga ishonish. Jannat va do‘zax – odamlarning o‘lganidan keyin erdagi xulq-atvorlariga ko‘ra ruhlari oxiratgacha turadigan joy;

6) oxiratga ishonish. Xristianlik ta’limotiga binoan, oxirat boshlanishidan oldin erga Antixrist keladi va qiyomat-qoyim boshlanadi. Oxir-oqibatda Iso Masih erga qaytib kelib, Antixristni engadi. O‘lganlar qayta tiriladi, tiriklar va o‘lganlar qayta ajrim qilinib, yangi hayot boshlanadi;

7) axloq qoidalarining diniy ta’limotdagi katta ahamiyati.Xristianlik axloqidagi ustuvor qoidalar xudoni sevish va yaqin kishiga bo‘lgan muhabbatdir. YAqin kishini sevish odamning o‘z yaqin qarindoshlarinigina emas, balki u bilan bevosita muloqotda bo‘lgan odamlarni ham sevishini bildiradi. Xudo asosiy axloqiy qadriyat sanaladi va odamlardagi mo‘minlik, haqiqatni izlash, rahmdillik va tinchliksevarlik fazilatlari ulug‘lanadi.

Xristianlikda (boshqa dinlardagi kabi) diniy marosimlar va bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Zero, ular orqali kishilar ongida xudoga ishonch, e’tiqod mustahkamlanadi, o‘zaro ilohiy munosabatlar o‘rnatiladi. Kishilar ongiga hissiy-obrazli ta’sir etish bilan diniy ta’limot mustahkamlangan va avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan. Masalaning murakkabligi shundaki, xristianlikning marosim va bayramlari uzoq vaqt davomida shakllangan va bu jarayon undagi turli yo‘nalish va oqimlarning vujudga kelishi bilan bir vaqtda amalga oshgan. SHu bois xristianlikning marosim va bayramlari masalasiga yo‘nalishlarini tahlil qilganda to‘xtalish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari

Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o‘zgargan, cherkovning mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o‘rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning eparxiyalarini (grekcha eparchia – rahbariyat, hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan.

Eparxiyalarga arxiepiskop (grekcha episkopos – nozir, nazoratchi degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O‘sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo‘lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Huddus, Aleksandriya,Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa eparxiyalar ularga bo‘ysundirilgan.Rim eparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasi ag‘darilganidan keyin (476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim eparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat episkopning qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Rim episkopi papa (lotincha papa – ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo‘lgan. Papa o‘z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa erlarga yoyishga harakat qilgan.

SHarqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o‘rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo‘ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o‘ziga bo‘ysundirish bilan birga g‘arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko‘maklashgan.Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar esa pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan.

Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Evropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika aholisining 1/3 qismi katoliklardir. CHerkov SHimoliy Amerikada kuchli ta’sirga ega bo‘lib,dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan.Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan.

Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslavienikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning erdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi.SHuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. SHu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish uchun zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi.

O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha indulgere – marhamat qilish, shafqat qilish degan ma’nolarni anglatadi) sotishdek noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya’ni cherkov o‘rnatgan tartiblarga qat’iy amal qilganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning salbiy jihati shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari,barcha sodir etgan gunohlarini pul to‘lab yuvishi mumkin bo‘lgan.Hattoki kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi jadval ishlab chiqilgan. CHerkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha qo‘llab kelgan.Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug‘lashga katta e’tibor beriladi. 1854 yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi aqidani tasdiqlagan.Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning marhamati bilan birlamchi gunoh ta’siridan himoyalanganligi e’lon qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va ruhi osmonga ko‘tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 1954yilda «falakning malikasi» sharafiga bag‘ishlanuvchi diniy bayramning o‘tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Maryamni avliyolar kabi ulug‘lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan so‘rab beruvchi homiy deb biladilar.

Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to‘g‘risida aqida mavjud. Katoliklar o‘z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to‘liq ifodalaydigan yo‘nalish deb biladilar. SHu bois Rim papasi Isoning erdagi noibi, Rimning birinchi episkopi,havoriy Pavelning vorisi deb tan olinadi. 1870 yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini etkazuvchi vakildir.Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa yo‘nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya’ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi. 10

Ruhoniy xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachi deb tan olinadi.Odamlarning o‘zlari ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil ilohiy haqiqatga erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini bajaruvchi ordenlarga birlashganlar.Katolik cherkovida iezuitlar (Iso jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden a’zolari kiyim-kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar.

Katoliklarning diniy marosimlarida ham xristianlikning boshqa yo‘nalish va oqimlaridan farqlar mavjud. Masalan, etti sirli marosimni olib ko‘raylik. CHo‘qintirish sirli marosimini bajarishda rohib cho‘qintirilayotgan kishining ustidan suv quyadi yoki uni suvga botirib oladi. Miro yog‘ini surish sirli marosimi katoliklarda «konformatsiya» deb ataladi. Marosim kishining bolalik yoki o‘smirlik yoshida bajariladi.

Diniy ibodatni tashkil etishda ham bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud. Diniy marosimlarni bajarish vaqtida cherkovda dindorlar o‘tirishlari mumkin, faqat ayrim duolar tik turib o‘qiladi. SHuning uchun katolik cherkovlarida kursilar qo‘yilgan. Diniy marosimlar lotin tilida olib boriladi. Ularni bajarish vaqtida organ yoki dam berib chalinadigan musiqa asboblari (filgarmoniya)dan foydalaniladi.

Diniy tashkilotlarni boshqarishning murakkab tizimi vujudga keltirilgan. YUqorida qayd etilganidek, katoliklar Er sharining barcha qit’alariga yoyilgan va xalqaro markazi Vatikanda joylashgan.Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida joylashgan. Maydoni – 44 gektar. 1929 yilda Musolini hukumati va Rim papasi Piy XI o‘rtasida tuzilgan Lateran shart-nomasiga binoan Vatikanga shahar-davlat maqomi berilgan va u davlat suverenitetiga ega bo‘lgan. Har qanday suveren davlat kabiuning hududi, chegarasi, fuqarolari, gerbi, bayrog‘i va madhiyasi bor.

Rim papasini kardinallar (lotincha cardinalis – asosiy, katta, eng muhim degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan keyin turuvchi mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylaydi. Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga ko‘ra, Rim papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining boshlig‘idir.

Diniy ta’limot asosini «e’tiqod ramzi» tashkil etadi. «E’tiqod ramzi» 12 paragrafdan iborat bo‘lib, unda diniy ta’limotning asosiy aqidalari: xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo va insonga munosabati, xudoning yagona,lekin uch qiyofada ekanligi, o‘z qiyofasini o‘zgartirishi, odamlar gunohini o‘z zimmasiga olishi, o‘lib qayta tirilishi, oxirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan.

Pravoslavie ta’limotiga ko‘ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo, O‘g‘il xudo va Muqaddas Ruh. Xudoning qiyofalar teng va bir-biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.

Pravoslav xristianlar birinchi insonlar – Adam va Eva sodir etgan dastlabki gunoh, O‘g‘il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug‘ilganligi, odamlar gunohini o‘limi bilan o‘z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o‘liklarni qayta so‘roq qilish uchun erga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni qurishiga ishonadilar.SHuningdek, pravoslavieda ham jannat va do‘zax, ruhning abadiyligi,cherkovning xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachilik vazifasini bajarishi to‘g‘risidagi ta’limotlar mavjud.

Har bir dinning o‘z marosimlari bo‘lganidek, pravoslavieda etti sirli marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o‘qishlari bilan ob’ektga odamning ko‘ziga ko‘rinmaydigan xudoning marhamati o‘tadi.

Sirli marosimlar quyidagilardan iborat:

1) cho‘qintirish marosimi kishining xristian cherkoviga qabul qilinganligini ramziy ifodalovchi asosiy sirli marosimlardan biridir. Pravoslavieda cho‘qintirish yoshi belgilanmagan. CHo‘qintirish marosimida yosh bola suvga uch marta botirib olinadi, katta yoshdagi kishi suvda poklantiriladi. Diniy rivoyatga ko‘ra, odam cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunohdan forig‘ bo‘ladi. Katta yoshdagi kishi cho‘qintirilganidan keyin birlamchi gunoh bilan birga, shu vaqtgacha qilgan gunohlari ham kechiriladi. Ushbu marosimni bajargan kishi xristianlikka (katolik cherkovida cho‘qintirilsa, katolik cherkoviga, pravoslav cherkovidan o‘tgan bo‘lsa, pravoslav cherkoviga) qabul qilinadi. SHu tariqa ilohiy haqiqatni bilish va xalos bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. SHuningdek, yosh bola cho‘qintirilganidan keyin unga ism qo‘yiladi. Odatda, bolaga cho‘qintirilgan kun qaysi avliyoning nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘shaavliyoning ismi qo‘yiladi;

2) non va vino tortish marosimi xristianlikda ikkinchi, lekin ahamiyatiga ko‘ra, juda muhim sirli marosim hisoblanadi. Bu barcha oqim va mazhablar qabul qilgan marosim. Diniy rivoyatlarda aytilishicha, Iso birinchi marta o‘z shogirdlari bilan maxfiy kecha kunida bu marosimni o‘tkazgan.Keyinchalik xristian cherkovi Iso Masih o‘tkazgan marosimni qabul qilgan. SHu bois sirli marosimdan o‘tkazilayotgan kishiga xudoning jismi va qoni timsoli bo‘lgan non va vino iste’mol qildiriladi. Bu bilan insonning Isoga yaqinlashishi va abadiy hayotga daxldor bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.

Pravoslavieda bu marosim uchun kvasda qorilgan xamirdan tayyorlangan kulcha non (prosfora) va qizil sharob (vino) ishlatiladi. Odatda, u bir qator boshqa sirli marosimlar bilan qo‘shib o‘tkaziladi. CHerkov Iso Masih bilan uzluksiz aloqada bo‘lishni istagan kishiga bu marosimdan yilda bir marta o‘tib turishni tavsiya qiladi;

3) tavba-tazarru qilish marosimi IV–V asrlarda xristianlikda sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosim dindor kishi hayotining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dinda buyurilgan amallarni yoki cherkov qoidasini buzgan kishi tavba qilib, qilgan gunohini ruhoniyga aytadi. Marosim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: birinchi bosqichda odam ruhoniyga sodir etgan gunohi to‘g‘risida hisob beradi, ya’ni marosim odamning o‘z gunohini anglashiga uni qayta takrorlamasligiga va ma’naviy poklanishga yordam beradi, gunohini engillashtiradi; ikkinchi bosqichda maxsus vakolatga ega ruhoniy Muqaddas Ruhning kuchi bilan ushbu insonning gunohini kechiradi.Ilk xristian jamoalarida tavba-tazarru qilish marosimi qo‘llanilmagan. Bunga sabab, o‘sha vaqtda xristian jamoasining a’zosi din talablarini buzmaydi, degan noto‘g‘ri qarashning ustunlik qilganligidir. Lekin hayotda buning aksi bo‘lib chiqqan. SHu bois dindorlar jamoasida oshkora tavba qilish tartibi joriy qilingan. IV asrda oshkora tavba-tazarru qilish ruhoniylar tabaqasining manfaatlariga mos kelmay qolganligi sababli, uning mazmunini sir tutish joriy qilingan. CHerkov tavba-tazarru sirini oshkor qilmaslikka kafolat beradi. Tavba sirini oshkor etish katta gunoh hisoblanadi;

4) miro surtish sirli marosimi cho‘qintirish sirli marosimidan keyin o‘tkaziladi. Uni bajaruvchi ruhoniy xushbo‘y miro yog‘ini kishining peshonasi (fikri), ko‘kragi (yuragi, his-tuyg‘ulari, istaklari), ko‘zi, burni va quloqlari (mayllari), shuningdek qo‘l-oyoqlari (xatti-harakatlari)ga xoch shaklida surtadi. Miro yog‘ini surtish vaqtida sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi va shu tariqa uning pokligi saqlab qolinadi, ma’naviyatining yuksalishiga erishiladi, deb hisoblanadi;

5) nikoh sirli marosimi katolitsizmda XII asrda vujudga kelgan va XVI asrdan boshlab sirli marosim sifatida qabul qilingan. Pravoslavieda bu marosim alohida o‘rin tutadi, chunki oila kishilar jismoniy va ma’naviy birligining boshlang‘ich bo‘g‘inidir. Oila jamiyatning tayanchi, abadiy hayot timsolidir. SHuning uchun nikoh sirli marosimi tantanali ravishda o‘tkaziladi. Ruhoniy bayram kiyimlarida nikohdan o‘tayotgan yoshlarni kutib oladi. Xudonisharaflovchi duolar o‘qiladi. YOsh kelin-kuyovlarning boshiga hosildorlik timsoli bo‘lmish gulchambar taqib qo‘yiladi. YOvuz kuchlarni haydovchi ladan (isiriq) tutatiladi. Marosim vaqtida nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovga xudoning marhamati tushadi, yangi oilada tinchlik, totuvlik va muhabbat hukmron bo‘lishiga ilohiy shart-sharoit yaratiladi, deb hisoblanadi;

6) muqaddas zaytun moyi surtish marosimi bemor odam uchun bajariladigan sirli tadbir. Marosimda bemorning peshonasi,yonog‘i, labi, ko‘kragi va qo‘llariga muqaddas zaytun yog‘i surtiladi. Ruhoniy bularni amalga oshirish davomida duolar o‘qib, bemorning sog‘ayib ketishiga xudodan yordam so‘raydi. Diniy ta’limotga binoan, zaytun moyini surtish marosimi mo‘‘jizaviy davolovchi kuchga ega bo‘lib, bemorni gunohlaridan xalos qiladi. Bu marosim ruhoniylikka qabul qilishda ham o‘tkaziladi;

7) ruhoniylik unvonini berish marosimi III asrda jamiyatd alohida guruhni tashkil etgan ruhoniylar uyushmasi paydo bo‘lganligi sababli joriy qilingan. Pravoslavieda bu marosim alohid ahamiyatga ega bo‘lib, uni rohiblikni ixtiyor qilgan kishining boshiga yuqori martabali ruhoniy qo‘lini qo‘yib bajaradi. Marosim davomida rohiblikka qabul qilinayotgan kishiga sirli ravishda xudoning marhamati o‘tadi hamda u xudo va odamlar o‘rtasida vositachilik qilish huquqiga ega bo‘ladi, deb hisoblanadi.Pravoslavieda, sirli marosimlar bilan birga, ibodat qilish,xoch, butlar, tabarruk narsalar, shahidlar va avliyolarga sig‘inish kabi marosimlar mavjud.



Ibodat qilish – dindorning yoki dindorlar guruhining xudoga, avliyolarga iltimos, shikoyat yoki minnatdorchilik bildirib, bevosita murojaat qilishi. Bunda kishi tanasining holatiga alohida e’tibor beriladi, chunki ibodatning turiga yoki mazmuniga ko‘ra, kishining tiz cho‘kishi, qo‘llarini ko‘targan holatda yoki ko‘zini yumib turishi talab qilinadi. Pravoslav cherkovida, odatda, ibodat tik turib bajarilishi sababli dindorlarning o‘tirishlari uchun kursilar qo‘yilmaydi.

Xochga sig‘inish – Iso Masihning xochga mixlab qo‘yilishi bilan bog‘liq marosim. U xristianlikning timsoli hisoblanadi. Bu pravoslaviening eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, diniy rivoyatlarda yozilishicha, Iso Masihning qoni to‘kilganligi sababli, xoch ilohiy kuchga ega bo‘lgan. U odamlarni yovuz kuchlardan saqlaydi.Xoch to‘rt burchakli, olti burchakli (Isoning boshidan balandroq qilib xochga yozuv taxtachasi qoqib qo‘yilganligi sababli), sakkiz burchakli (Isoning oyog‘i bilan tayanishi uchun xochga taxtacha qoqib qo‘yilganligi sababli) shakllarda tasvirlanadi. Xochning barcha shakllaridan keng foydalaniladi va ular bir xil ahamiyatga ega.

Xristianlikning katta yo‘nalishlaridan yana bittasi protestantizmdir (lotincha protestans – qarshi chiquvchi, norozi degan ma’nolarni anglatadi). U XVI–XVII asrlarda G‘arbiy Evropadagi feodal tuzum va uning mafkuraviy tayanchi bo‘lgan reaksion katolitsizmga qarshi kuchli ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarning boshlanishi sababli vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari katolik cherkovini evangeliyalar g‘oyalaridan chekinishda ayblab, uni asl holatiga qaytarishni talab qilib chiqqanlar.Bu tarixda «reformatsiya harakati» (lotincha reformatio – o‘zgartirish,to‘g‘rilash kabi ma’nolarni anglatadi) deb ataladi. Reformatsiya harakati chuqur tarixiy ildizga ega. Harakat boshlanishidan oldingi davrlarda ham ruhoniylarning ma’naviy buzuqligi, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishlari, dabdababozliklari, kishilarga befarqlik, tamagirlik va rasmiyatchilik kabi illatlari ilg‘or jamoatchilik vakillari tomonidan keskin tanqid qilingan. Jumladan, Oksford universiteting professori J. Viklif va Praga universitetining professori YA. Gusning chiqishlarini alohida qayd etish lozim. Germaniya va SHveysariya reformatsiyaning markazlari edi. Ushbu Reformatsiya harakati dastlab Germaniyada Martin Lyuterning Rim papasiga qarshi chiqishidan boshlangan. 1517 yil 31 oktyabrda Martin Lyuter o‘z qarashlarini 95 ta tezisda bayon etib, uni Vittenberg shahar cherkovlaridan birining darvozasiga osib qo‘ygan. Tezislarda cherkovning avliyolar yordamida xalos bo‘lish, a’rof, ruhoniylarning vositachilik vazifasi haqidagi ta’limotlari tanqid qilingan. Keyinchalik Rim papasining hokimiyati inkor qilingan. Lyuter cherkov tashkilotining ierarxiya prinsipi asosida tuzilishini va boshqarilishini rad etgan, Isoning xaloskorlik kuchiga ishonchi orqali kishi mustaqil ravishda, cherkovning vositachiligisiz xalos bo‘lishi mumkinligi g‘oyasini himoya qilgan.Martin Lyuter rohiblikni bekor qilish, diniy marosimlarni soddalashtirish va cherkovni dunyoviy hokimiyatga bo‘ysundirish kabilarni talab qilib chiqqan.



Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə