Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə1/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI

DINSHUNOSLIK FANIDAN

O‘QUV USLUBIY MAJMUA


Toshkent - 2016

Tuzuvchi:

N.S.Salimsakova- Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi


Taqrizchi:

Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” o’qituvchisi

O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.

Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov

O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi

__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi

Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev

Mundarija:
1.Ishchi dastur 4-16 бет

2.Sillabus 17-23 бет

3.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar. 24-27 бет

4.Nazariy mashg‘ulot materiallari 28-79 бет

5. Seminarlar uchun materiallar 80-129 бет

6. Mustaqil ta’lim mavzulari 130 бет

7. Keyslar banki 131-135 бет

8.Testlar 136-140 бет

9.Glossariy 141-144 бет

10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 145-147 бет



Kirish.

Ma’lumki, insonning imon va tafakkurini kamol toptirish, mustahkam e’tiqod va dunyoqarashini shakllantirishiga xizmat qiladigan dinlar, ular zamirida vujudga kelgan diniy qadriyatlar kishilarning yuksak ma’naviy ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlari bilan uzviy bog‘liq tarzda rivojlanadi. Dinlar ma’naviyat takomilida, milliy va umumisnoniy madadaniyat va xalqlar turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an’analarning rivoji, bezavol saqlanishi hamda asrlar mobaynida xalq qalbiga chuqur o‘rnashishida ma’naviy omil bo‘lib kelgan. Barcha dinlardagi insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, qanoat, saxovat, mehr-shafqat kabi fazilatlar ko‘plab boshqa omillar qatori diniy qadriyatlar ta’sirida ham rivojlanadi. SHu bois ham I.A.Karimovning «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida din ma’naviyat mezonlarining biri sifatida olib qaralgan. Asarda ta’kidlangani kabi, “Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”. Islom dinining ilmiy asoslarini o‘rganish, uning ma’rifiy-ma’naviy g‘oyalarini rivojlantirish, mo‘‘tadil e’tiqod negizlarini ishlab chiqishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarimizning xizmati singgan. Ularning merosi bebaho ma’naviy boyligimizdir. Muqaddas dinimizni pok saqlash, unga qarshi qaratilgan har xil xurujlarga zarba berish, dindan nopok, g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinayotgan mutaassib shaxslarga qarshi kurashish ham bizning ma’naviy burchimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham dinshunoslik fanining yana bir vazifasi talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, taraqqiyoti tarixi, ta’limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida tushuncha berib, ularda mazkur din vakillari bilan muloqot qilishda o‘zlarining buyuk ma’naviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun etarli bilim bilan qurollantirishdan iborat.

Fanni o‘qitishdan maqsad va vazifalari.

Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi xolati, insoniyat hayotida tutgan o‘rni xaqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning o‘zbek halqining ma’naviy merosi, dini, shu jumladan islom qadriyatlari, milliy g‘oya, milliy mafkura haqida bildirgan fikr va xulosalari, ta’rif va tavsiflari dinshunoslik fanini o‘qitishda dasturulamal, nazariy asos bo‘lishi talab etiladi. Talabalardan O‘zbekiston Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun va boshqa qonuniy xujjatlarda diniy masala yuzasidan belgilangan inson xuquqlari, turli diniy jamoa huquqlari va majburiyatlarini bilish talab etiladi. O‘zbek halqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining sharofati ekanligi, ayni vaqtda bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud bo‘lgan dinlar tarixi, diniy tajriba tadjiriy taraqqiyotini o‘rganish talabalarda Vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilishi lozimligini bilishi kerak.

Fanni o‘kitishdan maksad – talabalarga milliy va diniy qadriyatlarni tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi, bu qadriyatlarni 'xozirgi mustakil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‘g‘ri dunyoqarashni shkllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi, ta’limoti, asosiy manbalari, xozirgi davrdagi xolati, malum xalq xayogida tutgan o‘rni xaqida umumiy ilmiy tushunchalar berib, turli din vakillarini xar tomonlama chuqurroq tushunib etish va ular bilan muloqot kilishda o‘zlarining buyuk ma’naviyat egasi ekanliklarini namoyon kilishlari uchun etarli bilim berish, shuningdek, ajdodlar merosini o‘rganish va o‘rgatish asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularni o‘zlikni anglashini shakllantirishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga, ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar.

Dinshunoslik fanining asosiy vazifasi talabalarda mustaqil va zamonaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Bundan tashqari olingan bilimlar bo‘yicha mustaqil mulohazalar yuritish, bahs va muloqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish. Dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinishi,talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din xaqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligini tushuntirish, din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini tushuntirish va ushbu fan bo‘yicha talabalarda ko‘nikma hosil bo‘lishi lozim.Diniy 6ag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarash sifatida jamiyatning boshqa a’zolarini barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish, Vataniga va milliy qadriyatlariga sadoqatli, xar tomonlama etuk komil insonlarni tarbiyalash malakalariga ega bo‘lishi kerik.



Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan

o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan uzviy ketma-ketligi

Dinshunoslik fani o‘quv rejasiga kiritilgan bir qancha ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq.U 3 semestrda o‘tiladigan, umumiy dunyokarashni shakllantiradigan fanlar sirasiga kirib, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda. Masalan: “O‘zbekiston tarixi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Falsafa”, “Milliy istiqlol g‘oyasi”, “Huquqshunoslik”, “Konstitutsiya asoslari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan uyg‘unlashtirilgan.



4.Fanni o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy

pedagogik texnologiyalar

Talabalarning «Dinshunoslik» fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, keys-texnologiyalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, klaster, «Venna», sinkveyn)dan foydalaniladi.



Dinshunoslik fanidan mavzularning mashg‘ulotlar va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi

t\r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Seminar

Mustaqil ta’lim

1

Dinshunoslik faniga kirish.

7

1

1

5

2

Dinning ibtidoiy formalari. Zardo‘shtiylik dini

7

1

1

5

3

Milliy dinlar.

4

2

2




4

Buddaviylik.

2

1

1




5

Xristianlik.

2

1

1




6

Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi.

7

1

1

5

7

Islomning asosiy manbalari.

2

1

1




8

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar.

2

1

1




9

Diniy ekstremizm va fundamentalizm. Missionerlikni jamiyat barkarorligiga taxdidi

7

1

1

5




Jami

40

10

10

20

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Kadrlarni tarbiyalashda ilmiy, falsafiy dunyoqarashni shakllantirishda, Dinshunoslik kishilarni dunyo, borliq, tabiat, jamiyat to‘g‘risida ilmiy va diniy ta’limotlarni, qarashlarni solishtirishga yordam beradi.

Milliy uzlikni anglashda islomdan keyingi madaniy merosimizni o‘rganishda, hayotga tatbiq qilishda ko‘maklashadi.Bu fan jamiyatdagi barcha ijtimoiy siyosiy masalalar xalqlar va millatlar o‘rtasidagi munosabatlarda dinni rolini, uni ijtimoiy munosabatlardagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Ma’ruza mashg‘ulotlari

Dinshunoslik faniga kirish

Dinshunoslik fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad. Dinshunoslik fanining asosiy vazifalari. Bu sohada erishilgan yutuqlar.Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Din ijtimoiy hodisa sifatida. Dinning paydo bo‘lish masalasi. Dinlar tasnifi. Din-e’tiqoddir. Din va Qonunning o‘zaro munosabatlari. O‘zbekiston. Respublikasi. Konstitutsiyasiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun. Dinga berilgan ta’riflar. Dinshunoslik sohalari. Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari

Dinlar tasnifi: urug‘-qabila dinlari; milliy dinlar; jahon dinlari; monoteistik dinlar; politeistik dinlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot: A.1,Q.6,Q.16,Q.20, Q.24

Dinning ibtidoiy formalari. Zardo‘shtiylik dini

Diniy ong asoslarining shakllanishi. Totemizm. Animizm. SHamanizm (magiya). Fetishizm. Ibtidoiy mifologiya. Insoniyatning dastlabki madaniyat o‘choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi.

O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi va ularning diniy tasavvurlari. Qurbonlik keltirish urf-odatlari. Turli diniy marosimlar. SHamanizm- inson ishlarini engillatish uchun ruhlarning ko‘rinmas dunyosiga o‘tib, ularning yordamini qo‘lga kiritishda qo‘llaniladigan ekstatik va terapevtik usullar tizimi, SHamanlarning kiyimi va asboblari. Tangriga sig‘inish tizimi. Uch dunyo qavatlari haqida tasavvurlar. Dunyo birligi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual.

Adabiyot: A.1,Q.5,Q.6Q13,Q.14,Q.25

Milliy dinlar.

YAhudiylikning vujudga kelishi va ta’limoti. YAhudiylikda messiya-xaloskorning kelishi haqida ta’limot. Saduqiylar, Farziylar, Esseylar. YAhudiylik manbalari. Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida berilgan Tora (Tavrot) Talmud. YAhudiy marosimlari va bayramlari. YAxudiylar O‘rta Osiyoda. Veda va veda dinlari. Vedalar. Vedalardagi afsonaviy xudolar. Braxmanlik ta’limotida kastalar. Braxmanlikdagi ruhning ko‘chib o‘tish ta’limoti. Hinduiylik. Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolish uchun bo‘lgan harakat. Hinduiylik ta’limoti. Hinduiylikdagi jannat va do‘zax haqidagi tushunchalar Konfutsiychilik. Qadimgi Xitoyda Kun-Szi falsafiy ta’limotining paydo bo‘lishi. Konfutsiyning falsafiy axloqiy g‘oyalari. Konfutsiy ishlab chiqqan ideal, oliy inson, asl, mard kishi konsepsiyasi. Konfutsiychilik manbai. Konfutsiychilik aqidasi. Konfutsiyning ilohiylashtirilishi. Daosizmning vujudga kelishi. Daosizm-falsafiy ta’limot. Daosizmni falsafiy prinsiplari bayon etilgan “Dao-Deszin” kitobi. Xitoy donishmandi Lao-Szining tarixiyligi masalasi. ”Dao” diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli prinsiplari hamdir.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, aqliy hujum, vizual yondoshuv.

Adabiyot: A.1,A.2,.Q.5,Q.6,Q.19,.Q.24

Buddaviylik

Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik ta’limoti. Meditatsiya. Buddaviylikning tarqalishi. Buddaviylik manbalari. Budda SHakyamuni hayoti va ta’limoti. Rohiblar va xonaqohlar. ”O‘tkinchi dunyo” haqidagi tasavvurlar. Axloq. Meditatsiya -muroqaba. Xikmat xaqiqat xaqidagi ilm. Kushon imperiyasi xududida buddaviylikning barqarorlanishi. Buddaviylikning O‘rta Osiyodagi inqirozi (V-VIII asrlar ).Buddaviylik g‘oyalarining boshqa dinlarga ta’siri. Diniy murasasozlik, axloqiy qadriyatlarning ustivorligi. Arxeologik topilmalar: Ayritom, Qoratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, CHingiztepa, Qoravultepa. YOzma manbalar. Buddaviylikning maxayana, xinayana, lamaizm va boshqa oqimlari. Uning mintaqaviy shakllari. Hozirgi zamonda Buddaviylik.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual yondoshuv.

Adabiyot: A.1,A.2,Q.16,Q.17,Q.19,Q.20



Xristianlik

Xristianlikning vujudga kelishi. Iso-Masix hayotiga doir ilmiy bahslar. Iudaizm doirasida ilk xristian jamoasi. Muqaddas kitoblar. Asosiy aqidalar va amallar. Ruhoniylar va jamoa. CHerkov tashkiloti, xristian cheskovidagi bo‘linishlar. Xristianlik ta’limoti. Xristianlikdagi oqimlar Bibliya. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini. Xristian dini va san’at. Hozirgi zamonda xristian dini. Bibliya, Qadimgi Ahd, YAngi Ahd. Injil, hushxabar ma’nosini anglatuvchi kitob

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,aqliy hujum, vizual yondoshuv.

Adabiyot: A.1,A.2,Q5,Q9,Q.10,Q.19


Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi.

“Joxiliya” davri, arablarining diniy an’analari. Joxiliya davridagi ko‘p xudolik. Arabiston yarim orolidagi totemizm, fetishizm va o‘tmish avlodlarga sig‘inish diniy shakllarining qoldiqlari. Arabiston yarim orolidagi qadimiy dinlar: yahudiylik; xristianlik. Muxammad ibn Abdullox-Islom dini da’vatchisi va davlat arbobi. Nabiy va Rasul so‘zlarining ma’nosi. “Ahl al-kitob”ga bo‘lgan munosabatning davriy o‘zgarishi. “SHarh-i sadr” voqeasi. Payg‘ambarning Xadicha bint Xuvaylidga uylanishi. Ka’baning ta’mir etilishi. Hiro g‘orida vahiyning nozil bo‘la boshlashi. YAshirin targ‘ibotning boshlanishi. Musulmonlar. Oshkora da’vatga o‘tish. Musulmonlarga Makka mushriklari tomonidan tazyiq ko‘rsatilishi. Habashistonga hijrat. Najoshiyning musulmonlarga munosabati. “Isro va Me’roj” voqeasi. Madinaga hijrat. “Badr” jangi. Ilk islom davlatchilik munosabatlarining vujudga kelishi, qariyib yil davomida din me’yorlarining tadrijiy shakllana borishi. Hudaybiya shartnomasi. Makkaning fath etilishi. “Hajjatul vado’” (“vidolashuv haji”). Risolatning xotima topishi. Al-Xulafo ar-Roshidun davri. Xalifa saylash xususidagi tortishuvlar.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, vizual yondoshuv, aqliy hujum.

Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.21,Q.24,Q.27


Islomning asosiy manbalari

Qur’onning 23 yil mobaynida nozil bo‘lishi. “Qur’on” so‘zining ma’nosi. Uning tarkibi. Suralarning nozil bo‘lish davriga qarab taqsimlanishi. Makka suralari. Madina suralari. Ilk “suhuf” – qur’on oyatlarining jamlanishi. Xalifa Usmon ibn Affon davrida qur’onning kitob holiga keltirilishi. Toshkentdagi Usmon mushafining tarixi. Qur’onni o‘rganish asosiy maktablarining vujudga kelishi. Uni tushunish, talqin etishda turli yondashuvlar. Qiroat, tafsir kabi Qur’on ilmlarining taraqqiyoti.

Hadis. Al-hadis an-nabaviy. Al-hadis al-qudsiy. Hadislar islom dinining Qur’ondan keyingi manbai. Hadislarni yig‘ish (talab al-ilm) va jamlash (VIII-IX asrlar). Musnad, sunan, sahih hadis to‘plamlarining vujudga kelishi. Mashhur muhaddislar. Imom al-Buxoriy – buyuk mahaddis. Islom ta’limotining keyingi davrdagi taraqqiyoti va ahloq me’yorlarini ishlab chiqishda hadislarning o‘rni.

Muqaddas kitob Qur’onda VII asr boshidagi arab jamiyati voqeligi, qadriyatlari va ideallarning aks etishi. Qur’oni Karimning kitob xolida jam qilinishi(651-656y.)

Qur’onni o‘rganish asosiy maktablarning vujudga kelishi. Uni tushunish talqin etishda turli yondashuvlar va ziddiyatli fikrlar. Xadislarni yig‘ish (talab al-ilm) va jamlash (VIII-IX asrlar). Ularda Muxammad payg‘ambarning tarixiy-real, ideal va afsonaviy obrazlarning shakllanishi. Islom ta’limotining keyingi evolyusiyasi va axloq normalarini ishlab chiqishda hadislarning o‘rni. Islomda oqim va mazhablarning vujudga kelishi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, vizual yondoshuv,aqliy hujum.

Adabiyot: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.19,Q.21,Q.24,Q.27,Q.28.

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

Vijdon erkinligi – diniy e’tiqod erkinligi. O‘zbekiston Respublikasi vijdon erkinligining qonunan kafolatlanishi. Diniy ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavida vijdon erkinligining o‘z ifodasini topishi. Bu masalaning davlat, jamiyat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlarning mustahkamlanishidagi ahamiyati. Kishilar e’tiqodining turliligi.

Mustaqillik va din. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan vijdon erkinligining kafolatlatlanishi. “Vijdon erkinligining va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan turli diniy konfessiyalar. Milliy istiqlol va ma’naviyat bir-biriga mustahkam bog‘liq tushuncha ekanligi. Ma’naviyatning tarixan qaror topib borishida madaniyat va dinning o‘rni. Diniy dunyoqarashning insoniyat hayotidagi o‘rni.Barkamol insonni shakllantirish O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning nazariy asosi ekanligi. Dunyoqarashlar erkinligini ta’minlash jarayonida har bir odamda shaxsiy fikr, mavqening shakllanishi. Imonli, komil insonlarni tarbiyalash O‘zbekiston mustaqil kelajagi uchun kafolat ekanligi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,vizual yondoshuv, aqliy hujum.

Adabiyot: A.1,A.2,Q.4,Q.5,Q.6,Q.8,Q.10,Q.11,Q.15,Q.16

Diniy ekstremizm va fundamentalizm.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi

Fundamentalizmning vujudga kelishi. Eksremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda dinning roli. Radikal diniy oqimlar. Diniy ekstremizm – muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib (fanatik) unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm – o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik. Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davrga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Sobiq sovetlardan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishdan ta’qiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishning ahamiyati.Sobiq ittifoqda dinning pinhoniyatga chekinishi. O‘zbekistonda aqidaparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘lishi. Aqidaparastlikka berilib qolmaslik uchun diniy bilimlarga ega bo‘lishning zarurligi. O‘zbekiston hukumatining diniy insonparvarlik g‘oyalarining rivoji uchun olib borayotgan ishlari. Vahhobiylik – XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan diniy-siyosiy oqim. “Al-Ixvon al-muslimun” tashkiloti va uning bo‘limlari. “hizb ut-tahrir” diniy-siyosiy partiyasi va uning maqsadi. Bu partiyaning islom olimlari tomonidan rad etilishi. “Akromiylar” guruhi va uning kelib chiqishi.Missionerlik tushunchasi,uni kelib chiqishi.Prozeletizm tushunchasining mohiyati.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,vizual yondoshuv, aqliy hujum.

Adabiyot: A.1,A.2,Q1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.8,Q.15,Q.18,Q.28


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə