Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan


Dinshunoslik fani bo‘yicha ma’ruzalarning kalendar tematik rejasi



Yüklə 7,33 Mb.
səhifə2/14
tarix28.08.2018
ölçüsü7,33 Mb.
#64958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Dinshunoslik fani bo‘yicha ma’ruzalarning kalendar tematik rejasi

t\r

Ma’ruza mavzulari

Soati

1

Dinshunoslik faniga kirish.

1

2

Dinning ibtidoiy formalari. Zardo‘shtiylik dini.

1

3

Milliy dinlar.

2

4

Buddaviylik.

1

5

Xristianlik.

1

6

Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi.

1

7

Islomning asosiy manbalari.

1

8

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar.

1

9

Diniy ekstremizm va fundamentalizm. Missionerlikni jamiyat barqarorligiga taxdidi

1




jami

10

Amaliy mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari

Dinshunoslik faniga kirish

Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va uning vazifalari.Din, uni mohiyati va kelib chiqishi.Dinlar tasnifi.Dinni jamiyatdagi vazifalari, uni ildizlari. Ibtidoiy dinlar

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,guruhlarga bo‘lib o‘rganish, ikki tomonlama tahlil.

Adabiyotlar: : A.1,Q.5,Q.6,Q.13,Q.14,Q.16,Q.20, Q.24,Q.25


Milliy dinlar

YAhudiylikni vujudga kelishi va ta’limoti.Veda va veda dinlari. Hinduiylikni vujudga kelishi, ta’limoti.Konfutsiychilik ta’limoti.Daosizm ta’limoti

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,guruhlarga bo‘lib o‘rganish

Adabiyotlar: A.1,A.2,.Q.5,Q.6,Q.19,.Q.24


Buddizm va xristianlik dinlari.

Budda haqida afsona.Buddizm ta’limoti..Buddizm oqimlari..Xristianlikni vujudga kelishi.Xristianlik dini ta’limoti.Xristianlik dini okimlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,guruhlarga bo‘lib o‘rganish, aqliy hujum, Venn diagrammasi

Adabiyotlar: A.1,A.2,Q.5,Q.9,Q.10,Q.16,Q.17,Q.19,Q.20



Islom dini va uning asosiy manbalari

Joxiliya davrida arab jamiyati.Islom dini ta’limoti Muhammad payg‘ambar hayotlari.Islom dini oqimlari. Islomning muqaddas manbalari.Qur’on va hadis – Islom dinining asosiy manbalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,guruhlarga bo‘lib o‘rganish, aqliy hujum.,T-sxemasi.

Adabiyotlar: A.1A.2,Q.3,Q4,Q.10,Q.11,Q.13,Q.21,Q.24,Q.27



O‘zbekistonda vijdon erkinligini kafolatlanishi.Diniy ekstremizm,akidaparastlikka karshi kurash.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi.O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligining qonun yo‘li bilan kafolatlanishi.Fundamentalizmning vujudga kelishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar..Missionerlikning kelib chikishi, uni jamiyat barkarorligiga taxdidi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim,guruhlarga bo‘lib o‘rganish,T-sxemasi.

Adabiyotlar: A .1,A.2,Q1,Q.2,Q.3,Q.4,Q.8,Q.15,Q.18,Q.28


Dinshunoslik fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarning kalendar tematik rejasi

t\r

Seminar mavzulari

Soati

1

Dinshunoslik faniga kirish.

2

2

Milliy dinlar

2

3

Buddizm va xristianlik dinlari

2

4

Islom dini va uning asosiy manbalari

2

5

O‘zbekistonda vijdon erkinligini kafolatlanishi.Diniy ekstremizm,akidaparastlikka karshi kurash.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi

2




jami

10

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Dinshunoslik fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta'limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta'minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar, tahlil qiladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi.. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta'limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.

Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma'ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Dinshunoslik fanidan mustaqil ish majmuasi fanning ayrim mavzularini qamrab olgan va quyidagi 4 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.



Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi

t\r

Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Topshirish

muddati

Hajmi

(soatda)

1

«Avesto» zardushtiylikning mukaddas kitobi

Referat,test

2-hafta

5

2

Imom Buxoriy, at-Termiziy, imom Moturidiy,Axmad YAssaviylarni islom ilmini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi.

Referat,

prezentatsiya



4-hafta

5

3

O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizmga karshi kurash

Prezentatsiya,

Test,


krossvord

6-hafta

5

4

Ekologiya va din

Referat

Test, klaster



8-hafta

5

Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti

Dinshunoslik fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan ko‘plab foydalaniladi.Fanni o‘qitishda rangli suratlar, tarixiy manbalarning fotosuratlaridan foydalaniladi.

Dinshunoslikdan ko‘rsatiladigan videofilmlar ro‘yxati.

1.Ma'naviy yangilanish yo‘lida.

2.Ekologik xavfsizlik muammolari .

3.Iqtisodiyot xavfsizligi va barqaror rivojlanish asoslari .

4.Milliy xavfsizlikning xarbiy-strategik asoslari.

5.Barkamol avlod orzusi.

Shuningdek, fanni o‘qitishda institutning “Ma'naviyat va ma'rifat” markaziga kelgan multimedialardan hamda kafedraning multimedia bankidan keng foydalaniladi.

Dinshunoslik fanidan olib boriladigan barcha ma'urazalarda taqdimot, videotasmalar va multimediyalardan foyidalaniladi.



Baholash tartibi va mezonlari

1. Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr (o‘quv yili) davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:

- joriy baholash (JB)

- talabalarning mustaqil ishi (TMI)

- oraliq baholash (OB)

- yakuniy baholash (YAB)

Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil sikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimida baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:





Baholash turi

Maksimal ball

Saralash ball

1

Joriy baholash

55

30,2

2

Talabaning mustaqil ishi

5

1,7

3

Oraliq baholash

10

5,5

4

YAkuniy baholash

30

16,5




JAMI

100

55

Talabalarning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.

Joriy baholash (JB)

JB da fanning har bir bo‘lim bo‘yicha talabaning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishining faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi hisobga olinadi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv soatidan kelib chiqqan holda maksimal ball belgilanadi. Dinshunoslik fanidan– 10 soat JBga bo‘lib, talaba har seminarda baholanadi va ball taqsimoti seminarlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:



“7” ball

“6” ball

baholar

7-6

6-5,2

“a'lo”

5,9-4,9

5,1-4,3

“yaxshi”

4,8-3,9

4,2-3,3

“qoniqarli”

JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart.

Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganda va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida 1-2 ball qo‘yiladi.



Talabaning mustaqil ishi (TMI)

Talabaning mustaqil ishi O’zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida tashkil etiladi.

Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 1 yil mobaynida saqlanadi.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi barcha fanlar uchun talaba mustaqil ishining kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.

TMI maksimal ball 5 – ball




Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

TMI

55

2,75

2

Qoniqarli

56-70

2,8-3,5

3

Yaxshi

71-85

3,5-4,2

4

A’lo

86-100

4,3-5

ORALIQ BAHOLASH
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish qobiliyati aniqlanadi.

Semestr davomida 2 ta OB o‘tkaziladi. OBga o‘quv mashg‘ulotlaridan qarzi bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi.

OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test, og‘zaki suxbat shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o‘tkazilishi mumkin. OB bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to‘plagan talaba YaBga qo‘yilmaydi.

OBga maksimal ball – 10 ball






Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

OB

55

8,6 -10

2

Qoniqarli

56-70

7,1-8,5

3

Yaxshi

71-85

5,5-7,0

4

A’lo

86-100

5,5

Ma’naviyat asoslari va Dinshunoslikdan alohida 2 ta OV o‘tkaziladi.Har birida maksimal ball 5 ballni tashkil etadi.U ballarda quyidagicha ifodalanadi va bir-biriga qo‘shgan holda aks etadi.




Ballar

Baho

4,3-5,0

“5” a'lo

3,6-4,2

“4” yaxshi

2,8-3,5

“3” qoniqarli

2,8 dan kam

“2” qoniqarsiz


YAKUNIY BAHOLASH

YaB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi.

JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YaB ga ishtirok etishga huquq beriladi.

YaB o‘tkazish shakli – test, og‘zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.

JB, OB va YaB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (55%dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:


  • qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi.

  • semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.

  • akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).

YaBga maksimal ball – 30ball




Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

YaB

55

16,5

2

Qoniqarli

56-70

21-16,5

3

Yaxshi

71-85

25,5-21,3

4

A’lo

86-100

30-25,8


REYTING NATIJALARINI QAYDQILISH TARTIBI
Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‘ldiriladi va mas’ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.

Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Fandan olgan baho” ustuniga esa, talabaning mazkur Nizomining 3.1. – bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali qo‘yiladi.Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.

Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YaB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O’zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.Talabaning reyting ko‘rsatgichlari oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.


SILLABUS



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmasevtika instituti

Oybek ko‘chasi, 45-uy

Kafedra:


Ijtimoiy fanlar


“Sanoat farmatsiyasi” fakulteti tarkibida

Ta'lim sohasi va yo‘nalishi:


510000 - Sog’liqni saqlash

5510500 Farmatsiya

5111000 Kasbiy ta’lim

5510600 Sanoat farmatsiyasi

5320500 Biotexnologiya




Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma'lumot:

katta o‘qituvchi

Salimsakova Nilufar




Dars mashg‘ulotini o‘tkazish vaqti va joyi:


O‘quv bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institutning o‘quv binolarida

Kursning boshlanish va davom etish muddati:

2-sentyabr 2015 y. 15- yanvar 2016 yil



Ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga muvofiq ikkinchi kurs, birinchi semestrida

Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

Haftaning chorshanba kuni tushdan so‘ng soat 15.00-16.20 gacha


Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari


Mustaqil ta'lim:

Ma'ruza

10

Seminar

10

20

Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):


Falsafa, milliy g‘oya, madaniyatshunoslik, etika hamda estetika fanlari integratsiyasi asosida bilimlar shakllanadi







Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:


Fanning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida mamlakatimizda vijdon erkinligi qonunan va amalda kafolatlandi. SHuning bilan birga O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan dinshunoslik fani ham shakllandi. Dinshunoslik fani jamiyatda o‘zining funksional vazifalariga ega bo‘lgan dinni ilmiy va xolisona o‘rganadi.Uni talabalarga etkazish hozirgi davr uchun juda muhim.

Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad: Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga milliy va diniy qadriyatlarni tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, ularda dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat

O‘quv fanini prerekvizitlari

Talaba: Dinshunoslik fanini o‘qitish metodikasiga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi natijalarga erishadi

Bilib oladi: fanga oid tushunchalar: din, vijdon erkinligi, e’tiqod erkinligi, diniy tashkilot, din va davlat munosabatlari, ibtidoiy dinlar, jahon dinlari, milliy dinlar, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, terrorizm, terroristik tashkilot, missionerlik, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun.[СПиТ:

1.Грант]
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi:

“Dinshunoslik” fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)

Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.


Postrekvizitlar

Ushbu o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talabalardan:

Din va uni jamiyatdagi vazifalarini;

Diniy qadriyatlarni tariximizda muhim o‘rin tutishini;

Dinlar tasnifini bilishi;

Dunyo dinlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

Din va davlat munosabatlarini yaxshi tushunishi;

Diniy ekstremizm va aqidaparastlik hamda missionerlik haqida bilish talab qilinadi.


Talabalar uchun talablar

 


- professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;

-intitut uniformasini kiyish;

- mobil telefonni dars davomida o‘chirish;

- berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;

- guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- darsga o‘z vaqtida kelish;

- 6 soatdan ortiq dars qoldirgan taqdirda, dekan ruxsati bilan darsga kirish.



Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha






Ma’ruza mashg‘uloti mavzulari



Ma’ruza mashg‘uloti soati


Mustaqil ta’lim soati

1

Dinshunoslik faniga kirish.

1

5

2

Dinning ibtidoiy formalari. Zardo‘shtiylik dini.

1

5

3

Milliy dinlar.

2




4

Buddaviylik.

1




5

Xristianlik.

1




6

Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi.

1

5

7

Islomning asosiy manbalari.

1




8

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar.

1




9

Diniy ekstremizm va fundamentalizm. Missionerlikni jamiyat barqarorligiga taxdidi

1

5




jami

10

20







Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari


soat

1

Dinshunoslik faniga kirish.

2

2

Milliy dinlar

2

3

Buddizm va xristianlik dinlari

2

4

Islom dini va uning asosiy manbalari

2

5

O‘zbekistonda vijdon erkinligini kafolatlanishi.Diniy ekstremizm,akidaparastlikka karshi kurash.Missionerlikni jamiyat barqarorligiga tahdidi

2




jami

10


t/r

Nazorat turlari va topshiriqlarning nomlanishi

Nazorat turlari bo‘yicha maksimal ball


O‘tkazish vaqti


I. Joriy nazorat uchun ballar taqsimoti

60 ball

Semestr

davomida


II. Oraliq nazorat

10 ball




III. YAkuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi haftasi

1.

Umumiy o‘quv kursi bo‘yicha tuzilgan topshiriqlar asosida o‘tkaziladi







JAMI:

100 ball






Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari namunaviy mezonlari

t/r


Talabaning fanni o‘zlashtirish (bilim, ko‘nikma va malaka) darajasi


Ballar


A)


Xulosa va qarorlar qabul qilishi



86-100 ball


Ijodiy fikrlay olishi

Mustaqil mushohada yuritish

Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

B)


Mustaqil mushohada yuritish


71 -85 ball


Olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi

Mohiyatini tushunish

Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

V)

Mohiyatini tushunish


55 - 70 ball


Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish

G)

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik

0 - 54ball





Asosiy adabiyotlar:

1.Mo‘minov A.,Yo‘ldoshxo‘jaev X.Dinshunoslik.T.,2004

2.Mamatov N. Religiovedenie.T.,2006


Qo‘shimcha adabiyotlar:

1O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston. 2011.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahrir). O‘zbekistonni yangi qonunlari. T.19. - Toshkent: Adolat. 1998.

3. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-22- jildlar. -Toshkent: O‘zbekiston. 1996-2015.

4.Abdullajonov O. Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, mohiyati va O‘zbekistonga kirib kelishi. -T., Akademiya, 2000.

5.Abdullatif qori Hoshimjon qori o‘g‘li. Zalolatga ketmang. Hizbut-tahrir fitnasidan ogoh bo‘ling. -T.: Movarounnahr, 2003.

6.Abdusamedov A.E. Islom dini asoslari va ma’naviyati. T., 2007.

7.Aqidada adashmaylik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi. -T.: Movarounnahr, 2005.

8.Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi. -T., 2002.

9. Dunyoviylik va ijtimoiylik falsafasi. T., 2008.

10.Jo‘zjoniy A.SH. Islom huquqshunosligi. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2002.

11. Jo‘raev N. Xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojarolar. -T., 2000.

12.Injil .Stokgolm,Bibliyani tarjima kilish instituti,1996.

13. Islom ziyosi o‘zbegim siymosida. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2001.

14.Islom ma’rifati. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2005.

15.Imom al-Buxoriy.al-Adab,al-mufrad.T., O‘zbekiston, 2003.  

16.Islom. Ensiklopediya. -T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

17.Isxokov M.M Xalk daxosining kadimgi ildizlari va ilk kurtaklari (Zardushtiylik,Zardusht va Avesto xakida)// «Til va adabiyot ta’limi»jurnali №2(1992)

18.Karimov T.Dunyoviylik daxriy emas yoxud “Xizbut-tahrir”ning da’volari xususida mulohazalar. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2002.

19.Komilov N. Islom-ma’rifat dini. -T., Ma’naviyat, 2000.

20.Mamashokirov S., Tog‘aev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari. T., 2007.

21. Obidov R., Abdullaev S., Azimov A. Hidoyat va zalolat. T., 2004.

22.Otamuradov S., Mamashokirov S., Xolbekov A. Markaziy Osiyo: g‘oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar. -T., 2001.

23.Ochildiev A. Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar. -T.: O‘zbekiston, 2004.

24.Raxmatov O. Ogohlik - muqaddas burch. -T.: Movarounnahr, 2000.

25.Religioznыe traditsii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika.. Bishkek,1997.

26.Saidov A.X. Religioznaya tolerantnost i svetskoe gosudarstvo v Uzbekistane. -T., 2002.

27.Taroziy A.M. Olam uzra tarqalgan islom. -T., 2001.

28.Toshkent Islom madaniyati gavhari. Fotoalbom. T., 2007.

29.“Tribuna Islama”. Obsherossiyskaya gazeta Duxovnogo upravleniya musulman Evropeyskoy chasti Rossii. 2005.

30.Uvatov U.Muxaddislar imomi.T.,Ma’naviyat.1992

31.Xusniddinov Z.M., Abdusattarov A. Islomdagi oqimlar: xorijiylik va shialik. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2003.

32.Xorun YAhyo. Islom terrorni qoralaydi. -T., Movarounnahr, 2003.

33.Xoji Ismatullox Abdullox. Markaziy Osiyoda Islom madaniyati. T., SHarq ziyokori, 2005.

34. YUnusova A.T. Religiya i zakon. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2002.

35.Uzbekiston yoshlarida dunyoqarash uyg‘unligining shakllanishi muammmolari. -T.: Toshkent Islom Universiteti, 2004.

36.Qaltis savollarga xolis javoblar. -T., Movarounnahr, 2001.

37.Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. -T.: Toshkent islom Universiteti, 2004.


Internet saytlari:

1.    www.bilim.uz.

2.    www.philosophy.ru.

3.    www.history.ru.

4.    www.philosophy.com.

5.    www.gov.uz - Xukumat sayti

6.    www.ziyo.edu.uz - Vazirlik sayti




FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL

METODLAR

SWOT-tahlil” metodi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida, yoki o‘quv rejasi asosida biron bir bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikirlarini himoya qilishga, erkin fikirlash va o‘z fikrini boshkalarga o‘tkazishga , ochiq xolda baxslashishga , o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga o‘rgatadi.

Namuna: .Dinni jamiyatdagi asosiy vazifalari usulini SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.


S

Ligitimlik vazifasining afzallik tomonlari




W

Birlashtiruvchilik vazifasining kamchilik tomonlari




O

Kompensatorlik vazifasidan foydalanishning imkoniyatlari




T

Radikal diniy oqimlar (tashqi)




Keys-stadi” metodi

раскрутка и продвижение сайтов

Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari


Ish bosqichlari

Faoliyat shakli va mazmuni

1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish

  • yakka tartibdagi audio-vizual ish;

  • keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);

  • axborotni umumlashtirish;

  • axborot tahlili;

  • muammolarni aniqlash

2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash

  • individual va guruhda ishlash;

  • muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;

  • asosiy muammoli vaziyatni belgilash

3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining echimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

  • individual va guruhda ishlash;

  • muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;

  • har bir echimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;

  • muqobil echimlarni tanlash

4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

  • yakka va guruhda ishlash;

  • muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;

  • ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

  • yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish

Keys. Laboratoriyaga yangi yuqori samarali xromatografi o‘rnatildi. Ammo ishga tushirishning imkoni bo‘lmadi.
Assesment” metodi

Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminarda mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin. https://ftan17.files.wordpress.com/2010/08/test-paper1.jpg




Тест

  • СФ усулида қандай кўрсаткич аниқнилади?

  • А. Нур синдириш

  • В. Нур ютиш

  • С. Нурни буриш

  • СФ усулидан фойдаланиш имкониятларини қиёсий таҳлил қилинг

Тушунча таҳлили

  • Спектрофотометрия усулини изоҳланг...



  • Спектрофотометрия усулида дори модданинг чинлиги, тозалиги ва миқдорини ўрганинг




«FSMU» usuli

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: Har bir talabaga yoki kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.

2. Asosiy qismda: Talabalar qog‘ozga bosqichma – bosqich quyidagilarni yozib beradilar:

F – fikr bayon etiladi;

S – fikr bayoniga sabab ko‘rsatiladi;

M – mulohaza, mushohada, misol va dalillar;

U – umumlashtiruvchi fikr.

Mashg‘ulot reglamentiga ko‘ra talabalar yoki kichik guruhlar yozib bo‘lgach, fikrlarini o‘qib himoya qiladilar.



  1. YAkuniy qismda: O‘qituvchi tomonidan berilgan mavzu, muammo bo‘yicha fikrlar umumlashtiriladi. Talabalarga ball qo‘yiladi.

Mashg‘ulot reglamenti:

1. Tashkiliy qismga tahminan – 5 minut;

2. Talabalar yoki kichik guruhlarning o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib berilgan qog‘ozda bayon etishlari uchun (5-10 minut);

3. Har bir talaba yoki kichik guruh o‘z fikrlarini bosqichma – bosqich yoritadilar, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi misollar, dalillar keltiradilar (2-5 minut);

4. Bahs – munozara: talabalararo, guruhlararo (5-10 minut);

Izoh: Mashg‘ulot reglamentini belgilashda guruhda talabalarning soni nechtaligini e’tiborga olish shart.

bd06663_
AQLIY HUJUM” metodining tuzilmasi
1.Savol beriladi

2.Fikrlar va g‘oyalar bildiriladi

3. Fikr va g‘oyalar jamlanadi

4. Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
Aqliy xujum” texnikasining qoidalari


- hech qanday o‘zaro tanqid va baholash bo‘lmasligi kerak;

- taklif qilinayotgan g‘oyaga baho berishdan saqlan, agar u juda yuqori va bajarilish extimoli bo‘lmasa ham-hammasiga ruxsat beriladi;

- barcha keltirilgan g‘oyalar qimmatli va teng kuchli-ularni tanqid qilmaslik kerak;

-javob berayotganni to‘xtatmaslik kerak;

-kamchilik ko‘rsatishdan saqlan;

-maqsad miqdor hisoblanadi;

-qancha ko‘p fikr bildirishsa shuncha yaxshi, yangi va qimmatli g‘oyani; tug‘ilishiga ehtimol shunchalik ko‘p bo‘ladi;

-fikrlar takrorlansa e’tibor bermaslik kerak;

-ochiq tanqidiy fikrlarni aytishga ruxsat ber;

-paydo bo‘lgan g‘oyani agar u sening nazaring bo‘yicha qabul qilingan sxemaga javob bermasa ham tashlab yubormaslik kerak;

-ushbu muammmoni faqat mavjud usul bilan echish mumkin deb o‘ylash.


MUAMMOLI VAZIYAT” metodining tuzilmasi

1. Muammoli vaziyat tavsifi beriladi

2. Guruhlar muammmoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar

3. Guruhlar muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar

4. Guruhlar muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar

5. To‘g‘ri echimlar tanlab olinadi


Yüklə 7,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə