15
Bargda ichi xlorofill donachalari bilan to‘lgan cho‘ziq prozenxima hujayralar zich
joylashadi. Yo‘sin barg hujayralarini tekshirib ichida xloroplast bo‘lgan bir necha
hujayraning rasmi daftarga chizib olinadi.
Qizil qalampir mevasidagi xromoplastlarini o‘rganish.
ISh TARTIBI: Preparat tayyorlash uchun yaxshi pishgan qizil qalampir
mevasidan lantsent uchida meva etidan ozgina olib suvda yuviladi, ya'ni hujay-
ralarni o‘zaro biriktirib turadigan hujayralararo modda yo‘q qilinadi. Shundan
so‘ng, buyum oynasidagi suv tomchisiga qo‘yiladi va usti qoplag‘ich oyna bilan
yopiladi. Mikroskopning kichik va katta qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali tek-
shirib, undagi hujayra po‘sti, tsitoplazmasi, yadrosi hamda har hil shakldagi ayrim
xromoplastlarni ko‘rish mumkin Ularni rasm daftarga chizib olinadi. Xromo-
plastlar qizil rangda alohida ko‘rsatib qo‘yiladi.
2-
rasm.Piyoz posti xujayralari:
1-sitoplazma,2-xujayra shirasi,3-post,4-yadro
16
3-
rasm: 1,2-membrana,3-teshikcha,4-yadro,5-6-endoplazmatik tor,7-
yadrocha, 8-mitoxondriya,9- plastida,10-11-vakuol.12-golji apparati,
13-ribosoma
SAVOLLAR:
Parenximali va prozenximali hujayralariga misollar keltiring?
Tsitoplazma nima va qanday vazifani bajaradi?
Tsitoplazma qanday qismlardan tashkil topgan ?
Plastidlar necha xil bo‘ladi?
Plastidlarda qanday pigmentlar bor?
17
3-MAVZU: TSITOPLAZMADAGI ZAHIRA MODDALAR.
MAVZUNING MAQSADI. Uglevodlar, moylar, oqsillarning tsitoplazma-
da zahira moddalar sifatida to‘planishni o‘rganish.
KЕRAKLI JIHOZLAR: mikroskop, lantset, pintset, pipetka, filtr qog‘oz,
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, kaliy yod, lyugol eritmasi, kartoshka tuganagi,
guruch uni, glitserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi, kanakunjut urug‘i,
bug‘doy doni, doimiy preparatlar.
UMUMIY TUShUNShA. Hujayra protoplazmasi odatda yarim suyuq, ti-
niq va rangsiz moddadan iborat bo‘lib, yosh hujayraning barcha bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi, bir muncha keksa hujayralarda esa hujayra devorlari bo‘ylab joy-
lashib, o‘rtada qolgan bo‘shliqni protoplazma ingichka ip shaklida har tomonga
kesib o‘tadi. Protoplazmada oqsil moddadan tashqari, hujayra hayot faoliyatining
mahsuli bo‘lgan moylar (lipidlar), uglevodlar, alkaloidlar, glyukozidlar, oqsil
moddalarning parchalanishi natijasida vujudga keladigan aminokislotalar, hamda
har xil mineral moddalar bo‘ladi. Protoplazmaning ximiyaviy reaktsiyasi qizil
lakmus qog‘ozini ko‘kartiradi. Hayotiy jarayonlar faol kechayotgan o‘simlik hu-
jayrasidagi protoplazmada 70-80% suv bo‘ladi, shuning uchun ham u suyuq shil-
limshiq shaklida bo‘lib, hujayradan hujayraga osmotik bosim ta'sirida o‘tadi. Tinm
holatiga o‘tgan hujayra (tinch holatdagi urug‘da, lishaynik tallomida) protoplaz-
masida 10-15 % suv bo‘lib, quyuq cho‘ziladigan moddalarga aylanadi. Pro-
toplazmani sinchiklab tekshirganda, unda uchta qavat: tashqi qavat- plazmolemma,
o‘rta qavat mezoplazma va ichki qavat –tonoplast borligini ko‘ramiz.
Plazmolemma eng sirtqi tiniq qismi bo‘lib, hujayra po‘sti bilan chega-
ralanadi.
Mezoplazma-protoplazmaning asosiy qismini tashkil etadi, unda barcha or-
ganoidlar joylanadi. Mezoplazma hujayra po‘stidan, plazmolemma, vakuoladan
tonoplast bilan ajralib turadi.
Tonoplast protoplazmaning nozik ichki pardasimon qavati bo‘lib, u
vakuolani o‘rab turadi.
Protoplastning hayot faoliyati natijasida hujayrada zahira oziq moddalar
to‘planadi. Bular o‘simlikning nafas olish, rivojlanishi uchun zarur. Zahira modda-
lar o‘simliklarning ildiz poyalarida, tuganaklarida urug‘laridagi parenxima hujay-
ralarida 3 xil shaklda uglevodlar, moylar,oqsillar to‘planadi.
Uglevodlar. Tsitoplazmada kraxmal (C
6
H
10
O
5
) shaklda vujudga keladi.
Kraxmal tuxumsimon shakldagi rangsiz donachalardan iborat. Kraxmal tsel-
lyulozadan yod ta'sirida moviy va binafsha tusga kirishi bilan farq qiladi. Kraxmal
qaynoq suvga tegishi bilan kleysterga aylanadi. Kraxmal suvda erimaydi, ammo
hayvon so‘lagida bo‘ladigan pitialin fermenti hamda o‘simliklarda bo‘ladigan dia-
staza fermenti, ta'sirida qandga aylanadi. Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan
oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy kraxmal donachalarining hosil qiluvchi markazi
bitta bo‘ladi. Agar kraxmal donachalarining hosil etish markazi bir nechta bo‘lib,
har biri o‘ziga xos qavat bilan o‘ralgan bo‘lsa yarim murakkab donacha deb ata-
ladi.
18
Oddiy kraxmal donachalarining tuzilishi ikki xil: ekstsentrik (kartoshkada)
va kontsentrik (no‘xatda) bo‘ladi.
Kartoshka tuganagidagi kraxmalni o‘rganish, preparat tayyorlash va kaliy
yod ta'sirida kraxmal borligini aniqlash.
ISh TARTIBI: Buyum oynasining o‘rtasiga bir tomchi suv tomiziladi,
so‘ngra bitta kartoshka tuganagini ikkiga bo‘lib, lantset uchi bilan uning kesik
joyidan ozgina qirib olib, buyum oynasidagi suvga aralatiriladi. Tomchi ustini
qoplag‘ich oyna bilan yopib, oldin mikroskopning kichik ob'ektivida keyin katta
qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali tekshiriladi. Bordi-yu preparat juda loyqalanib
ko‘rinsa unga toza suvdan bir necha tomchi tomiziladi. Namuna kraxmal donacha-
larining ko‘pligidan loyqalanadi, donachalar qancha ko‘p bo‘lsa, loyqa shuncha
quyuq bo‘ladi. Agar donachalar juda ko‘p bo‘lsa, ular bir-birining ustiga qavatma-
qavat joylashib, ko‘rish qiyinlashadi. Mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan
ob'ektivi orqali tekshirilganda har xil kattalikdagi son-sanoqsiz kraxmal donachala-
ri ko‘rinadi, bular tuxumsimon va dumaloq shakllarda bo‘ladi. Kraxmal donachala-
rining kattaligi 30-45 mkmga teng. Kraxmalni mikroskopda tekshirishda uning bir-
biridan ajralib alohida yotgan yirikroq donachasi tanlab olinadi. Mikroskopni
mikrovintini biroz orqaga yoki oldinga burash yo‘li bilan kraxmal donachasining
ekstsentrik tuzilishda ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Ularning hosil qiluvchi markazi
kraxmal donachasining bir tomonida joylashib, qavatlari undan kengaygan tomon-
ga tarqalgani ko‘rinadi. Kraxmal donachalarining qavatma-qavat bo‘lishiga sabab
shuki, uning ichida bir tekisda tarqalgan suv bo‘lmaydi, ya'ni sersuv
joyi(qoramtir), kamsuv joyi (ochiq) bo‘lib, galma-gal joylashadi. Yod eritmasi
ta'sirida kraxmalni moviy tusga bo‘yalishiga e'tibor berish kerak.
Sholi donidagi murakkab kraxmal donachalarini o‘rganish.
ISh TARTIBI. Guruch kraxmali o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, boshqa
o‘simlik kraxmaliga qaraganda maydaroqdir. Guruch unidan kraxmal preparati
tayyorlanadi. Buning uchun guruch unidan ozroq olinib buyum oynasidagi suv
tomchisiga solinadi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi barmoq bilan oyna usti
biroz bosib qo‘yiladi. Shu tartibda tayyorlangan preparatga mikroskop orqali qaral-
sa, bir-biri bilan qo‘shilib yoki ba'zan yakka-yakka ajralib turadigan son-sanoqsiz
yassi donachalarni ko‘rish mumkin. Bu donachalarning o‘rtacha kattaligi 5-15
mkm bo‘ladi. Bu kraxmal ham yod yoki kaliy eritmasi ta'sirida moviy tusga kiradi.
Guruchning murakkab kraxmal donachalari mikroskopning katta qilib
ko‘rsatadigan ob'ektivi ostida yaxshi ko‘rinadi.
Oqsillar. O‘simlikda ko‘pincha aleyron yoki protein donachalar deb ata-
ladigan oqsil zahira moddalar uchraydi. Bu moddalar ayniqsa dukkakli o‘simliklar
(mosh, loviya) kabi ekinlar urug‘ida ko‘p miqdorda, shuningdek g‘alla va boshqa
o‘simliklar urug‘larida qisman bo‘ladi. G‘alla o‘simliklari donida aleyron donacha-
lari kraxmal donachalari orasida bir qavat hujayralarda joylashgan. Aleyron
donachalar juda mayda, yaltiroq, dumaloq, yod ta'sirida sarg‘ish tusga kiradi. Shu
xususiyati tufayli kraxmal donachalardan farq qilish oson, bu donachalar po‘st,
globoit va kristalloiddan iborat.
Bug‘doy donidagi aleyron donachalarini o‘rganish. Aleyron donachalar
bug‘doy donida oddiy va juda mayda bo‘ladi, ular hujayralarning sirtqi po‘stida
Dostları ilə paylaş: |