13
larni hosil bo‘lishi yoki sintezi ribosomalarning eng asosiy vazifasidir. Oqsillarning
sintezida aktiv qatnasha-digan ribosomalar endoplazmatik to‘rlarda o‘rnashgan
bo‘ladi.
Mitoxondriylar. Hayvon va o‘simlik hujayralarida
fizik va ximiyaviy xos-
salariga ko‘ra protoplazmaga o‘xshash mayda-mayda jismlar bor. Bularni mitox-
ondriylar («mitos» –ip «xondrion» – granulalar) deb ataladi. Faqat bakteriyalar bi-
lan yashil suv o‘tlarda xondriosomalarning bor yo‘qligi aniqlangan emas. Mitox-
ondriylarning morfologik belgilari turli o‘simlik organizmlarida o‘xshash bo‘lib,
ular granula, tayoqcha donachalar va uzun yoki qisqa ipchalar shaklida harakat qi-
ladi. Mitoxondriylarni elektron mikraskopda ko‘rish mumkin. U tashqi membrana,
mitoxondriya ichiga to‘liq bo‘lmagan to‘siq shaklida kiruvchi mitoxondrial kris-
tallardan, ichki membranalar (membranalar orasida teshiksimon bo‘shliq bor)dan
tuzilgan. Turli kattalikdagi kristallar orasidagi bo‘shliqni to‘ldiradigan qalin go-
mogen modda matriksdan tuzilganligi aniqlangan. Mazkur granulalarning ximiya-
viy tarkibi noaniqdir. Ximiyaviy tarkibida nafas olishda
ishtirok etadigan ferment-
lar (tsitoxromlar), fosfolipidlar, RNK, oqsillar, lipidlar borligi ko‘rsatilgan. Vita-
minlardan A,V,S,Е lar uchraydi. Mitoxondriyalarning aktivlik darajasi yuza
kengligiga, hujayralardagi soni esa modda almashinuvining intensivligiga bog‘liq.
Bo‘linish paytida yangidan paydo bo‘lishi tufayli mitoxondriylar soni ortadi va
ular hujayralarning aktiv zonalariga to‘planadi. Mitoxondriylarda fosfolipidlar va
oqsil sintezi boradi, energiya manbai bo‘lgan ATF ni ishlab chiqish mitoxondri-
ylarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Goldji apparati. 1898 yilda Italiyalik olim
Goldji qayd qilgan va dikti-
osoma nomi bilan yuritgan. Eukariot tipli hujayralarning hammasida Goldji appa-
rati uchraydi. Goldji apparati tarkibida oqsillar, yog‘lar, polisaxaridlar, ferment-
lardan fosfotaza, peroksidaza va turli xil gidrolazalar uchraydi. Goldji apparati
ko‘pincha yassi tsisterna shaklida bo‘lib, ular o‘z navbatida ustunchaga birlashadi.
Ustuncha hosil qiluvchi Goldji apparati tsesternalarining coni 5-10 ni tashkil etadi.
Bu organellalarning chetida pufakchalar va vakuollalar joylashadi. Tsisternalarning
alohida joylashgan tiplari diktiosomalar deb ataladi. Ularning har bir hujayradagi
o‘rtacha soni 20ga yaqindir. Bo‘linayotgan hujayralarda, tinch turgan hujayralarga
nisbatan diktiosomalar ko‘p bo‘ladi. Goldji apparati suv balansini tartibga solishda
hujayralardagi chiqindi zaharli moddalarni to‘plashda,
vakuola hosil qilishda aso-
siy rol' o‘ynaydi.
Yadro. O‘simlik va hayvon hujayralarining asosiy qismi bo‘lib, irsiy bel-
gilarni nasldan-naslga o‘tkazish va saqlashda, hujayralarda oqsil sintezini
boshqarishda asosiy rol o‘ynaydi. Yadro hujayra markazida bo‘ladi. Hujayrada
yadro bitta, ayrim hollarda ikkita yoki undan ham ko‘p bo‘lish mumkin. Yadro fa-
qat ko‘k yashil suv o‘tlarida va bakteriyalarda bo‘lmaydi,ularda yadro vazifasini
bajaruvchi nukleoproteidlar mavjud bo‘ladi. Yadro ovalsimon, sharsimon, prozen-
xima hujayralarida cho‘ziqroq bo‘ladi. Hujayra o‘sgani
bilan yadro katta-
lashmaydi, yosh hujayralar yadrosi qarilariga nisbatan katta bo‘ladi. Yadro quyuq
va yopishqoq bo‘lishi bilan tsitoplazmadan farq qiladi. Qalinligi 400 A
0
rangsiz
qobig‘i bilan ajrab turadi, bir xil suyuqlik massadan iborat bo‘lib, unda bir yoki bir
nechta yadrocha bo‘ladi. O‘simlik va hayvon hujayralari yadrosi tarkibida oqsil,
14
nuklein kislota, moy, ferment, hamda turli mineral tuzlar, fosfor, kaliy, magniy bor-
ligi aniqlangan. Agar hujayrani o‘rtasidan ikkiga bo‘lib, bir tomonda yadrosi
qoldirsa shu tomon tezda yangi qobiqqa o‘ralib yashashni davom ettiradi, yarosiz
tomon nobud bo‘ladi.
Plastidalar, ularning tuzilishi va vazifalari: Leven Guk 1676 yil spirogira
suv o‘tlari hujayralarida plastidalar borligini aniqladi. Ammo plastidalar tabiatini
chuqur o‘rganish borasida olib borigan tadqiqotlarga Shimper (1882) asos soldi. U
plastidalarni uch tipga leykoplastlar, xloroplastlar, xromoplastlarga ajratdi.
Leykoplastlar- rangsiz bo‘lib, urug‘ hujayralarida, ildiz tuganagida va
piyozboshlarda ko‘proq uchraydi. Ular yumaloq va disksimon mayda tanachalar
shaklida bo‘ladi. Leykoplastlar o‘simlik tanalarida zahira oziq modda-ikkalamchi
kraxmalni to‘playdi. Kraxmal to‘playdigan leykoplastlar amiloplastlar deb ataladi.
Leykoplast ham xloroplastga aylanishi mumkin.
Xloroplastlar –o‘simlik organlarining er yuzasidagi a'zolari: barglar, qis-
man poya, gul, meva, urug‘larda uchraydi. Ular yumoloq yoki disksimon bo‘ladi.
Xloroplastlarning tanasi oqsil massa stromadan tuzilgan.
Stromalarni yashil pig-
ment-xlorofill va boshqa pigmentlar to‘plangan qo‘sh membranali plastinalemella-
lar sistemasi teshib o‘tgan juft membranalarning cheti qo‘shilib ketib, diskning qir-
ra deb ataladigan tovonini hosil qiladi. Ular xloroplastning yuzasiga parelell joy-
lashadi. Yashil pigment xlorofill murakkab organik modda bo‘lib, tarkibida spirt va
metanol bo‘ladi. Xloroplastlar o‘z tarkibida xlorofill- yashil, karotin-qizil, ksan-
tofilsariq ranglardan iborat pigmentlarni saqlaydi. O‘simliklarda fotosintez – as-
similyatsiya natijasida xloroplast S
55
N
12
O
54
Md vujudga keladi.
Fоtоsintez hodisasi
natijasida eng avval birlamchi shakar, so‘ngra kraxmal vujudga keladi. Eng oddiy
fotosintez jarayonini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
6CO
2
+ 6H
2
O+ 674 kkal = C
6
H
12
О
6
+6О
2
Xromoplastlar – tarkibida karatinoidlar gruppasiga kiradigan qizg‘ish-sariq
rang beradigan pigmentlar bo‘ladi. Bu plastidlar o‘simlikning gul, mevalarida
ko‘proq uchraydi. Xromoplastlar – disksimon, tayoqchasimon, uchburchaksimon
va boshqa shakllarda bo‘ladi. Xromoplastlar xlorofillning karatinoid bilan al-
mashinishi natijasida prtoplastidalarda yoki xloroplastidalardan hosil bo‘ladi. Plas-
tidlar har xil yo‘llar orqali o‘zaro bog‘langan deb hisoblanadi. Masalan,
xom pom-
idor pishib borishi bilan qizaradi, bunda xloroplastlar xromoplastlarga o‘tib pomi-
dorga qizil rang beradi. O‘sayotgan sabzi ildizmevasining er ustiga chiqib qolgan
qismi yashil rangga kirishiga sabab, xromoplastning xloroplastga aylanishi na-
tijasidir. Kartoshka tuganagi ham ochilib qolsa, leykoplastlar yashil xloroplastlarga
aylanidi va tuganak po‘sti yashil rangga kiradi.
ISh TARTIBI: Xloroplastlarni o‘rganish uchun yo‘sin bargidan foydala-
niladi. Yo‘sin (mox) bargi yupqa po‘stli hujayralarning
bir qator joylashishidan
tuzilgan va hujayra po‘sti uning ichki tuzilishini ko‘rishiga xalaqit bermaydi.
Buning uchun yo‘sin poyasidan kichikroq bargchasi pintsent bilan uzib olinadi.
Uni suvda chayqab, buyum oynasidagi suv tomchisiga botirib qo‘yiladi. Mikros-
kopning kichik ob'ektivida barg plastinkasi, shakli cho‘ziq hujayradan iborat barg
tomiri, hamda parenxima hujayralarining asosiy qismi aniqlanadi. Bargning asosiy
qismi yumaloq yoki ko‘p qirrali parenxima hujayralaridan tuzilganligi ko‘riladi.