Halqum. Oshqozon. Ichaklar tuzilishi. Jigar, O‘t pufagining tuzilishi va vazifalari. Laboratoriya ishining maqsadi



Yüklə 263,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü263,46 Kb.
#143503
OVQAT HAZM QILISH TIZIMI. BO‘LIMLARI. OG‘IZ BO‘SHLIG‘I. HALQUM. OSHQOZON. ICHAKLAR TUZILISHI. JIGAR, O‘T PUFAGINING TUZILISHI VA VAZIFALARI



LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. 
MAVZU: OVQAT HAZM QILISH TIZIMI. BO‘LIMLARI. OG‘IZ 
BO‘SHLIG‘I. HALQUM. OSHQOZON. ICHAKLAR TUZILISHI. JIGAR, 
O‘T PUFAGINING TUZILISHI VA VAZIFALARI. 
Laboratoriya ishining maqsadi: 
Talabalarga ovqat hazm qilish tizimi,.ovqat 
xazm qilish tizimi bo‘limlari, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, oshqozon, ichaklar 
tuzilishi, jigar, o‘t pufagining tuzilishi va vazifalari to‘g‘risida bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni shakllantirish va umumiy ma’lumotlar berish. 
Kerakli jihozlar: 
Baliq, mikroskop, spirt, shtangali sirkul, leneyka, slaydlar, 
plakatlar.
 
Mazmuni. 
Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir a’zosi og‘zidir. Ularning 
emishi turli-tuman bo‘lganidan og‘iz va tishlarining tuzilishi ham har xil. Tish 
baliqlarda o‘ljani tutish, maydalash, uzib olish kabi vazifalarni bajaradi, emishi 
qandayligiga qarab ba’zi baliqlarning faqat jag‘laridagina emas, balki til, tanglay 
va halqumida ham tishlari bo‘ladi. Masalan, karpsimonlarning tishi jag‘ida emas, 
balki ko‘rinishi o‘zgargan oxirgi jabra yoyiga o‘rnashgan. Bu tishlar qattiq 
emishlarni, hatto molluskalarning kosalarini ham maydalay oladi. 
Og‘izning o‘rnashgan joyi va tuzilishi baliqning emishiga va uni qanday 
tutishiga bog‘liq. Parrik kabi emishni pastdan tutib eydigan va og‘iz bo‘shlig‘ining 
ostiga o‘rnashgan baliqlar og‘zi 
ostki og‘iz 
deb ataladi (akulalar, lappakbaliqlar 
bundan mustasno, chunki ularning og‘zi boshining ostida bo‘lishi ovqatlanish 
xarakteriga bog‘liq emas, balki ustki jag‘ining tepasidagi cho‘zinchoq qazg‘ich 
burniga - rostrumga bog‘liq). Zog‘orabaliq, olabug‘a kabilar ro‘parasidan chiqqan 
ovqatni tutib eyishi sababli og‘zi boshining oldiga o‘rnashgan bo‘ladi. Bunday 
baliqlarning og‘zi 
old og‘iz 
deb ataladi. Tarashabaliq, munajjimbaliq, qizilqanot 
kabi emishini tepadan tutib eydigan baliqlarning og‘zi yuqoriga qaragan bo‘lgani 
sababli 
tepa og‘iz 
deb ataladi. 
Qanday ovqatlanishiga qarab baliqlarning pastki, ustki jag‘lari va lablarining 
tuzilishi ham turlicha bo‘ladi. Ba’zi laqqasimon baliqlarning og‘zi chambarak 
shaklda bo‘lib, suvdagi biron narsaga yopishib olishga moslashgan. Boshqa 


baliqlar, chunonchi, labbaliqning qalin labi ovqat tutish, tosh va o‘simliklarga 
yopishib qolgan suvo‘tlarni qirib olish vazifasini bajaradi. CHo‘rtan kabi yirtqich 
baliqlarning og‘zi esa ovqatni tutib olishga moslashgan. SHuning uchun ham 
ularning og‘zi katta, jag‘larida, dimog‘, tanglay suyaklarida yirik va o‘tkir tishlari 
bor, jabra panjaralari (tichinkalari) ham qisqa. 
Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og‘izlari so‘ruvchan bo‘ladi, shuning 
uchun ularning og‘zi nay shaklida tuzilgan, tishlari yo‘q. So‘ruvchan og‘izli 
baliqlar suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan ovqatlanadi. Savatbaliq, 
lappakbaliq kabilarning og‘zi tumshuqqa o‘xshash, tishlari lavha shakl bo‘lib, 
molluska va marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g‘ajib, 
maydalashga yaxshi moslashgan. Seldlar va ba’zi karpsimonlar kabi planktonxo‘r 
baliqlarning og‘izlari katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi 
rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi, jabra panjaralari filtr vazifasini bajaradi. 
Oq amur baliqlarning og‘zi boshining ostiga o‘rnashgan, ko‘pincha tishlari 
bo‘lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o‘tkir, goho usti shox modda bilan 
qoplangan bo‘ladi. Baliqlar og‘zining bu asosiy shakllaridan tashqari yana bir 
qancha oraliq shakllari yoki hayot kechirish tarziga qarab boshqacha tuzilganlari 
ham uchraydi. 
Hazm qilish sistemasi. 
Baliqlarning hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, 
halqum, qizilo‘ngach va ichakdan iborat. Ko‘pchilik baliqlarning jag‘larida bir 
necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o‘ljasini tutadi va ushlab 
turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog‘ora 
va ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo‘lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. 
Ular yutgan oziq bevosita ichakka tushadi.
 

Yüklə 263,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə