Tktishf iqtisod yo’nalishi 1-22 guruh talabasi tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 1,28 Mb.
tarix19.10.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#128153
nabiyev ziyodjon (1)

Tktishf iqtisod yo’nalishi 1-22 guruh talabasi tayyorlagan taqdimoti

Tayyorladi: nabiyev ziyodjon

Tekshirdi: abdurahmonova nafosat

Mavzu: borliq falsafasi

  • Reja:
  • 1. Borliq falsafaning predmeti.
  • 2. Borliq va uning mavjudlik shakllari.
  • 3. Оlаmning паydо bo’lishi vа evоlyutsiyasi.
  • 4. Olamning xilma xilligi va murakkabligi.

Borliq falsafaning predmeti

  • Olamni anglash tug’risida turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar mavjud. Bunday qarashlar odamlarning olamga o’z o’lchovlari bilan qarashlari oqibatida paydo bo’ladi. Birov uchun olam yahshi va yomon, oppoq va qora ranglardan tashkil topgan, boshqa ranglarning bo’lishini u tasavvuriga ham siQdira olmasligi mumkin. Boshqalar esa, olamni hilma-hil rangda, qirralarda ko’radi. Ular oq bilan qora oralig’ida oqimtirroq yoki qoraroq ranglar ham bo’lishi mumkinligiga e`tibor qilishadi.
  • Olam tushunchasi keng qamrovli va keng yo’nalishli tushuncha bo’lib, ma`lum ma`noda voqelikka tizimli, ya`ni sistemali yondoshishni talab qiladi. Masalan, elementar zarrachalar olami tushunchasi odamga ma`lum bo’lgan va hali ma`lum bo’lmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi.
  • Olam haqidagi diniy tasavvurlar uning kelajagi, yaratilishi yoki o’tmishiga oid murakkab masalalarni, asosan, ilohiy qudratning hosilasi sifatida talqin etadi. Dinda olamni «bu dunyo» — o’tkinchi olam va «narigi dunyo» — abadiy olamga ajratib tushuntirishadi. Bu dunyodagi mashaqqatlari evaziga odam narigi dunyoda rohat-farog’atga muyassar bo’ladi, degan G’oyaga asoslaniladi.
  • Falsafaning borliq haqidagi ta`limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor H. Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi.
  • Yo’qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo’qlikdir. Bu ma`noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.

Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An`anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga: tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. .

  • Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko’rinishlari ham bor. Ayrim olimlar harakat shakllarini har bir fanning nomi bilan bog’lash kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning hatoligi shundaki, fanlarning ko’pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o’rganadi? Kibernetika esa ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o’rganadi, ya`ni bu fan bitta emas, balki bir qancha harakat shakllarini qamrab oladi.
  • Harakat shakllarini turlash bo’yicha quyidagi tabiiy-ilmiy konsepsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur konsepsiya bo’yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati), himiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati) va bunda harakatning rivojlanishi ikki yo’nalishga ajraladi, 1) harakat rivojlanishining yuqori yo’nalishida biologik harakat shakllanadi; 2) harakat rivojlanishining quyi yo’nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga olib boradi.
  • Fazo va vaqtning hususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik hususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik hususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o’lchanadigan, ko’zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli hususiyatlaridir. Ularga ko’lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi hususiyatlar kiradi.
  • Fazo va vaqtning topologik hususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday hususiyatlarga uzuksizlik, bog’langanlik, o’lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari hususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik hususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o’lchamlilik kabi hususiyatlar qo’shiladi.
  • Fazo (vaqt) ning metrik o’zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o’zgartira olmaydi, topologik o’zgarishlar esa borliqning sifatiy o’zgarishiga sababchi bo’ladi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə