O'z Mu Jizzax filiali 150-20 guruh talabasi Bobobekov Ma'rufning tayyorlagan taqdimoti. Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi



Yüklə 4,73 Mb.
səhifə1/3
tarix04.05.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#108325
  1   2   3
Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi.

O'z Mu Jizzax filiali 150-20 guruh talabasi Bobobekov Ma'rufning tayyorlagan taqdimoti.

Genlar ekspressiyasining biokimyoviy boshqarilishi.

Reja:

  • Gen ekspressiyasi haqida qisqacha
  • Transkripsiya jarayoni
  • Oqsil biosintezi (translyatsiya)
  • Genetik kod.
  • Genetik axborotni o‘tkazish bosqichlari.
  • Oqsil biosintezining boshqarilishi.

Gen ekspressiyasi haqida qisqacha

  • DNK yer yuzidagi barcha mavjudotlar uchun genetik manba hisoblanadi. DNK ota-onadan farzandga irsiylanganda farzandning baʼzi bir xususiyatlari (masalan, ularning koʻzlari va sochining rangi)ni belgilaydi. Lekin aslida DNK molekulasining ketma-ketligi inson va boshqa organizmlarning belgilariga qanday qilib taʼsir koʻrsatadi? Masalan, qanday qilib Mendel noʻxatlarining DNK nukleotidlari ketma-ketligi (A, T va G) oʻsimlik guli rangini belgiladi?

Transkripsiya jarayoni

  • Transkripsiya jarayonida DNKning gen hosil qiluvchi zanjiri kodlamaydigan zanjir deb nomlanadi va undan andoza sifatida foydalangan holatda RNK polimeraza fermenti ishtirokida (komplementar) RNK zanjiri sintezlanadi. Bu hosil boʻlgan RNK zanjiri birlamchi transkript (iRNK) deb nomlanadi.
  • Birlamchi RNK transkripsiyasidagi nukleotidlar ketma-ketligi baʼzan kodlovchi zanjir deb yuritiluvchi DNKning transkripsiyada qatnashmagan zanjir ketma-ketligi bilan mos keladi. Lekin DNK va RNK oʻrtasida maʼlum turdagi biokimyoviy farqlar mavjudligi sababli birlamchi RNK transkripsiyasi va DNKning kodlovchi zanjiri toʻlaligicha bir xil boʻlmaydi. Asosiy farqi shuki, RNK molekulalarida timin (T) asoslari boʻlmaydi. Uning oʻrniga shunga oʻxshab ketuvchi uratsil (U) asoslari oʻrin olgan boʻladi. Timin kabi uratsil ham adenin bilan juftlashadi.

Oqsil biosintezi (translyatsiya)

  • Irsiy axborotlarni o‘tkazish mexanizmi, yoki genlar ekspresiyasiga, translyatsiya jarayoni bevosita aloqador bo‘lib, bunda «nuklein kislotalarning to‘rt harfli tili, oqsilni yigirma harfli nutqiga» aylanadi. Boshqacha qilib aytganda, translyatsiya davrida ribosomalarda oqsil sintezlanadi. Bu jarayonda mRNKda nukleotidlarni ketma-ket joylashishini oqsilni birlamchi qurilishini, ya’ni sintezlangan oqsil molekulasida alohida aminokislotalarni ketma-ket tartib bilan joylashishini belgilaydi.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə