4-mmt-22-Guruh- guruh talabasi



Yüklə 25,95 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü25,95 Kb.
#151338
Mashg\'ulot ishlanmasi.1- topshiriq javobi. Uchburchak shaklini sezgi, harakat va ko\'ruv yo\'llari bilan tekshirishni usullarini o\'rgatish





XALQARO NORDIK UNIVERSITETI


4-MMT-22-Guruh- guruh talabasi
__F.I.O. _Shuxratova Durdona Rustam qizi_ning
Elementara matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi fanidan
: Uchburchak shaklini sezgi, harakat va ko'ruv yo'llari bilan tekshirishni usullarini o'rgatish _mavzusida
bajarilgan 1-topshirig‘i

TOSHKENT- 2023
Maktabgacha ta’lim muassasalari kata guruh uchun mashg‘ulot ishlanmasi.

Mavzu: Uchburchak shaklini sezgi, harakat va ko'ruv yo'llari bilan tekshirishni usullarini o'rgatish
Maqsad: Bolalarda geometrik shakllardan uchburchak shaklini
Ta’savurlarini oshirish va ularga ko’ruv,sezgilari va harakatlari orqali tanishr
tirish
Rivojlantiruvchi: tarbiyalanuvchilarda bolalarda uchburchakni qanday ekanligini tassavur etish va uni boshqa geometrik shakllar orasida ajratib olishni o’rgatish va tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish.
Kerakli jihozlar: Ranglari turli xil bo’lgan geometrik shakllar, uchburchak shaklida qirqilgan va bo’yalgan kartochkalar, uchburchak shaklida tarqatma kartochkalar.
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar bugun juda qiziq narsalarni o’rganamiz. Uchburchak bilan tanishtirish uni doira va kvadrat bilan taqqoslash asosida o‘tkaziladi. Dastlab shakllar juftlab taqqoslanadi, masalan, birinchi mashg‘ulotda uchburchak bilan doira taqqoslanadi. Tarbiyachi uchburchakni ko‘rsatib, bolalar e’tiborini burchaklarga qaratgan holda uchburchak konturi bo‘ylab barmog‘ini (ko‘p marta) yuritib chiqadi. “Barmoq burchakkacha boradi, to‘xtaydi, burchakni aylanib, yana nariga ketadi. Yana bir marta burchakkacha boradi, burchakni aylanadi, yana nariga ketadi”,—deb tushuntiradi tarbiyachi. U shaklni aytadi (“Bu — uchburchak”), uning qanday rangda ekanini so‘raydi, bolalarning e’tiborini uchburchakning tomonlari borligiga, ular 3 ta ekaniga, burchaklari borligiga va ular ham 3 ta ekaniga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi bolalardan o‘z uchburchaklarini ko‘rsatishni, ularni sanashni, uning burchaklari nechta ekanini so‘raydi. Keyingi mashg‘ulotlarda uchburchak bilan kvadrat shunga o‘xshash taqqoslanadi, shundan keyin esa doira, kvadrat va uchburchak bir vaqtda taqqoslanadi.

Tarbiyalanuvchilarni faollashtirish: Tarbiyachi bolalar e’tiborini uchburchaklar, doiralar va kvadratlar katta o‘lchamli ham, kichik o‘lchamli ham bo‘lishiga qaratadi, har xil rangli katta va kichik shakllarni ustiga qo‘yish usuli bilan taqqoslashni taklif qiladi, shakli bir xil bo‘lgan shakllar har xil rangli va har xil o‘lchamli bo‘lishi mumkinligini tushuntiradi.
O‘rta guruhda tarbiyachi bolalarda har xil shakldagi shakllarni idrok qilish tajribasini to‘plashida davom ettiradi. Bolalar ikki-besh qismdan iborat sodda va murakkabroq shakldagi buyumlarni ko‘zdan kechirishadi va rasmlarini chizishadi, Navbatdagi mashg‘ulotda ular uchburchaklarni ham xuddi shunday tekshirishadi, hamma uchburchakda uchtadan burchak va uchtadan tomon borligini aniqlashadi. Bunday mashqlarni bolalar shakllarni tekshirib, ko‘yilgan savolga javobni mustaqil izlab topa oladigan qilibtuzish kerak.



Maktabgacha yoshdagi bolalarga uchburchak shakllni o’rgatish uchun "Uchburchakni shakni top ", "Sehrli sumka", va boshqa o'yinlardan foydalansa bo’ladi.
"Sehrli sumka" o'yinida o'qituvchi bolalarni namunaga qarshi shaklni tanlash, namunadan topishni o'rgatadi. Stolda tanish bolalar va sumka bir xil bo'lgan geometrik shakllar mavjud. Avvaliga diqqat jadvalga joylashtirilgan geometrik shakllarga e'tibor qaratadi va ularni orasidan uchburchaklarni ko’rishlari orqali uchburchaklarni topishlari kerak bo’ladi .Tarbiyachi ularni chaqirishadi. Keyin, bolalar ko'rsatmalarga ko'ra, stolda turgan uchburchaklarni va yig’ib olishlari kerak bo’ladi. Agar bolalar vazifani bajara olmasa, tarbiyachi yana bir bor rasmni ko'rib chiqishni aytadi:



O'yinni qayta amalga oshirishda geometrik shakllar sonini ko'ptiradi. ". Bunday vazifalar qiyin, ammo odatda bolalar uchun oson. Uchburchak shaklini ajratib olishlari bu ularni qanchalik shaklni o’rganib yoki bilib olganliklaridan dalolat beradi.




Tarbiyachi: Xo’sh unda sizlar bilan bir o’yin o’ynaymiz hozir men har hil shakllarni stolim ustiga aralashtirib tarqatib chiqaman sizlar esa ularni orasidan tezda uchburchaklarni ajratib berasizlar
Tarbiyalanuvchilar.Hop‘ bo’ladi.
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar. Sizlar buncha aqilli bolasizlar unda mashg‘ulotimizni boshkadik.
1-topshiriq. Tarbiyachi:Qani bolajonlar stol ustidagi geometrik shakklar ichidan uchburchak shaklini ajratib beringlarchi
1-tarbiyalanuvchi: Stol ustida 2 ta uchburchak bor.
Tarbiyachi: Qani uchburchak qanday shaklligini aytib beringchi.
1-tarbiyalanuvchi: Uchburchak bu 3 ta o’tkir qirrqsi bo’lgan shaklku
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar.





Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:



  1. Bolalar uchburchaklar qanday shakllar ekan ?

  2. Uchburchaklarni biz qanday qilib boshqa shakllardan ajratib olamiz ?

  3. Ko’zingizni yumilgan holda shaklni aniqlab berasizlarmi?

Yüklə 25,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə