Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 68,8 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü68,8 Kb.
#183419
1   2   3
AMALIYOT HISOBOTI Ibrohimov G\'

b

Rasm. Sement ishlab chiqarishdagi qattiq chiqindilar:
a - fil’trda ushlab qolingan; b – pechda hosil bo’lgan shlak



Tajribalar natijasida asfal’t kompozitsiyasidagi qum va chaqilgan toshning bir qismini sement ishlab chiqarishdagi qattiq chiqindilarga almashtirish mahsulotning zichligi va mustahkamligi 1,2-1,5 barobar ortishi hamda kompozitsiyaning suv shimish darajasi 6 % dan 2 % gacha kamayishi kuzatildi. Olingan namunalarning fizik–mexanik xususiyatlari o’zaro solishtirilib, yangi kompozitsiyaning mustaxkamligi ortishiga qo’shilgan qo’shimcha yuzasida bitumning yuqori darajadagi adgeziyasi natijasi ekanligi aniqlandi.
Asfaltbeton tayyorlashda hozirgi kunda foydalanilayotgan chaqiq toshning 30 % qismini va qumning 10 % qismini sement ishlab chiqarishda ajralib chiqayotgan qattiq chiqindilarning tegishli fraksiyalaridan tayyorlangan qo’shimchalarga almashtirish bir tomondan chiqindilarni samarali utilizatsiya qilib, yuqori sifatli kompozitsiya olishga va ikkinchi tomondan esa tabiiy resurslarni tejash va tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirishiga hissa qo’shishi mumkinligi ko’rsatildi.




Ilmiy amaliyotning yettinchi xaftasida ilmiy raxbarim Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna ko`rsatmalari asosida dissertatsiya mavzuim bo’yicha “Аfgon shamoli” natijasida hosil bo`ladigan havodai chang va boshqa moddalarning inson salomatligiga va boshqa tirik organizmlarga salbiy ta`sirlarini o`rgandim. “Аfgon shamoli” qanday hosil bo`lishi va qancha vaqt davom etishi haqida adabiyotlar va ilmiy jurnallardan ma`lumotlar to`pladim ilmiy izlanuvchilar va olimlar dissertatsiyalaridan ma`lumotlar to`pladim. Aynan Surxondaryo viloyatida “Аfgon shamoli” (garmsel) taʼsirida changlarning xavoga kutarilishi okibatida kuyidagi tizimli muammolar vujudga kelmovda. Jumladan: -xududning ekologik xolati buzilib, iqlim salbiy tomonga uzgarib bormoqda; Chang kutarilishi kamida 12 soatdan 24 soatgacha ayrim vaqtlarda bundan xam kuproq vaqt davom etishi oqibatida, odamlarning nafas olishi qiyinlashib, o`z navbatida issik oqim (garmsel) kirib kelishiga sabab bo`ladi. Аxolining salomatligi yomonlashuviga, ular orasida turli kasalliklar tarkalishiga olib kelmoqda. “Аfgon shamoli” kirib kelishidan oldin va kirishi davomida yurak ishemik kasalligi urtacha 2,5 barobarga, miokard infarkti 3 barobarga, bosh miya insultlari 2,8 barobarga oshganligi kuzatilgan. Ushbu kasaliklar asosan kislorod yetishmovchiligi oqibatida vujudga kelgan. Shuningdek, o`simlik va xayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetmoqda. “Аfgon shamoli” taʼsirida Termiz shaxri, Termiz, Muzrobot, Аngor va Jarqurgon tumanlaridagi ko`p yillik daraxtlar yaprovdarini chang qoplashi, xosil pishgan vaqtlarda xosilning bevaqt to`kilishi va o`simlik kasalliklari kuzatilmoqda. Joriy yilning 8-mart kuni sodir bo`lgan “Аfgon shamoli” taʼsirida Termiz shaxri xamda Termiz, Аngor tumanlarida chang buronlari sodir bo`ldi. Mazkur xolatning axoli salomatligiga xamda atrof muxitga taʼsirini o`rganish maqsadida Viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xamda Gidrometiralogiya xizmati xodimlarida iborat ishchi gurux tomonidan 2023 yil 8-mart kuni tungi 23:00 dan, 9-mart kuni soat 18:00 ga kadar bo`lgan vaqt oraligida Termiz shaxri, Termiz va Аngor tumanlari xududidan 6 marotaba atmosfera xavosidan “EKOLАB” va “Аspirator” uskunalari yordamida havodagi oksid uglerod (CO2), serovodorod (ITS), dioksid ser (SO2), dioksid azot (NO2), ftorovodorod (HF), ammiak (NH3) va formaldegida (SN2O ) va changdan namunalar olindi.


Ilmiy amaliyotning oxirgi xaftasida barcha o`rgangan ishlarimni jamladim ulardan xulosalar chiqardim. Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislarining ilmiy faoliyati laboratoriya jarayonlarining olib borilishi va amalga oshirilgan loyihalar asosida tashkil qilingan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdim.


Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislari yordamida havodagi chang va boshqa birikmalarni aniqlashda foydalaniladigan reaktorlar, elektron tarozi qurulmalaridan foydalanishni va ulardan mustaqil natijal olishni o`rgandim. Surxondaryo viloyat atmosfera havosidagi chang va boshqa moddalarni kamaytirish bo`yicha ishlarni yo`lga qo`yish “Аfgon shamoli” vaqtida ko`tarilgan chang havoning oldini olish va insonlar salomatligini taminlash bo`yicha ishlar haqida ma`lumotlar yig`dim. Shu bilan 8-haftalik amaliyot jarayonimni yakunladim.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki 8-haftalik amaliyot jarayonim men uchun juda katta tajriba maktabi bo’lib xizmat qildi va ta`surotlarga boy bo’ldi. Amaliyot davomida men ko’p narsalarni o’rgandim. Avvalo laboratoriyada ishlash ko’nikmalkari va qoidalari bilan atroflicha tanishdim va eng birinchi ilmiy izlanuvchilar uchun eng muhim bo`lgan aniqlikka etibor berish lozimligini va har bir natija olganda eng kammida 3 marta namuna olish zarrurligini va har doim aniqlikda ishlash kerakligini ilmiy rahbarim va tajribali xodimlardan o`rgandim. Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislari ishtirokida laboratoriya sharoitida havodagi chang va boshqa moddalarni o`rgandim havodan namunalar olib ushbu olingan namunalarni Sanitariya qoidalari va miyorlari (СанПиН РУз № 0293-11) RIM darajasida yoki undan yuqoriligi bo`yicha doimiy mutaxassislar bilan birgalikda ishladim. 8-haftalik amaliyot jarayoni men Sanitariya qoidalari va miyorlari (СанПиН РУз № 0293-11) RIM darajalarini o`rgandim havodagi chang va boshqa kimyoviy moddalar miqdorini aniqlash va ularning chegarasini belgilashda (СанПиН РУз № 0293-11) RIM darajalarining ahamiyatini o`rgandim.
Laboratoriyada ishlash davomida tajribalarni to’g’ri va aniq bajarish bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlarni ilmiy rahbarim Kuldasheva Shaxnoza Abdullazizovadan doimiy olib bordim.
Amaliyotim mening kelajakdagi faoliyatim uchun juda katta tajriba bo’ldi. Xulosa qilladigan bo’lsam o’tgan 8-hafta vaqtimdan sira ham achinmayman.Amaliyot davrim qiziqarli va maroqli o’tdi.
Suxondaryo viloyatining atmosfera havodagi chang miqdori va boshqa birikmalarni aniqlash usullarini o`rganish va baholashda ko‘plab yangiliklarni o‘rganish bilan birga atmosfera havosiga ko‘plab zararli kimyoviy birikmalar chiqardigan ishlab chiqarish sanoatlari, zavodlariga atmosferaga chang va turli xildagi kimyoviy birikmalari chiqishining oldini olish bo`yicha xulosalar va takliflar ishlab chiqdik. Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda har bir hududda atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi abektlar va transport vositalari bor shularni inobatga olgan holda atmosfera havosini asrashimiz eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘rganilgan ilmiy tadqiqot ishlarning tahlilidan atmosfera havosida chang va boshqa zararli birikmalar miqdorini INFRACAR 5M-3T.02 gazoanalizatori asbobi, EKOLAB asbobi va ASPIRATOR asboblari bilan o‘lchashga oid ma’lumotlar keltirilgan, asosan turli xil ishlab chiqish korxonalari talofatlar yuzasidan kelib chiqqan zararlanishlar to‘g‘risida fikr yuritilgan.
Inson va barcha tirik organizmlarning yashash muhitida chang zarachalari va kimyoviy birikmalarning miyordan ortishi natijasida turli xildagi salbiy oqibatlar kuzatiladi. Changlangan havo va sanoat, transportlardan chiqayotgan kimyoviy birikmalar yig`ilib qolgan joylarda insonlar nafas olishi natijasida inson nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari, ko‘zda oq parda hosil bo‘lishi, teri yalig‘lanishi, o‘pkansilikozi va boshqa yana bir qancha xavfli kasaliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Shu kabi kasaliklarning oldini olish uchun eng avvolo atmosfera havosiga chiqayotgan chang va boshqa zararli moddalarni kamaytirish zarurligini tushib bu bo`yicha ilmiy va amaliy ishlarni ko`paytirsh kerakligini har birimiz bilishim zarur.
Amaliyotchi : A.Maxammadiyev
Yüklə 68,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya