Termiz muhandislik-texnologiya instituti


Magistrlarning ilmiy amaliyotini o‘tashi to‘g‘risida



Yüklə 68,8 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü68,8 Kb.
#183419
1   2   3
AMALIYOT HISOBOTI Ibrohimov G\'

Magistrlarning ilmiy amaliyotini o‘tashi to‘g‘risida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizom, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari va namunaviy o‘quv rejasiga muvofiq talabalarning ilmiy amaliyotini tashkil etish maqsadida Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) mutaxassisligi
2-kurs AMM21M guruhi magistr talabalarni 2023-yil 30-yanvardan 25-martgacha 8 (sakkiz) haftalik muddatda Termiz muhandislik-texnologiya instituti, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zRFA UNKI, ToshDTU, TKTITI, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutlarida ilmiy amaliyotini o‘tashga ruxsat berilsin.
Ilmiy amaliyotning dastlabki xaftasida, Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘ldik. Biz Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida mavjud laboratoriya va undagi jihozlar bilan tanishdik. Ushbu ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida aynan ozimning disertatsiyamga bogliq bolgan laboratoriya va Atmosfera havosini nazorat qilish sektori xonalari bilan tanishdim.



Ilmiy amaliyotning ikkinchi xaftasida Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tarkibidagi laboratoriya xonalari bilan tanishdik. Bizni Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassisi G.Shukuriva va Atmosfera mutaxassisi A.Nurmatovlar kutib oldi. Ular Atmosfera havosini nazorat qilish sektorida, olib borayotgan tadqiqotlar va havodagi turli xil moddalar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdi.


Undan so’ng Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mavjud zamonaviy laboratoriya qurulmalari: Xususan Elektroliz qurulmasi,mineral Ekolab, Gazanalizatori, Asperator, AFA feltirlari va Anolitik tarozilar bilan yana bir bor tanishtirdilar. Bu asboblar yordamida havodagi chang turlarini hamda boshqa moddalarni RIM miqdorida yoki undan yuqoriligini aniqlashda foydalanish mumkinligi va ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirdilar.


Ilmiy amaliyotning uchinchi xaftasida Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislarining ilmiy faoliyati laboratoriya jarayonlarining olib borilishi va amalga oshirilgan loyihalar asosida tashkil qilingan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdim.


Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislari yordamida havodagi chang va boshqa bilikmalarni aniqlashda foydalaniladigan reaktorlar, elektron tarozi qurulmalaridan foydalanishni va ulardan mustaqil natijal olishni o`rgandim.
EKOLAB gaz analizatori nazorat qilish moslamasi funksiyasi bilan jihozlangan (o'lchangan moddaning belgilangan maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyasi darajasi (MPL) oshib ketganda, ovozli va yorug'lik signallari ishga tushiriladi).
Aspirator havodagi changni AFA-IS-20 filtrlariga so`rishi natijasida havodagi yoki turg`un manbadan chiqayotgan chang va boshqa birikmalar miqdori aniqlanadi. Shu kabi asboblardan foydalanishni va ularning ishlatish funksiyalarini o`rgandim.

Ilmiy amaliyotning to’rtinchi xaftasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2023-yil 28-yanvardagi “Magistrlarning ilmiy amaliyotini o‘tashi to‘g‘risida” gi 16-T sonli buyrug`ida nazarda tutilgan ya`ni magistir talabalari ilmiy amaliyotini Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va TMTI, O‘zRFA UNKI, larda o`tashi ko`zda tutilganligini hamda eng zamonaviy ilmiy va texnik ishlar bilan tanoishish maqsadida Toshkent muxandislik texnika instituti va Umumiy noorganik kimyo institutlariga bordek, institutilardagi daktorantura talabalarining ilmiy faoliyati laboratoriya jarayonlarining olib borilishi va amalga oshirilgan loyihalar asosida tashkil qilingan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Ushbu institutlarda mavjud eng zamonaviy asbob uskunalar bilan tanishdek.





Umumiy noorganik kimyo institutida mavjud bo`lgan asboblar va mekroskoplar yordamida ilmiy rahbarim k.f.f,d, prof. Sh.Kuldashiva bilan birgalikda havodagi chang tarkibini va strukturasi va tarkibidagi moddalarning miqdorini aniqluvchi qurulma bilan hamda kukun ko’rinishidagi moddalarni tarkibi, uning strukturasi va tarkibidagi moddalarning miqdorini aniqluvchi qurulmalar bilan tanishdik. .

Bundan tashqari biz institute bilan hamkorlik olib borilayotgan korxonalar, ulardagi muammalorni hal qilish ustida olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot oldik. Shu bilan birgalikda boshqa institute talabalari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarini bajarishda o’zlarining amaliy yordamlarini berilishi, ular bilan birga ishlash va tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish choralari haqida ko’rsatmalar berildi.Bunda tashqari institut yosh olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar ilmiy izlanishlar aynan mening dissertatsiya ishimga ta`luqli ishlar bilan yaqindan tanishdim va bugungi kunda hukumat darajsida turgan ekologik muommolar qatoridagi havoning ifloslanishi chang bo`ronlarining oldini olish bo`yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdim. Asfalta biton bo`yicha qilingan va qilinayotgan dissertatsiya ishlari bilan yaqindan tanishdim. Bu institutda ham ekologik muammolarni hal qiluvchi ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar ko`plab olib borilmoqda.





Ilmiy amaliyotning “UzRFA Akademik Obid Sodiqov nimodagi bioorganik kimyo instituti”dagi daktorantura talabalarining ilmiy faoliyati laboratoriya jarayonlarining olib borilishi va amalga oshirilgan loyihalar asosida tashkil qilingan ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Ushbu institutda O’zbekistonda yagona bo’lgan XtaLAB SYNURGY rusumli faqatgina kristall moddalar tarkibi, uning strukturasi va tarkibidagi moddalarning miqdorini aniqluvchi qurulma bilan hamda kukun ko’rinishidagi moddalarni tarkibi, uning strukturasi va tarkibidagi moddalarning miqdorini aniqluvchi qurulmalar bilan tanishdik.


Bundan tashqari biz Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilgan va biz o’sha markazga tashrif buydik uyertaki inovatsiyon g’oyalar va so’ngi ruumdagi uskunalr bilan tasnishdik




Bundan tashqari biz institute bilan hamkorlik olib borilayotgan korxonalar, ulardagi muammalorni hal qilish ustida olib borilayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot oldik. Shu bilan birgalikda boshqa institute talabalari o’zlarining ilmiy tadqiqotlarini bajarishda o’zlarining amaliy yordamlarini berilishi, ular bilan birga ishlash va tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish choralari haqida ko’rsatmalar berildi.
Ilmiy amaliyotning beshinchi kunida Toshkent kimyo texnologiya intituti “Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi” fakulteti va fakultet tarkibidagi auditoriyalari va laboratoriya xonalari bilan tanishdik. Institutda mavjut zamonaviy laboratoriya qurulmalaridan : modda muhitini aniqlovchi elektron phmetr, magnetli meshalka, maydalovchi tegirmon, aylanma tartibda ishlovchi viskozimetr, MB200 Aczet rusumli maydalovchi qurulma, EA-1706 markali isssiqlik almashinish qurulmalari modeli , kalorimetr kabi qurulmalar bilan tashdik


Ilmiy am1aliyotning beshinchi va oltinchi xaftalarida ilmiy raxbarim Ubaydulla Safayev ko`rsatmalari asosida dissertatsiya mavzuim bo’yicha Surxondaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini nazorat qilish sektori mutaxassislari ishtirokida SHERABOT SEMENT zavodidan sement chiqindilari yani filtira ushlab qolingan changda va sement pechida qolib ketgan olov ko’rgan shilaklaridan namunalar olib ushbu olingan namunalarni Ilmiy rahbarim bilan birgalikda asfalta qo’shish bo`yicha ishlar olib bordim. jarayonini amalga oshirdik.


Asfaltaga sement chiqindilarini qo’shishda olingan tahlil natijalari boʼyicha mа`lumot.
Ma’lumki, asfaltbeton ko’p komponentli aralashma bo’lib, organik qismi asosan bitumdan, mineral qismi esa qum va turli fraksiyalardagi maydalangan toshlardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari asfalbeton kompozitsiyasining xususiyatlarini yaxshilash uchun turli maxsus qo’shimchalar ham ishlatiladi. Chunki asosiy bog’lovchi hisoblangan bitumning xossalari yuqori sifatli yo’l qoplamasi talablariga javob bermaydi. Masalan, bitumga haroratga ta’sirchan bo’lib, yuqori haroratlarda yumshaydi va yopishqoq holatga, past haroratlarda yesa juda qattiq va mo’rt holatga aylanadi.
Yo’l qoplamalarini mustahkamligi, suv ta’siri va issiq-sovuqqa chidamli bo’lishi mineral komponentlar bilan bitum o’rtasidaga adgezion bog’ning qay darajada kuchli bo’lishiga va bitum makromolekulasida struktura hosil bo’lishiga bog’liqdir. Bunga erishishning ikki yo’li mavjud bo’lib, birinchisi bitumning kimyoviy strukturasiga ta’sir qiluvchi birikmalardan foydalanishdir. Ikkinchi yo’li esa kompozitsiyaning mineral komponentlari bo’lgan tosh va qumning bir qismini gidrofil xususiyatli boshqa komponetlar bilan almashtirishdir. Gidrofil qo’shimchalardan foydalanish samarali yo’l hisoblanib, buning natijasida sanoatning bir qancha ko’p tonnali qattiq chiqindilarini utilizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.
Asfaltbeton kompozitsiyasini olishda yana bir jihat tosh materiallarning uzluksiz granulametriyasi bilan aralashmani tanlab olish bo’lib, ushbu parametr mayda fraksiyalar bilan katta fraksiyalarini siqish orqali asfal’t qoplamasining zichligi va yuqori mexanik xususiyatlarini kafolatlaydi. Mineral qismining uzluksiz granulametriyasi bilan aralashmasidan hosil bo’lgan qoplama yuqori mustaxkamlik va barqarorlikka ega [1,2]. Ushbu aralashmaning ishlab chiqarishda muhim hisoblangan zichlik ko’rsatkichi bilan bir qatorda kompozitsiyaning ideal bir xilligiga erishish uchun ingrediyentlarni aralashtirish jarayoni ham juda muxim ahamiyatga ega. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, metallurgiya sanoatida hosil bo’ladigan shlaklar, sement klinkeri tayyorlash pechining qattiq chiqindilari gidrofilligi va boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha asfal’tbeton kompozitsiyasi olishda ishlatilishi mumkin.

a



Yüklə 68,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə