Kech qolingan orderlar



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#139137
Strategiya-1



Kech qolingan orderlar 
Bugun juda ko`pchilikni qiynayotgan savolga to`xtalib o`tmoqchiman ya`ni buzilish (пробой) 
paytda bitim ochishga ulgurmasek narx yurib bo`lgandan so`ng bitim ochsak bo`ladimi 
degan savolni ko`p o`quvchilar bermoqda. Shu sababli buni to`lliq tushuntirishga harakat 
qilaman. 
Ko'pchilik buzilish (пробой) paytda birinchi nuqtadan savdoga kirishga ulgurmasa, narx 
ikkinchi nuqtaga kelganda savdoga kiradi 
Tasavvur qiling bir necha kunlab kutayotgan buzilish (пробой)ni òtkazib yuborib, savdoga 
kirishga ulgurmadiz . Endi nima qilish kerak degan savol miyyangizda aylanadi va shuncha 
kun kutganim bir pul bòladimi deb navbatdagi xatoga yòl qòyasiz yani kech qolgan 
bo’lsangiz ham bitim ochasiz. Bu esa stopni diapazoni kattalashib ketishiga sabab boladi. 
Havotir olmang siz yolĝiz emassiz))) Bunday payt ko’pchilik traderlar shu vaziyatdan quruq 
qolmay deb buzilish (пробой)dan keyin yurib bo’lgan bolsa ham savdoga kirishadi. Natijada 
narx orqaga qaytib stopni urib yana yo’lida davom etaveradi 


Ikkinchi nuqtada savdoga kirganingizda esa mana bu holat yuzaga keladi. Ya’ni narx kuchli 
impulsdan so’ng, ortga qaytish holatiga o’tadi. Bu esa retest deyiladi. 
Narx esa stop lossingizni urib yana tushishda davom etaveradi yani quyidagicha. 


Mana bu tarzda narx stopingizni urib sizni o’yindan chiqaradida yana yo’lida davom etadi. 
Kimda shunday holat bo’lgan, shu xatoni esladingizmi? 
Narx juda ko’p hollarda buzilish (пробой) bo’lgan liniyaga qaytib keladi va liniyaga urilib 
yana yo’lida davom etaveradi, ana o’shanda narx liniyaga qaytib kelganda (3-nuqtada) 
savdoga kirishga ulgurmaganlar savdoga kirishi mumkin bo’ladi. "Agar narx buzilish 
(пробой) liniyaga qaytib kelmasa savdoga kirmaslik kerak, agar kelsa savdoga kirish kerak" 
shu qoidaga rioya qilgan holda savdo qilsa bo’ladi. 
Endi haqiqiy grafikda buni korib chiqamiz. 
Biz darslarda shunday savdo qilishni òrgandik, tòĝrimi? Ko’rsatilgan nuqtada sell ochib 
global liniyagacha kutar edik, lekin nimadur boldida praboyni òtkazib yuborib save zonaga 
yaqinlashganda savdoga kirdiz, natijada narx save zonaga urilib orqaga qaytadi va stopni 
yaqin qoygan bolsangiz urib ketishi mumkin. 


Mana endi liniyalarga retest holatida savdoga kirishni ko’rib chiqamiz. 






Mana endi grafikga etibor bering, har bir liniyani buzilganidan (пробой) keyin òsha buzilgan 
(пробой) qilgan liniyaga qaytib kelganini va qaytib kelgandan so’ng unga urilib yana 
tushishni davom ettirganini ko’rishingiz mumkin.
Endi savol tug’iladi: agar narx liniyaga qaytib kelib liniyaning ichiga kirib olsachi. Bu holatda 
narx liniyani buzilish (пробой) qilib yana orqasiga qaytgan bo’lsa u holda (ложный пробой) 
bo’lgan bo’lib, liniya skritiylik xususuyatga ega bo’lib qoladi. Undan keyin yana kutib shu 
skritiy liniyani buzilish (пробой) dan perezaxod qilishimiz mumkin bo’ladi. (ложный 
пробой)ga aldanmaslik uchun esa narx liniyaga qaytib kelganda o’zini qanday tutishini va 
lokalniy praboyini kutib savdoga kirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Eslatma: 
Agar narx liniyaga qaytib kelsa, liniyani ichiga yana qaytib kirib yolg’on 
buzilish (ложный пробой) yasab olishi mumkin. Yolg’on buzilish (ложный пробой)ga 
aldanib qolmaslik uchun esa liniyaga urilgan paytda narx òzini qanday tutishini kuzatib 
kichik taymlarda buzilish (пробой )dan keyin savdoga kirish kerak. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə