Termiz muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 68,8 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü68,8 Kb.
#183419
  1   2   3
AMALIYOT HISOBOTI Ibrohimov G\'


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


MAGISTRATURA BO‘LIMI




70710401Atrof-muhit muhofazasi (sanoat korxonalari)”mutaxassisligi magistranti
Ibrohimov Giyosiddin Bahriddin o’g’lining
AMALIYOT HISOBOTI

Termiz-2023



KIRISH
Magistratura mutaxassisigi talabalari 4-semestr davomida ilmiy amaliyot (ilmiy amaliyot) o‘taydilar. Ilmiy amaliyot davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o‘rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertasiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig‘ish, magistrlik dissertasiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertasiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo‘lgan tajriba-sinovlarni o‘tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradilar. Ilmiy amaliyotni tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko‘ra magistratura talabasini ilmiy amaliyot o‘tashga yuborish masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Magistratura talabasi kadrlar iste’molchilari tomonidan tanlov asosida ilmiy amaliyot o‘tashga jalb qilinishi mumkin. Ilmiy amaliyot o‘tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro‘yxati OTMdan ilmiy amaliyot rahbari ko‘rsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy amaliyot o‘tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan ta’minlash imkoniyati hisobga olinadi. Ilmiy amaliyot OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda o‘tkazilishi nazarda tutilganda, ilmiy amaliyotga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
❖Ilmiy amaliyot o‘tash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
❖tayyorlov bosqichi (ilmiy amaliyot o‘tashning birinchi kuni);
❖asosiy bosqich;
❖yakuniy bosqich (ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasi).
Ilmiy amaliyot o‘tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan ilmiy amaliyot rahbari tomonidan ilmiy amaliyot o‘tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda ilmiy amaliyot o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga ilmiy amaliyot o‘tash dasturiga muvofiq tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan ilmiy amaliyot rahbari bilan kelishgan holda ilmiy amaliyot o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi. Ilmiy amaliyot o‘tashning asosiy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan ilmiy amaliyot o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja-jadvalda (kalendar rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi. Ilmiy amaliyot o‘tashning yakuniy bosqichida - magistratura talabasi tomonidan ilmiy amaliyot o‘tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko‘rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi. Magistratura talabasi ilmiy amaliyot o‘tab bo‘lgandan so‘ng, ilmiy amaliyot bo‘yicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi. Ilmiy amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim: ➢ ilmiy amaliyot muddati, ilmiy amaliyot o‘talgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri;
➢ OTMdagi ilmiy amaliyot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan ilmiy amaliyot rahbari haqida qisqacha ma’lumotlar,;
➢ ilmiy amaliyot dasturida ko‘rsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar bo‘yicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar;
➢ ilmiy amaliyot xorijda o‘talgan bo‘lsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limining xorijda o‘talgan ilmiy amaliyot bo‘yicha xulosalarini aks ettiruvchi ma’lumotlar;
➢ sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar; Ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasi ilmiy amaliyot yakunlangandan so‘ng, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi. Magistratura talabasi OTMda ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilgunga qadar ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yig‘ilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi. Magistratura talabasi ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasi o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi ilmiy amaliyot rahbariga ilmiy amaliyot yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
✓ ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot;
ilmiy amaliyot kundaligi;
✓ ilmiy amaliyot o‘tash vaqtida to‘plangan materiallar yig‘majildi (ularning ro‘yxati ilmiy amaliyot kundaligida aks ettirilgan bo‘lishi lozim).
To‘plangan materiallar yig‘majildi ilmiy amaliyot bo‘yicha baho qo‘yilgandan so‘ng, kelgusida o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi. OTMdan ilmiy amaliyot rahbari ilmiy amaliyot yakuni bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib, ilmiy amaliyot kundaligida ilmiy amaliyot o‘tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi. Ilmiy amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan OTMning malakali va tajribali pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda o‘tkaziladi.

Yüklə 68,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə