Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Matimatik statistik tahlillar



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/9
tarix21.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#118392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Binoqulova Iroda 421

2.3.Matimatik statistik tahlillar.



JINSI



Respondentlar soni



Foiz korsatgichi



OLingan natijalarning Foiz korsatgichi

1

AYOL

26

56%

56%

2

ERKAK

24

44%

44%

JAMI




50

100%

100%



50-----------100%


28ta ayol--------x=56%
50-------------100%
22ta erkak-------x=44%



50--------------100%


28-------------x=56%ayollar
50-------------100%
22-------------x=44%erkaklar




Olingan metodikaning natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki har ikkala guruhda ham erkaklarga nisbatan ayollarning diqqat va xotira darajasi yaxshi rivojlangan
Xulosa
Xulosa qilib aytsak , diqqat harakatga qo`shilib va u bilan o`zaro chatishib, ob’ekt bilan mustahkam bog`lanish hosil qiladi”. Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Diqqatning ko`chishi sub’ektning bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga, bir harakatdan ikkinchi harakatga ataylab o`tishda namoyon bo`ladi. Diqqatni ko`chirishning muvaffakiyati bir qancha shart sharoitlariga bog`liqdir. Ko`chirishi oldingi va keyingi faoliyatning xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqatning ko`chirilishi ko`p jihatdan yangi faoliyat maqsadning shaxs uchun ahamiyati, uning aniq ravonligi va soddaligi bilan belgilanadi. Diqqatning ko`chirilishida anchagina individual farklar mavjuddir. Ba’zi odamlar bir faoliyatini qo`yib, ikkinchisini bajarishga tez va osongina kirishib ketsa, boshqalariga bunday tarzda o`tish uchun uzoq vaqt va anchagina kuch-g`ayrat sarflashga to`g`ri keladi. Hozirgi ko`pgina kasblar aynan diqqatning ko`chuvchanligiga nisbatan yuksak talablar qo`ymoqda. Diqqatning ko`chishi o`quv jarayonida ham katta ahamiyatga egadir, diqqatning ko`chishi bilan bir qatorda uning bo`linishini xam alohida ajratib ko`rsatadilar. Diqqatning bo`linishi deganda uning asosiy faoliyatidan uni muvaffaqiyatli tarzda bajarish uchun ahamiyatsiz ob’ektlarga ixtiyorsiz ko`chirilishi tushuniladi. Diqqatning taqsimlanishi ikkita va undan ko`proq faoliyat turlarining (bir qancha harakatlarining) ayni bir vaqtning o`zida (biriga qo`yib) muvaffaqiyatli bajarishi imkoniyati bilan bog`liq xususiyatdir. Diqqatning yuksak darajada taqsimlanishi ko`pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Operatorlar, ko`plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilar va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi. Diqqatning taqsimlanishi mumkinligi bir qancha shart-sharoitlarga bog`liqdir. Faoliyatning birgalikda bajariladigan turlari yoki hal etiladigan vazifalar qanchalik murakkab bulsa, diqqatga aylanishi ham shunchalik qiyin bo`ladi. Diqqatni taqsimlash malakasi o`quv faoliyatini egallab olish jarayonida shakllanadi, u mashq qilish va tegishli ko`nikmalarni orttirish orqali rivojlantirilishi mumkin. Diqqatning xususiyatlari qatoriga ayni bir vaqtning o`zida aniq ravshan idrok etiladigan ob’ektlar soni bilan belgilanadigan ko`lami ham kiradi. Diqqatning ko`lami idrok etiladigan ob’ektlarning xususiyatlarga bog`liq buladi. Jumladan, anglanilgan matn taqdim etilganda 14 harfli so`zlar osongina ilg`ab olinadi. Kichik lami juda ham cheklangan bo`ladi . Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Diqqat deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə