Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Kichik maktab yoshidagi bolalarda diqqat va xotiraning o’rni



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/9
tarix21.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#118392
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Binoqulova Iroda 421

1.2.Kichik maktab yoshidagi bolalarda diqqat va xotiraning o’rni.
"Miya yarim sharlarining optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo’ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo’ladi. Shunday qilib, optimal qo’zg’alishga ega bo’lgan joy ayni chog’da bosh miya yarim sharlarining ijodga 117 layoqatli qismi desa bo’ladi. Miya yarim sharlarining sust qo’zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog’da funksiyasi juda nari borganda tegishli qo’zg’ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir". I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po’stining bir joyida maydonga kelgan qo’zg’alish jarayonlari bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po’stining boshqa joylarida kuchli qo’zg’alish jarayonlarini paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytda har bir onida miya po’stida qo’zg’alish jarayoni uchun optimal, ya'ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo’zg’alish manbai mavjud bo’ladi. "Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo’lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko’rinadigan bo’lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo’zg’alish uchun eng yaxshi sharoit tug’ilgan nuqtasi miltillab ko’rinadigan bo’lsa, yangi sog’lom bir narsani o’ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda halati jimjimador shakli, surati va hajmi har damda bir o’zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turgan yoruq narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug’ narsa atrofidagi boshqa yerlarni bir muncha xira tortib turganini ko’rardik".
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo’zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron o’chog’i mavjud bo’ladi, bu hukmron qo’zg’alish o’chog’i aynan shu damda miyaga ta'sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo’zg’alishning hukmron bo’lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo’zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta'sir qilib turgan boshqa qo’zg’atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o’ziga xarakterli bo’lgan tashqi ifodalari bilan bog’liq bo’ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to’xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo’lgan yuz harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Diqqat turlari Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.  Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.  Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat. 118  Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan iboratdir
Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Masalan, erkin o’yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan ma'noda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat Ixtiyorsiz Ixtiyoriy Ixtiyoriydan so'nggiTashqi Ichki Индивиixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Chunki ko’pchilik hollarda hoh ta'lim jarayonida bo’lsin, hoh mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o’zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so’nggi diqqatni ko’rsatib o’tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Diqqat turlari Aktivligiga qarab Ob'ektiga qarab Faoliyat formasiga qarabixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Chunki ko’pchilik hollarda hoh ta'lim jarayonida bo’lsin, hoh mehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o’zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan so’nggi diqqatni ko’rsatib o’tish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma'lum muddat biror narsaga muttasil, ya'ni uzluksiz tarzda qaratib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va hatto o’ynay ham olmaydi. Diqqatning kuchli va barqaror bo’lishi bir qancha sabablarga bog’liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari, biz uchun bo’lgan ahamiyatiga, ikkinchidan diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatlarimizga, uchinchidan nerv sistemasining ayrim xususiyatlariga bog’lidir. Bularning hammasi ob'ektiv, ya'ni bizning irodamiz bilan bog’liq bo’lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi albatta sub'ektiv, ya'ni odamning ayni chog’dagi holati bilan ham bog’liq. Masalan, ayni chog’da betobroq bo’lib turgan odamning yoki boshiga bir og’ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo’la olmaydi. Odamlar o’z diqqatlarining ko’lami jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko’lami keng bo’lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko’lami torroq bo’ladi. Diqqatning ko’lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig’ishi mumkin bo’lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan qanchasini ongimizga sig’dira olishimiz diqqatning ko’lamini tashkil etadi.
Shuni ta'kidlash lozimki, aslini olganda diqqatning ayni bir chog’da ikki yoki undan ortiq narsaga qaratilishi, ya'ni bir necha narsalarga bo’linishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi, ya'ni ayni bir vaqtda ikki yoki uch narsaga birdaniga qaratilishi o’z mohiyati jihatidan diqqatning bir narsadan boshqa bir narsaga nihoyatda tezlik bilan bo’linishini talab qilgan vaqtda diqqatimiz bir narsadan ikkinchi narsaga shu qadar tezlik bilan ko’chadiki, buni biz payqay olmaymiz. Natijada diqqatimiz ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga birdaniga qaratilayotgandek bo’lib ko’rinadi. Diqqatning ana shunday bo’linuvchanlik xususiyati hayotda juda katta ahamiyatga ega. Chunki bir qancha mehnat turlari diqqatning bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishlikni talab qiladi. Bunday xususiyat pedagoglar uchun juda zarur bo’lgan xususiyatdir. Masalan, tarbiyachi bolalar bilan biror mashg’ulot yoki suhbat o’tkazayotgan paytida diqqatni bir necha narsalarga, ya'ni gapirayotgan gapiga, bolalarni quloq solib o’tirishlariga va bundan so’ng nimalar haqida gapirishga qarata olishi lozim. Ana shundagina tarbiyachi suhbat yoki mashg’ulot paytida guruhni boshqara oladi. Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir. Agar diqqatimiz qaratilgan narsalarning ayrimlari bizga yaxshi tanish bo’lsa ya'ni biz ularni ilgaridan yaxshi bilsak faoliyat jarayonida bir necha ishlarni birdaniga ya'ni birga qo’shib bajara olamiz. Masalan, yozish harakati ilgaridan bizga yaxshi tanish bo’lgani uchun darsda ham eshitib, ham yozib o’tira olamiz. Shunday qilib, diqqatning bo’linuvchanligi juda ko’p faoliyatlarimiz uchun zarur bo’lgan xususiyatdir.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə