1. Rezba kesuvchi keskich va grebyonkalar Rez’ba kesuvchi frezalar



Yüklə 167,4 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü167,4 Kb.
#142405
  1   2   3   4   5
TASHQI REZBA OCHISHDA ISHLATILADIGON ASBOB VA MOSLAMALAR


TASHQI REZBA OCHISHDA ISHLATILADIGON ASBOB VA MOSLAMALAR

REJA:


1. Rezba kesuvchi keskich va grebyonkalar

2. Rez’ba kesuvchi frezalar


3. Metchiklar. Konstruktiv elementlari va geometrik

parametrlari


Zamonaviy texnologik mashina va jihozlarda umumiy detallarni yarmiga yaqini rez’baga ega bo’lib, quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi: a) detalda rez’bali yuzani joylashuvi bo’yicha – tashqi va ichki rez’balar; b) rez’bani tashkil etuvchi og’ish burchagi bo’yicha – tsilindrsimon va konussimon; v) rez’ba profilining shakli bo’yicha – o’tkir burchakli metrik va dyumli, trapetsiyasimon, quvurlar uchun; dumaloq, tayanch va x.k.


Rez’balarni asosan detallarni mahkamlash, xarakatni uzatish (yurish vintlari va gaykalar) maqsadida qo’llaniladi. Ular murakkab vintli yuzaga ega bo’lib, ularga aniqligi, g’adir-budirligi va mustaxkamligi bo’yicha yuqori talablar qo’yiladi.
Rez’ba kesuvchi asboblar konstruktsiyasi bo’yicha turli tuman bo’lib, ular uchta guruxga bo’linadi: 1) Kesuvchi qirralari yordamida qo’yimni kesish yo’li bilan hosil qiluvchi tig’li asboblar; 2) Sovuq plastik deformatsiyalab qirindi hosil qilmay rez’bani shakllantiruvchi asboblar; 3) Rez’ba profilini jilvirlash usulida ishlovchi abraziv kesuvchi asboblar.
Ishlab chiqarishda asosan yuqoridagi birinchi va ikkinchi guruxdagi asboblar keng qo’llaniladi. Ularga: keskichlar, grebyonkalar, frezalar, metchiklar, plashkalar va rez’ba kesish kallaklari kiradi. Ushbu bobda ularni konstruktsiyalari batafsil ko’rib chiqiladi.
Rez’ba kesuvchi keskichlarni rez’balarni barcha turlarida rez’ba kesish uchun qo’llaniladi va ular quyidagi afzalliklarga ega: konstruktsiyasi sodda, texnologiyaviylik va universallik. Universalligida bitta keskich bilan tsilindrsimon va konussimon yuzalarda turli diametrli va qadamli tashqi va ichki rez’balarni kesish mumkin.
Rez’ba kesuvchi keskichlar nusxa olish (kopirovanie) usulida ishlaydi, shuning uchun uning kesuvchi qirrasining profili kesiluvchi rez’baning profili bilan bir – xil bo’lishi kerak. Kesish unumdorligini oshirish maqsadida ba’zi hollarda kesishning generatorli sxemasi qo’llaniladi.
Rez’bani kesish jarayonida hosil bo’lgan qirindini kesib olish, kesib olinayotgan materialning yuqori darajali deformatsiyalanish sharoitida bajariladi. Bunda rez’bani shakllantirish kesiladigan qirindini kichik kesimlarida bir nechta o’tishda bajariladi. SHunga asosan rez’ba kesish jarayonining unumdorligi past, shuning uchun rez’ba kesuvchi keskichlar asosan yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Rez’ba kesuvchi keskichlar uchta turga bo’linadi: sterjenli; prizmasimon va dumaloq.
1-rasmda rez’ba kesuvchi keskichlarning strejenli turi tez kesuvchi po’latli yaxlit; qattiq qotishmali plastinali kavsharlangan; maxsus shaklli qattiq qotishmali plastina mexanik usulda maxkamlangan konstruktsiyasi keltirilgan.

1-rasm. Sterjenli rez’ba kesuvchi keskichlarning turlari:
a – tez kesar po’latdan; b – kavsharlangan qattiq qotishma plastinali; v – qattiq qotishmali plastinani mexanik usulda maxkamlangan
Oddiy tokarlik keskichlaridan rez’ba kesuvchi keskichlar kallagining shakli va kesuvchi qirralarning profili bilan farqlanadi. Charxlashni yengillashtirish maqsadida oldingi burchak γ= 0 bo’ladi. Yon kesuvchi qirralardagi orqa burchaklar statikada α1 2 . Rez’bani dastlabki kesishda orqa burchaklar 4...60 ga teng, toza ishlov berishda esa 8...100 ga teng olinadi. Keskich cho’qqisining burchagi
α2 =15...200 bo’ladi.
Kichik diametrli chuqur profilli yoki ko’p kirimli katta burchakli rez’balarni kesishda ushbu burchakni haqiqiy orqa va oldingi burchaklar qiymatiga ta’sirini hisobga olish lozim.
8,2-rasmda ko’rinib turibdiki, o’ng tomonlama kirimli rez’balarni kesishda, keskichni oldingi qirrasi bo’yicha zagotovkani o’q bo’ylama tekisligi keskich yuzasi kesimida yon kesuvchi qirralarning orqa yon burchaklari qiymatiga  burchak ta’sir ko’rsatadi:

bu erda αst – yon kesuvchi qirralardagi orqa burchaklar (statika
bo’yicha); R – rez’baning qadami; d – rez’baning diametri.
O’ng kesuvchi qirrada oldingi burchak manfiy bo’lganligi uchun kesish sharoiti og’irlashadi va kesuvchi pona kuchsizlanadi. Chap qirrada orqa burchak kichiklashib asbobning turg’unligini pasayishiga olib keladi.
O’tkir burchakli rez’balarni keskichlar bilan ko’p o’tishli kesishda rez’baning profilini hosil qilish quyidagi uchta sxema bo’yicha bajarilishi mumkin (3-rasm): a) Profilli – keskichni radial surish bilan; b) Generatorli – keskichni zagotovka o’qiga nisbatan burchak ostida surish bilan; v) Kombinatsiyalashgan – dastlabki ishlov berishda burchak ostida surish va toza ishlov berishda radial surish bilan.

2-rasm. Katta ko’tarish burchagi ga ega bo’lgan rez’balarni kesishda strejenli kesikchlarni o’rnatish sxemalari:
a – oldingi qirra zagotovkasining o’q bo’ylama yuzasida joylashgan; b – oldingi burchak rez’ba cho’lg’amlariga perpendikulyar joylashgan
Generatorli sxemaning afzalligi kesiluvchi qatlam qalinligini bir o’tishda 2 martagacha oshirish imkoniyatidir, bu bilan o’tishlar soni kamayadi. Ushbu xolatda o’ng qirra yordamchi qirra ko’rinishida ishlaydi va ishlov berilgan yuzalarda pog’onalar qoldiradi.

3-rasm. Rez’balarni kesishda qo’llaniladgan kesish sxemalari:
a – profilli; b – generatorli; v – kombinatsiyalashgan; g – trapetsiyasimon rez’balarni kesish uchun

Yüklə 167,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə