Tema-12. Massa almashinish jarayonida tarelkalarni vazifalari


-rasm. Quyilish moslamali, tarelkali absorber



Yüklə 311,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix15.04.2023
ölçüsü311,25 Kb.
#105605
1   2   3
TEMA-12-tarelka (lot) (1)

12.2-rasm. Quyilish moslamali, tarelkali absorber. 
 
Ko‘rinib turibdiki, quyilish trubasining pastki qismi quyida joylashgan tarelka 
ustidagi ostonaga tushib turadi va gidravlik tamba vazifasini bajaradi. Odatda, 
suyuq faza qurilmaning tepa qismidan tarelkaga uzatiladi va uning pastki qismidan 
chiqariladi. Gaz faza esa, qurilmaning pastidan uzatilib, tarelkalar orqali 
pufakchalar ko‘rinishida chiqib ketadi. Tarelkada hosil bo‘ladigan gaz – suyuqlik 
ko‘pik qatlamida asosiy issiqlik va massa berish jarayonlari yuz beradi. Absorbsiya 
jarayonida tozalangan gaz qurilmaning tepa qismidan chiqib ketadi. Tarelka, 
quyilish trubasi va ostona shunday joylashtiriladiki, suyuq faza, albatta, qarama - 
qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. 

Elaksimon tarelkali absorber.
Bu turdagi qurilma 12.3-rasmda 
tasvirlangan.


 
12.3-rasm. Elaksimon tarelkali коlonna.
1 - tarelka; 2 –quyilish moslamasi; 3, 4 - ostonalar. 
Bu kolonna gorizontal tarelka quyilish va ostonalardan tarkib topgan bo‘ladi.
Odatda bu turdagi tarelka yuzasi 1...5 mm li teshiklardan iboratdir va 
tarelkadan tushayotgan ko‘pikni parchalash uchun ostona tarelkadagi suyuqlik 
satµini bir xil balandlikda ushlab turish uchun esa, ostona 3 xizmat qiladi. Suyuq 
faza tepadagi tarelkaga uzatiladi va quyilishi moslamasi 2 dan, o‘tib, qurilmaning 
pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz faza har doim qurilmaning pastki qismiga
kiritiladi va tarelkalardan pufakcha shaklida o‘tib, yuqori qismidagi shtutserdan 
chiqadi. 
Qalpoqcha tarelkali absorber.
Bu turdagi qurilma 12.4-rasmda keltirilgan 
bo‘lib kapsula qalpoqcha va segment quyilish moslamasidan tarkib topgan.
12.4-rasm Qalpoqcha tarelka. 
1- tarelka; 2-qistirma; 3- rostlovchi quyilish ostonasi; 4- quyilish patrubkasi; 
5-bolt; 6- rostlovchi bolt; 7-xalqa; 8- quyilish ostonasi ; 9-qalpoqcha. 


Tarelka ko‘plab diskdan iborat bo‘lib, tayanch xalqaga qistirma yordamida 
boltlar bilan mahkamlanadi. 
Suyuq faza yuqorida joylashgan tarelkadagi ostona 3 dan o‘tib, quyida 
o‘rnatilgan tarelkaga tushadi. Tarelka yuzasida suyuqlikni bir me’yorda taqsimlash 
uchun ostona 8 xizmat qiladi. Suyuqlikni tarelka yuzasida bir xil balandlikda 
ushlab turish uchun rostlovchi ostona 3 dan foydalaniladi. Gaz tarelkalarga 
patrubka 6 orqali kirib, bir necha oqimchalar holida qalpoqchalar teshigidan chiqa 
boshlaydi.
Qalpoqchadagi havo teshiklari tishli bo‘lib, to‘g‘ri uchburchak shaklida 
yasaladi. Suyuqli qatlami orqali o‘tayotgan gaz yoki bug‘ oqimi alohida-alohida 
pufakchalarga bo‘linib ketadi. Tarelkalardan suyuqlik quyilishi patrubkasi 4 orqali 
to‘kiladi. Bu turdagi tarelkalarda gaz ko‘piklari va pufakchalarning hosil bo‘lish 
intensivligi bug‘ (yoki gaz) tezligi va tarelkadagi suyuqlik qatlami balandligiga 
bog‘liq. 
Tarelkada katta massa almashinish yuzasini barpo qilish uchun o‘rnatiladigan 
qalpoqchalar soni ko‘paytiriladi. Kapsulali qalpoqchaning bo‘ylama qirqimi 12.5- 
- rasmda keltirilgan.

Yüklə 311,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə