Tebranishlar va to‘lqinlar I bob. Mexanik tebranishlar takrorlanadigan harakat



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix05.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#108666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
ТЕБРАНИШЛАР ВА ТЎЛҚИНЛАР



TEBRANISHLAR VA TO‘LQINLAR 
I bob. MEXANIK TEBRANISHLAR
TAKRORLANADIGAN HARAKAT
Tebranma harakatlar yoki oddiyroq qilib aytganda, tebranishlar deb ataladigan 
o‘ziga xos harakatlar hammaga ma’lum. Bunday harakatlar bizni qurshab olgan atrof-
muhitda keng tarqalgan. Shamol paytida daraxt shoxlari, vertikal holatdan chetga 
og‘dirilgan arg‘imchoq, harakatlanayotgan ressorli vagonlar va hokazolar tebranadi. 
Aylana bo‘ylab tekis harakatlanayotgan jismning 
x
va 
y
koordinatalari vaqt o‘tishi 
bilan shunday o‘zgaradiki, bu koordinatalar qiymati davriy ravishda takrorlanadi, yoki 
boshqacha aytganda, tebranadi. Prujinaga osilgan jismni vertikal yo‘nalishda turtib 
yuborilsa, u tebranma harakatga kelishi (agar turtki berilmasa, u o‘zining tinch holatini 
saqlashi) mumkin. 
Tebranma harakatlana oladigan (tebranma harakatga kelmasligi ham mumkin) har 
qanday sistema 
tebranish sistemasi
deb ataladi. Prujinaga mahkamlangan jism shunday 
sistemalardan biriga misol bo‘la oladi. Biz shunday sistemaning tebranma harakati bilan 
tanishamiz. 
1-§. PRUJINAGA MAHKAMLANGAN JISMNING TEBRANISHI
1-
a
rasmda prujina va unga mahkamlangan jism 
ko‘rsatilgan. Prujina hozircha deformatsiyalanmagan 
(siqilgan ham, cho‘zilgan ham emas), jismga elastiklik 
kuchi ta’sir etmayapti. Jism bilan tayanch orasidagi 
ishqalanish kuchi juda kichik (nolga teng) deb 
hisoblaymiz. Og‘irlik kuchi tayanchning reaksiya 
kuchi bilan muvozanatlashgan va shuning uchun 
sistema muvozanat holatda turibdi. 
x
koordinata 
o‘qini 
tayanch 
bo‘ylab 
yo‘naltiramiz, sanoq boshi sifatida esa muvozanat 
holatda bo‘lgan jismning 
x
o‘qdagi massa markazi 
o‘rnini belgilovchi nuqtani (
0
x
=
) qabul qilamiz. 
Jismni muvozanat holatdan chapga biror 
A
masofaga siljitamiz (1-
b
rasm). Bunda prujina siqiladi 
va jismga o‘ng tomonga yo‘nalgan elastiklik kuchi 
ta’sir etadi. Agar jism va prujina qo‘yib yuborilsa, u 
muvozanat holatgacha o‘ng tomonga yo‘nalgan 
tezlanish bilan harakatlanadi. Biroq jism mazkur 
holatda to‘xtab qolmaydi, balki inertligi tufayli uning 
harakati o‘ng tomonga qarab davom etadi. Endi prujina 
cho‘zilgan, jismga chap tomonga yo‘nalgan kuch ta’sir 
etadi, bunda jism bir on to‘xtashdan so‘ng yana chap 
tomonga qarab harakatlana boshlaydi, bu masofa ham 
A
ga teng (1-
c
rasm). Natijada jism yana muvozanat 
holat orqali o‘tadi (endi o‘ngdan chap tomonga qarab) 
va yana 
A
masofa chetga chiqadi, ya’ni o‘z harakatini 
boshlagan nuqtaga qaytadi (1-
d
rasm). Bitta tebranish tugaydi va hamma jixatdan unga 
o‘xshash navbatdagi tebranish boshlanadi. 



Tebranayotgan jism traektoriyasining istalgan nuqtasida elastiklik kuchi muvozanat 
holat tomonga, ya’ni og‘ish yo‘nalishiga qarshi yo‘nalganligi ko‘rinib turibdi. Elastiklik 
kuchi og‘ish 
x
ga proporsional bo‘lib, uning 
x
o‘qqa proeksiyasi: 
( )
el
x
F
kx
= −
.
Jismning 
muvozanat holatdan og‘ishi 
siljish
deb ataladi. 
Siljishga mutanosib (proporsional) va unga qarama-qarshi yo‘nalgan kuch ta’siri 
ostida sodir bo‘ladigan mexanik tebranishlar 
garmonik tebranishlar 
deb ataladi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə