Tebranishlar va to‘lqinlar I bob. Mexanik tebranishlar takrorlanadigan harakat



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix05.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#108666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
ТЕБРАНИШЛАР ВА ТЎЛҚИНЛАР

II-bob. TO‘LQINLAR
TEBRANISHLAR NUQTADAN NUQTAGA UZATILADI 
Ko‘pchilik, shamol esgan vaqtda o‘rilmagan maysazorni kuzatgan bo‘lsa kerak, 
shoirona aytganda «to‘lqinlanar za’faron o‘tloq». Ana shu manzaraga qarab turib, maydon 
bo‘ylab nimaningdir harakatlanishini ko‘ramiz. Biroq, aynan nimaning harakatlanayotgani 
tushunarsizdir. Chunki o‘t-o‘lanlar o‘z o‘rnida qoladi. Ular faqat 
bukiladi, tag‘in rostlanadi va h. k. Biz kuzatayotgan hol 
to‘lqinni
ifodalaydi. 
Idishdagi suv sirtiga yengilgina po‘kak qo‘yamiz. 
Extiyotikorlik bilan yana bitta po‘kak qo‘yamiz. Ikkinchi 
pukakning paydo bo‘lishi birinchisiga hech qanday ta’sir 
bildirmaydi. Ular orasida o‘zaro ta’sir yo‘q deb hisoblash 
mumkin. Endi esa yengilgina bosish yo‘li bilan po‘kaklardan 
birini tebranishga majbur etamiz. Bu holga ikkinchi po‘kak 
«befarq bo‘lib qololmaydi». Bir oz vaqt o‘tgandan keyin u ham 
tebrana boshlaydi. Biz tebranma harakatga keltirgan po‘kakdan 
suvning sirti bo‘ylab «aylanalarning tarqalayotganini» ko‘ramiz. 
Bunday aylanalar ham 
to‘lqinlar
deb ataladi. 
Yana bir misol. Uzun tizimchaning bir uchini tayanchga 
mahkamlaymiz. boshqa uchini esa tebranma harakatga 
keltiramiz 
(1-rasm). 
tizimcha 
bo‘ylab 
nimaningdir 
«chopayotganini» ko‘ramiz. Biroq tizimchaning ikkala uchi o‘z 


15 
joylarida qoladi. Tizimcha bo‘ylab «chopayotgan» narsa ham to‘lqin deb ataladi (uni 
«yuguruvchi to‘lqin» deb atashadi). 
6-§. TO‘LQIN NIMA?
Dala maydoni, suvning sirti, tizimcha bo‘ylab nima tarqaladi? 
Biz keltirgan har uchala misolda to‘lqin manbai tebranish ekanini payqash qiyin 
emas. Shamol ta’sirida deformatsiyalangan shox-shabbalar tebranadi, po‘kak yordamida 
deformatsiyalangan suv sirti tebranadi, deformatsiyalangan tizimchaning uchi tebranadi. 
Tebranishni birinchi boshlagan zarra (masalan, tizimcha uchidagi zarra) ketidan birin-ketin 
elastiklik kuchlari bilan bog‘langan uning qo‘shnilari tebranma harakatga keladi. Ular ham 
bir oz kechikib bo‘lsa-da, xuddi o‘sha tebranishlarni takrorlaydi. Biz to‘lqin deb ataydigan 
narsa 
tebranishlarning nuqtadan-nuqtaga, zarradan-zarraga tarqalishidir.
Tizimchada hosil bo‘lgan to‘lqin modeliga har birining massasi 
m
bo‘lgan va o‘zaro 
elastiklik kuchi bilan ta’sirlashadigan mayda sharchalar (nuqtalar) zanjiri misol bo‘lishi 
mumkin. Sharchalar orasida kichik prujinachalar o‘rnatilgan deb faraz qilishimiz mumkin. 
(2-rasm).
Faraz qilaylik, 
1
nuqta 
yukoriga 
ko‘tarilgan 
va 
qo‘yib yuborilgan. Uni 
2
nuqta bilan tutashtiradigan 
prujinacha 
chuzilganligi 
tufayli 
1
va 
2
nuqtalarga 
ta’sir etadigan elastiklik 
kuchi 
yuzaga 
keladi. 
Natijada 
2
nuqta 
ham 
tebranma harakatga kela 
boshlaydi. Bu hol navbatdagi 
prujinachani 
cho‘zilishga 
olib keladi va endi 
3
nuqta 
ham 
tebrana 
boshlaydi. 
Hamma 
sharchalarning 
massalari bir xil bo‘lgani va 
hamma 
prujinachalarning 
bikrligi bir xil bo‘lgani 
tufayli barcha nuqtalar (har 
biri 
o‘zining muvozanat 
holati atrofida) bir xil davr va bir xil amplitudalar bilan tebranadi. Biroq bu tebranishlar bir 
vaqtda boshlanmaydi. Barcha sharchalar nuqtalar inertlikka ega bo‘lganligi tufayli (ular 
massaga ega!) ularning tezliklari o‘zgarishi uchun vaqt talab etiladi. Shu tufayli ikkinchi 
nuqta birinchisiga, uchinchisi ikkinchisiga nisbatan va xokazo kechikib tebrana boshlaydi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə