"Tasdiqlayman" Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha


Ijtimoiy faol odamlar uchun



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#142725
1   2   3   4   5
13-Mavzu Mobil O,A

Ijtimoiy faol odamlar uchun
Ijtimoiy tarmoqlarda “yashaydigan”lar birinchi navbatda old va asosiy kamera orqali olinadigan suratlarning sifatiga e’tibor berishadi. Shuningdek, ularga yangiliklar tasmasini o‘qish va video tomosha qilish uchun qulay bo‘lgan katta displey ham yoqadi. Sizga 4G tarmog‘ida ishlaydigan va Android operatsion tizimiga ega smartfonni tanlashni maslahat beramiz. Google Play’da adminlar, blogerlar, dizaynerlar va ijtimoiy tarmoqning oddiy foydalanuvchilari uchun juda ko‘p qiziqarli ilovalar mavjud.
Eng faol foydalanuvchilar – bu yetakchi ishlab chiqaruvchilarning flagman modellariga hali puli yo‘q yoshlardir. Shu sababli, ularni kam pul evaziga yaxshi kameraga ega smartfonni topish savoli qiynaydi.
E’tiboringizni Xiaomi Redmi Note 11 smartfoniga qarating. AMOLED matritsali va 2400x1080 o‘lchamli 6,43ʹʹ displeyda video kontent va boshqalarni tomosha qilish yoqimli. Kamera ranglarga mukammal tarzda qayta ishlov beradi, tezda suratga oladi va saqlaydi. LTE (4G) standarti va 5000 mA/soatlik akkumulyator istalgan xohlagan vaqtda va istalgan joyda onlayn bo‘lishingizga yordam beradi. Umuman olganda, Xiaomi arzon narxlarda mukammal sifat ko‘rsatkichlarini taqdim etuvchi xalqparvar brend hisoblanadi.

Sayohatchilar uchun
Har bir inson sayohat paytida suratga olishni yaxshi ko‘radi. Agar siz fotosuratlarni darhol ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradigan bo‘lsangiz, yaxshi kameraga ega smartfonni qanday tanlash haqida o‘ylab ko'ring.
HUAWEI P50 Pro yuqori aniqlikdagi avtofokusli kameraga ega bo‘lib, past yorug‘lik sharoitida ham aniq suratlar oladi. Ultra yupqa va yengil korpus bardoshliligi bilan ajralib turadi, ekran esa o‘ta chidamli. Shunday qilib, ushbu model sizga eng ekstremal ekskursiyalarda yaxshi hamroh bo‘la oladi.

Bolalar va qariyalar uchun
Ushbu ikki toifa foydalanuvchilar guruhini bemalol birlashtirishimiz mumkin. Chunki, ularning ikkalasiga ham juda qimmat smartfon olib berish shart emas, hattoki umuman kerak bo‘lmasligi mumkin. Bobo yoki buvisi smartfonning boy funksionalligidan foydalanmaydi va aynan shu funksionallik bolani o‘qishdan chalg‘itadi. Yaxshisi, asosiy funksiyalarga, tugmalar va displeydagi katta kontrastli raqamlarga hamda baland ovozga ega telefon sotib olish kerak. Asosiy va muhim xususiyat – bu tepadan tushib ketganda bardosh bera oladigan korpusdir.
Ammo zamonaviy bolalar smartfonni xohlashadi va ko‘plab ota-onalar bunga rozi bo‘lishadi – ular o‘z farzandlarining orzularini ro‘yobga chiqarishga tayyorlar. Bolaga smartfonni qanday tanlash mumkin? Qo‘rqmasdan arzonroq modelini tanlayvering.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə