Reja: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari



Yüklə 5,14 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü5,14 Mb.
#144315
Zarurat va tasodif


Rivojlanish falsafasining asosiy tushunchalari. Zarurat va tasodif.
Reja:
  • Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari.
  • Qonun tushunchasi va uning turlari. Falsafaning asosiy qonunlari.
  • Zarurat va tasodif.

«Dialektika» (Yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (Yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
  • Dialektika

O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan.mMetafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish yangi davr falsafasi(Rene Dekart,
Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.) da yuz
bergan.
SHungaqaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini klassik nemis falsafasida Georg Gegel ta’riflagan. Bu konsepsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi. Gegel ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini ko‘rsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini ta’riflagan. Ammo Gegel dialektikasi idealistik xususiyat kasb etgan. Dialektikaning ikkinchi tarixiy shakli idealistik dialektikaning asosini ob’ektiv borliq emas, balki uni aks ettiruvchi tafakkur xizmat qilgan.
  • Gegel dialektikasi dialektikaning navbatdagi shakli vujudga kelishiga zamin hozirlagan. Nemis faylasuflari Karl Marks va Fridrix Engels bu zaminga tayangan holda yangi qadamni tashlash – materializmni dialektik mantiq bilan bog‘lashga harakat qilganlar.

Qonunning ko‘rib chiqilgan belgilari unga mantiqiy ta’rif berish imkoniniberadi. Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy,
barqaror va umumiy aloqasi.
SHuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda namoyon etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish chog‘ida qiymat qonuni yoki ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining muayyan darajasiga ishlab chiqarish kuchlarining muvofiqligi qonunining aniq ko‘rinishlari haqida ham, ob’ektiv qonuniyat sifatidagi jamiyatning faol rivojlanishi haqida ham gapirish mumkin.
Rivojlanish nima? Bu tushuncha falsafada qanday talqin qilinadi?
«Rivojlanish» tushunchasiga u boshqa ma’lum tushunchalar – «o‘zgarish» va «harakat» bilan o‘zaro nisbatlash yo‘li bilan ta’rif berish mumkin.
O‘zgarish – bu narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi. U «barqarorlik»ka zid va aniq yo‘nalishli – progressiv yoki regressiv xususiyat kasb etadi. murakkabga o‘tish. Bunga teskari yo‘nalishda Yuz beruvchi jarayon regress deb
ataladi.
Rivojlanishni harakat fenomenidan quyidagi jihatlar yordamida farqlash
mumkin: 1) vaqtda aniq yo‘nalishga egalik – o‘tmishdan hozirgi davr orqali
kelajakka qaratilganlik; 2) jarayonning ortga qaytmasligi, ya’ni o‘zgaruvchi real
narsalar, hodisalar o‘z individual jihatlarida betakrordir; 3) rivojlanish jarayonida
yangi, ya’ni ilgari mavjud bo‘lmagan narsaning paydo bo‘lishi; 4) rivojlanishning
qonuniy xususiyati, u muayyan qonunlarga bo‘ysunishi.
  • Zaruriyat va tasodif

Zaruriyat va tasodif - voqealar rivoji davomida sodir bo‘ladigan hodisalarni tavsiflaydigan, ob’ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‘tgan ko‘plab faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb etgan edi.
Ba’zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‘lar ekan, demak, olamda tasodif bo‘lmaydi, har qanday hodisa ma’lum sabablar tufayli Yuzaga keladigan zaruriyatdir deb qaraganlar
Dunyoda tasodifga o‘rin yo‘q, mavjudlik va taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar. Qadimgi dunyo falsafasining Levkipp va Demokrit kabi vakillari yangi zamon falsafasining Golbax, Spinoza kabi namoyandalari metafizik determinizm pozitsiyasida
turganlari holda ana shunday qarashni ilgari surdilar.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 5,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə