"Tasdiqlayman" Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#142725
1   2   3   4   5
13-Mavzu Mobil O,A

Texnik xususiyatlar
Agar telefonni parametrlariga ko‘ra qanday tanlash kerakligiga qiziqsangiz, demak, siz sotuvchilarning maslahatlariga, internetdagi do‘stlar va foydalanuvchilarning sharhlariga tayanishga odatlanmagansiz. Bundan ko‘ra ongli tanlov qilishni afzal ko‘rasiz. Bunday holda, protsessorni tanlashdan boshlang.
Protsessor
Smartfon – bu shaxsiy kompyuter. Protsessorning sifati uning ish tezligini, bir zaryadda ishlash muddatini va uzoq vaqt davomida qizib ketmasdan ishlash qobiliyatini belgilaydi.

Zamonaviy smartfonlarda odatda to‘rt va sakkiz yadroli protsessorlar qo‘llanadi. Yaqinda bozorda o‘n yadroli protsessorga ega qurilmalar paydo bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovadan foydalanish qobiliyati yadrolar soniga bog‘liq.
Operatsion tizim
Smartfonning ishlashi nafaqat protsessorga, balki operatsion tizimga ham bog‘liq. Yaxshi protsessorga ega bo‘lgan kuchli telefonda ham Androidning eski versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, qurilma “qotib” ishlashi mumkin.
Xotira
Smartfonda operatsion xotira (RAM) hamda ichki xotira mavjud. RAM operatsion tizim tomonidan ishlatiladi. Tez va aniq ishlashi uchun unga kamida 1 yoki 2 GB xotira kerak bo‘ladi.
Ichki xotira 8, 16, 32, 64, 128 GB bo‘lishi mumkin. U foydalanuvchi ma’lumotlarni, shu jumladan foto va video fayllarni saqlashi uchun kerak. Agar siz juda ko‘p suratga olsangiz, telefon tanlashda katta hajmdagi ichki xotiraga ega yoki uni microSD kartalari yordamida kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan modellarga e’tibor bering.

Internetga kirish imkoniyati. 4G. 5G
Ilk raqamli aloqa standarti – GSM (2G) dastlab faqat ovozli qo‘ng‘iroqlar va SMSlarga mo‘ljallangan edi. GPRS va EDGE paketli ma’lumotlar uzatish texnologiyalari ikkinchi avlod tarmoqlarining imkoniyatlarini kengaytirdi va telefondan internetga kirish imkonini berdi, lekin ular uchinchi avlod mobil aloqasi (3G) darajasiday ishlay olmaydi. 3G tarmoqlari tomonidan taqdim etilgan ulanish tezligi 20 Mbit/soniyaga yetishi mumkin.
Bugungi kunda mobil aloqaning to‘rtinchi avlodi (4G) dolzarbdir. 4G mobil internet tezligi 3G internetdan 5 karraga tezroq. Ko‘pgina zamonaviy smartfonlar 4G texnologiyasida ishlaydi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə