"Tasdiqlayman" Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha


SIM-karta uchun uyachalar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#142725
1   2   3   4   5
13-Mavzu Mobil O,A

SIM-karta uchun uyachalar
Ishbilarmonlar uchun smartfon tanlashning muhim mezoni ikkinchi SIM-karta uchun slotning mavjudligi hisoblanadi. Ushbu yechim sizga biznes masalalari uchun alohida qurilma sotib olmaslik imkonini beradi.
Displey
Ekranning diagonali smartfonning haqiqiy o‘lchami hisoblanadi. Qaysi smartfon yaxshiroq – katta yoki ixcham – bu faqat foydalanuvchining tanloviga bog‘liq: qulay yoki noqulay.

Filmlar va murakkab o‘yinlar muxlislari katta diagonalli smartfonlarni tanlashadi. Katta diagonal yuqori ekran o‘lchamlarini talab qiladi: kamida HD, FullHD yoki Ultra HD bo‘lsa – nur ustiga a’lo nur.
Kamera
Zamonaviy telefonlardagi kameralar shunchalik yaxshiki, hatto professionallar ham ular orqali rasm yoki kino olishadi. Ko‘pchilik allaqachon katta hajmli kameralardan voz kechib, yaxshi kamerali telefonlarni tanlash haqida o‘ylamoqda. Albatta, smartfon kamerasi ko‘zguli fotoapparat o‘rnini bosa olmaydi. Ammo, agar siz National Geographic uchun emas, balki shaxsiy albomingiz uchun suratga tushirayotgan bo‘lsangiz, zamonaviy telefonlar kamerasi sizni lol qoldirishi mumkin. Asosiysi, tanlovda faqat megapiksellar soniga tayanmaslik – bu fotosurat sifati uchun yagona mezon emas. Do‘konda kamerani sinovdan o‘tkazish yoki internet orqali ushbu telefon orqali olingan suratlarni ko‘rib chiqish yaxshiroqdir.

Batareya
Batareya smartfonlarning yagona zaif nuqtasidir. Qurilmaning bitta quvvatda necha soat ishlashi akkumulyatorning tok sig‘imiga, telefonning ishlash rejimiga, ekran diagonali va tasvir aniqligiga, matritsa turiga va hokazolarga bog‘liq. Agar siz optimal batareya quvvatiga ega mobil telefonni qanday tanlashga qiziqsangiz, foydalanuvchilarning sharhlarini o‘qib, ularning maslahatlariga quloq solganingiz ma’qul.
Ko‘pgina zamonaviy smartfonlarda quvvatni tejash funksiyasi mavjud bo‘lib, batareya quvvati kam qolganida faollashadi.
Foydalanuvchining qiziqishlariga ko‘ra telefonni qanday tanlash kerak
Ushbu qurilmadan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligingizni o‘ylab ko‘ring, shunda qaysi mobil telefonni tanlash yaxshiroq ekanligi aniq bo‘ladi.



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə